Markaziy osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


-mavzu. Qozog‘iston Respublikasi iqtisodiy rayonlari. g‘arbiy va shimoliy iqtisodiy rayonlar



Download 5,19 Mb.
bet16/80
Sana08.06.2022
Hajmi5,19 Mb.
#643114
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
Bog'liq
Markaziy osiyo davlatlari

2-mavzu. Qozog‘iston Respublikasi iqtisodiy rayonlari. g‘arbiy va shimoliy iqtisodiy rayonlar.
Reja:
1. Qozog‘iston Respublikasi iqtisodiy rayonlari
2. G‘arbiy Qozog‘iston iqtisodiy rayoni
3. Shimoliy Qozog‘iston iqtisodiy rayoni
4. Janubiy Qozog‘iston iqtisodiy rayoni
5. Markaziy Qozog‘iston iqtisodiy rayoni
6. Sharqiy Qozog‘iston iqtisodiy rayoni


Tayanch so‘z va iboralar: iqtisodiy rayon, rayonlashtirish, ixtisoslashuv, ma’muriy xududiy tarkib, sanoatlashuv, tog‘-kon sanoati, ferrosplav sanoati. Orol dengizi, suv resurslari, chuchuk suv yetishmasligi, cho‘l mintaqasi, mujassamlashuv.


1. Qozog‘iston tabiiy va iqtisodiy geografik tafovutlarga ko‘ra 5 ta iqtisodiy rayonlarga ajratiladi. Ular Shimoliy, Janubiy, G‘arbiy, Sharqiy va Markaziy Qozog‘iston rayonlaridir.
3.9-jadval
Qozog‘iston Respublikasi iqtisodiy rayonlari bo‘yicha ma’lumot (2015y).

