3-mavzu. Qirg‘iz Respublikasi.
Reja:
1. Qirg‘iz Respublikasining shakllanish tarixiб tabiiy sharoiti va tabiiy resurslariб ma’muriy-hududiy bo‘linishi va chegaralari
2. Qirg‘iz Respublikasi aholisi va mehnat resurslari.
3. Qirg‘iz Respublikasi sanoati va qishloq xo‘jaligi
4. Qirg‘iz Respublikasi transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari
5. Qirg‘iz Respublikasi iqtisodiy rayonlari
Tayanch so‘z va iboralar: qirg‘iz, turk hoqonligi, Manas eposi, mamuriy-xududiy bo‘linish, iqtisodiy geografik o‘rin, anklav hudud, eksklav hudud, MDH, tabiiy sharoit, tabiiy resurs, mineral resurslar, iqlimiy resurlar, yer va suv resurslari, рекреацион ресурслар, tog‘lilik koyeffitsiyenti. aholi ro‘yxati, qo‘riq va bo‘z yerlar, ommaviy repressiya, aholi zichligi, mehnatga layoqatli aholi, diaspora, mehnat resursi, Sobiq ittifoq, shaxta usuli, ochiq usul, neft havzasi, energetik tizim, polimetall rudalari, surma, simob, o‘tov uylar, yaylov chorvachiligi, kommunikatsiya tarmog‘i, transport logistikasi, quruqlik transporti, charter reyslar, yo‘llar zichligi, savdo aloqalari, tranzit yuklar, halqaro reytinglar, eksport va import, savdo balansi, defitsit, defolt
Qirg‘iziston hududi inson madaniyatining qadimgi o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Hududda tosh davrida odamlar yashaganligi ma’lum. Miloddan ilgari 3-ming yillik oxiri, 2-ming yillikning boshlarida mis va bronzadan yasalgan qurollar topilgan.
Qirg‘iz xalqining shakllanishida Janubiy Sibir va Markaziy Osiyoning katta qisimlarida yashagan juda ko‘p elat, urug‘ va qabilalar qatnashgan. Hududda dastlabki davlat miloddan avvalgi 2-asrga to‘g‘ri keladi. Sanog‘imizdan oldingi 2-8-asrlarda g‘unnlar (xunnlar) taqibidan xolos bo‘lish uchun qirg‘izlarning bir qismi Yenisey va Baykal ko‘li hududlariga borib joylashishgan. O‘sha yerlarda o‘zlarining birinchi davlatlarini va qirg‘iz qag‘anatini barpo etishgan. Madaniyati shakllangan, yozma ijodi vujudga kelgan. ”Manas” xalq eposida qadimgi qirg‘izlarning tarixiy voqealari, anana va turmush tarzi saqlanib qolgan.
5-asrda asta-sekin o‘tloq yashashga moslashib bordilar. Qirg‘iz urug‘lari Tyanshanga kelib joylasha boshladilar. Sayxali Tosh darasidagi qoya toshlardagi tasvirlar, Bo‘ron minorasi va O‘zgandagi arxitektura majmuasi qirg‘izlar madaniyatining yuqori darajada taraqqiy etganligidan dalolat beradi.
10-asrning boshlanishiga qadar buyuk qirg‘iz xonligi Janubiy Sibir, Mo‘g‘uliston, Baykal, Irtishning yuqori qismini, Qashg‘arning ma’lum qismini, Issiqko‘l va Talasni o‘z qaramog‘iga qo‘shib olgan edilar. Qirg‘iz xonligining taraqqiy etishi nafaqat bosib olish ishlari bilan, balki savdo-sotiq ishlarini Xitoyliklar, tibetliklar, Janubiy Sibir hamda Markaziy Osiyo xalqlari bilan birgalikda olib bordilar.
11-12-asrlarda Qirg‘izlarning qaramog‘idagi joylar qisqarib bordi. Biroq bu xol ular etnik mustaqilligini saqlashga va shu xalqqa moyil etnik guruhlarning jipslashuviga sabab bo‘ldi. Qirg‘iz etnogenezining oxirgi bosqichi mug‘ullar, ayrotlar, nayman va boshqa xalqlarning aralashuvi bilan bog‘liq.
18-asrgacha Yenisey qirg‘izlari Oltin O‘rda, keyinchalik Ayrot va Jung‘oriya xonliklari qaramog‘ida bo‘ldilar. Ularning ko‘pchiligi Tyanshanga kelib joylasha boshladilar. Umuman olganda, 16-asrda qirg‘iz xalqi etnogenezi shakllanib bo‘lgan edi.
1863 yilda Shimoliy Qirg‘iziston,1876 yilda Janubiy Qirg‘iziston Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |