1922 йилдаги Марказий Осиё харитаси.
Manba:https://ru.wikipedia.org/wiki/Киргизия
Qiziqarli ma’lumot: Xaritadagi Kirgizskaya ASSR degan yozuvga e’tibor bering. Ruslar hozirgi Qozog‘iston hududini bosib olgan paytlarida shu hududda yashayotgan millatning nomi qazaq ekanini bilishgan. Ammo bu atamaning ruschasi kazak bo‘lishini, o‘zlarida ham kazaklar borligini sabab qilib uzoq yillar qozoq millatini qirg‘iz deb atab keldilar.
Hatto, 1920 yil, 26 avgustda RSFSR tarkibida Leninni dekreti bilan avtonom respublika tashkil etilganda Kirgizskaya ASSR deb nomladilar. Ammo, bu ish o‘sha paytdayoq qozoq ziyolilarining qarshiligiga uchradi. Shundan so‘ng, 1926 yilda Kirgizskaya ASSR ni Kazakskaya ASSR ga almashtirdilar.
O‘shanda qozoqlarni "qirg‘iz" deb atashgan bo‘lsa, qirg‘izlarni "qora qirg‘iz" deb atashgan va o‘sha paytda bugungi Qirg‘iziston hududini "Kara kirgizskaya AO" nomlab Kirgizskaya ASSR tarkibiga tiqishgan.
1926 yilda qozoqlarga o‘z nomlarini qaytarib berishgach "Kara kirgizskaya AO" ham Kirgizskaya ASSR qilib RSFSR tarkibiga o‘tdi. 1936 yilda Kirgizskaya SSR maqomini oldi.
XIX asr o‘rtalaridan so‘ngi choraklarigacha avval Shimoliy Qirg‘iziston, so‘ngra esa Janubiy Qirg‘iziston chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. 1924 yilda Markaziy Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o‘tkazilishi natijasida 1924 yil 14 oktabrda RSFSR tarkibida Qoraqirg‘iz avtonom oblasti tashkil etildi. 1925 yil 25 mayda Qoraqirg‘iz avtonom oblasti Qirg‘iz avtonom oblasti, 1926 yil 1 fevraldan Qirg‘iziston ASSRga, RSFSR tarkibida tashkil qilindi. 1936 yil 5 dekabrda sobiq ittifoqning yangi Konstitutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan Qirg‘izistonga ittifoqdosh respublika (QSSR) maqomi berildi.
Manba:https://ru.wikipedia.org/wiki/Киргизия
Qirg‘iziston Respublikasi o‘z milliy mustaqilligani MDHda eng birinchilardan bo‘lib e’lon qildi (30.VIII.1991y.). Jahon siyosiy xaritasida o‘ziga xos yangi bir suveren davlat yuzaga keddi. Shunday qilib, suveren Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasi va jahon hamjamiyatida teng xuquqli demokratik davlat sifatida shakllanmoqda. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ko‘plab dunyoviy siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy jamiyatlar, tashkilotlar, uyushmalarga a’zo. Uni jahonning yuzlab mamlakatlari mustaqil davlat sifatida tanidi.
Hozirga Qirg‘iziston Respublikasi ma’muriy–hududiy tarkibida Issiqko‘l, Norin, O‘sh, Jalolobod, Chuv, Talas va so‘nggi vaqtlarda tashkil etilgan Batkent oblastlari mavjud. Poytaxti Bishkek (avvalgi Pishpek, Frunze) shahridir.
В Киргизии 531 административно-территориальных единицы, из них:
2 города республиканского значения (Бишкек, Ош);
7 областей;
40 районов;
29 город (из них 12 городов областного значения и 17 городов районного значения);
Do'stlaringiz bilan baham: |