Iqtisodiy rayonlar

Maydoni

Aholi soni

Aholining
o‘rtacha zichligi

Shahar va qishloq
aholisi nisbati

Ming km2

%

mln kishi

%

kishi km2

shahar

qishloq

G‘arbiy Qozog‘iston

736,1

27,0

2,1

14

2,9

58

42

Shimoliy Qozog‘iston

565,7

20,8

3,6

24

6,3

58

42

Markaziy Qozog‘iston

428,0

15,7

1,4

9

3,6

86

14

Sharqiy Qozog‘iston

283,3

10,4

1,5

10

6,0

60

40

Janubiy Qozog‘iston

711,8

26,1

6,5

43

9,3

51

49

Qozog‘iston Respublikasi

2724,9

100

15,1

100

5,5

57

43



2. G‘arbiy Qozog‘iston iqtisodiy rayoni – to‘rta oblastni o‘z ichiga oladi. Bular Oqtepa, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istov oblastlari. Bu iqtisodiy rayon mamlakatning eng katta hududini egallaydi. Aholi soni bo‘yicha esa uchinchi o‘rinda turadi. Respublika hududining 27 % ni, aholisining esa 14 % ni tashkil etadi. Aholi zichligi eng past bo‘lib, 1 km2 ga 2,9 kishi to‘g‘ri keladi.
Bu rayon respublikaning aholi siyrak joylashgan cho‘lli rayon. Kaspiy bo‘yi pasttekisliklari, Umumiy Sirt va Ural tog‘larning janubiy qismini, Mang‘istov yarim orolini, Ustyurt, Mug‘ojar tog‘i, Turon pasttekisligining shimoli–g‘arbiy qismini egallagan. G‘arbiy Qozog‘iston respublika xo‘jaligida alohida o‘rin tutadigan neft–gaz qazib chiqaradigan va uni qayta ishlaydigan, shuningdek gaz, xrom, nikel, ferrosplav, mineral o‘g‘itlar va neft sanoati uchun asbob–uskunalar ishlab chiqaradigan rayon.
Rayon iqtisodiyotida qishloq xo‘jalik tarmoqlaridan chorvachilik va dehqonchilik rivojlangan rivojlangan. G‘arbiy Qozog‘iston respublikadagi asosiy baliq ovlovchi va baliqni qayta ishlovchi markazdir.
Mamlakatning g‘arbida joylashgan bu iqtisodiy rayon Rossiya Federatsiyasining Sharqiy Yevropa tekisligi bilan Markaziy Osiyo cho‘llari oralig‘ida joylashgan. Shunday geografik sharoitga ega bo‘lgan hudud iqlimi keskin kontinental va qo‘rg‘oq. Qishi sovuq, hududning katta qismini cho‘l va chalacho‘llar bo‘lganligi uchun chuchuk suv tanqisligi sezilarli darajada. Usimliklari ancha siyrak.
G‘arbiy Qozog‘istonda sanoat tarmoqlariga qarab har bir viloyatning o‘ziga xos ixtisoslashuv yo‘nalishlari mavjud. Masalan, Atirov, Mang‘istov oblastlari baliq, neft, gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Aqto‘be, G‘arbiy Qozog‘iston oblastlari nikel, xrom, ferrosplav, mineral o‘g‘itlar va gaz ishlab chiqarishga, shuningdek yengil va oziq–ovqat sanoatiga ixtisoslashgan.
G‘arbiy Qozog‘iston xo‘jaligining rivojlanishida Rossiya Federatsiyasi-ning Volga bo‘yi va Ural iqtisodiy rayonlarining yaqin joylashganligi, shuningdek rayon hududida neft, gaz resurslarining mavjudligi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Neft sanoatining rivojlanishi bilan, G‘arbiy Qozog‘istonda hududiy ishlab chiqarish kompleksi yaxshi rivojlanmoqda. Emba havzasi va Mang‘istov yarim orolida neft va gazni qayta ishlash, Atirauda neftni qayta ishlash, polietilen ishlab chiqarishga, Yangi Uzen va Tengizda esa gazni qayta ishlash sanoati rivojlangan.
Aqtau shahrida neft, gaz va kimyo mahsulotlari asosida plastmassa ishlab chiqariladi. G‘arbiy Qozog‘istondagi xrom va nikel konlarining yirik zahirasi qora metallurgiya sanoatining markazi – Kampirsoy havzasi bor. Aqto‘be shahrida ferrosplav zavodi xrom konlari xom ashyosi asosida ishlaydi.
Mashinasozlik sanoatiga Atiraudagi mashinasozlik zavodi, Aqto‘be rentgen apparaturasi zavodi, Ural mexanik armatura, asbob, qurilish–montaj qurollarini ishlab chiqaradigan va kema ta’mirlash zavodi kiradi.
Kimyo sanoati neft va neft–kimyo sanoati asosida rivojlanmoqda. Yirik kimyo sanoatiga Atirau polietilen zavodi, Aqto‘be kimyo kombinati kiradi. Aqto‘be kimyo kombinati mahalliy fosforitlar va Kaspiy bo‘yi tuzlaridan foydalanadi. G‘arbiy Qozog‘iston ohaktosh, mergel, gips va boshqa qurilish material-lariga boy.
Oziq-ovqat sanoatida baliq qayta ishlash tarmog‘i yaxshi rivojlangan. Bu iqtisodiy rayonda baliq zavodlari bilan birga, baliqni qayta ishlovchi birqancha korxonalar bor. Shularning eng yirigi Atirau baliq qayta ishlovchi kombinat. Undan tashqari Yeraliyev va Bautino shaharlarida joylashgan baliq-konserva zavodlari ishlamoqda. Shu bilan birga G‘arbiy Qozog‘iston va Aqto‘beda un-krupa korxonalari bor.
Yengil sanoatda teri-to‘n, kigiz, poyabzal, tikuvchilik tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Ural shahrida kigiz fabrikasi joylashgan. “Klara Setkin” nomidagi tikuvchilik fabrikasi ham yirik hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida qoramolchilik tarmog‘i yetakchilik qiladi. Sababi, rayon hududining 92 %-ni yaylovlar va o‘tloqlar egallagan. Bu rayonda mayin junli “Yedilboy” va qorako‘lchilik, shimoliy dala zonasida go‘sht-sutga ixtisoslashtirilgan qoramolchilik rivojlangan. Shu bilan birga bu rayonda qadimdan yilqichilik va tuyachilik bilan shug‘ullanib kelingan.
Dehqonchilikda yangi yerlarning o‘zlashtirilishi tufayli, haydaladigan yerlarning maydoni 3,8 mln-ga yetkazildi. Bu rayonda bug‘doy, tariq, kuzgi qora bug‘doy, qand lavlagi, kungaboqar yetishtiriladi.
3. Shimoliy Qozog‘iston iqtisodiy rayoni – to‘rta oblastni o‘z ichiga oladi. Bular Aqmo‘la, Qustanay, Shimoliy Qozog‘iston va Pavlodar oblastlari. Shimoliy Qozog‘iston Respublikaning chekka shimoliy hududining Ishim, Tobol va Ubagan daryolari havzasida, sharqiy qismi Irtish daryosining o‘rta oqimida joylashgan. Shimoliy Qozog‘iston maydoni jihatdan G‘arbiy Qozog‘iston va Janubiy Qozog‘istondan keyin uchinchi o‘rinda to‘radi. Rayon respublika hududining 20,8 %-ni, aholisining esa 24 %-ni tashkil etadi. Shimoliy Qozog‘iston hududida mamlakat poytaxti Astana shahri joylashgan. Mintaqa hududi asosan tekisliklardan iborat. Shimoliy qismi G‘arbiy Sibir tekisligi bilan qo‘shilgan bo‘lsa, janubiy qismi Qozog‘iston past tog‘laridan iborat. Shimoliy Qozog‘iston o‘rmon – dasht va dasht zonasidan cho‘l zonasiga almashadigan hududda joylashgan.
Rayonning shimoli – g‘arbida Qustanay temir rudasi koni, uning yonida Jitiqora asbest, To‘rg‘ay qo‘ng‘ir ko‘mir havzasi, janubida esa Arqaliq boksit konlari bor. Pavlodar oblastida Ekibastuz toshko‘mir, Maykube qo‘ng‘ir ko‘mir, Bo‘zshako‘l mis, Kereku, Tobiljon, Qalqaman osh tuzi konlar bor. Jitiqora (Qustanay), Mayqayn (Pavlodar), Stepnyak, Vasilkov, Jolimbet, Aqbeyt, Beshtepa (Aqmo‘la) oltin konlari mavjud. Rayonda ohaktosh, chinni qumi va boshqa qurilish materiallari uchraydi. Rossiyaning sanoatlashgan rayonlari bilan qo‘shnichiligi Shimoliy Qozog‘istonda tog‘ – kon sanoati va energetika tizimini rivojlanishiga zamin yaratadi. Rayon elektr energetikasining asosini IES – lar tashkil etadi. Bunday quvvatli korxonalar Petropavlovsk, Qustanay, Astana, Rudniy, Ekibastuz, Pavlodar shaharlarida ishlaydi. Yirik IES – lar kuvvati 4 mln kVt ni tashkil etadi, bular iqtisodiy rayon bilan birgalikda boshqa rayonlarga ham elektr energiyasini yetkazib beradi.
Rayon sanoatida oziq – ovqat sanoati tarmoqlari yetakchilik qiladi. Rayonda go‘sht, sut, moy ekstratsiya, un–krupa sanoati tarmoqlari ixtisoslashgan. Rudniy, Ekibastuz, Petropavlovsk, Jitiqorada joylashgan go‘sht kombinatlari go‘sht-konservasi, yog‘ va boshqa mahsulotlar beradi. Sut zavodlari sariyog‘, pishloq, tvorog, quritilgan sut va boshqa sut mahsulotlarini yetkazadi. Rayonda o‘rta va kichik sut mahsulotlarini yetqazib beruvchi korxonalar ko‘p. Un kombinatlari Astana, Petropavlovsk, Kukchatau, Pavlodar, Qustanay shaharlarida joylashgan.
Yengil sanoat qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash bilan shug‘ullanadi, ichida tikuvchilik, poyabzal tarmoqlari ancha rivoj topgan. Ular viloyat, tuman markazlari, yirik aholi punktlarida ham mavjud. Petropavlovsk, Pavlodarda mo‘yna zavodi, Astana, Qustanay, Petropavlovsk, Pavlodarda tikuvchilik, poyabzal kombinatlari joylashgan.
Shimoliy Qozog‘istondagi og‘ir sanoatning tog‘ – kon ishi tarmog‘i rivojlangan. Qustanay temir koni asosida Sokolov – Sarbay, Lisakov, Kachar kon boyitish kombinatlari ishlamoqda. Arkalikda boksit qazib olinib, suv va elektr energetikasi ko‘p bo‘lgan Pavlodar glinozyom zavodiga keltirilib, alyuminiy olinadi. Pavlodar oblastining Aqsu shahrida ferrosplav zavodi sifatli po‘lat ishlab chiqaradi.
Mashinasozlik sanoatida qishloq xo‘jalik mashinalari jumladan, Astana shahrida “Aqmo‘laselmash”, “Qozoqselmash” zavodlari don yig‘uvchi, o‘t uruvchi, erroziyaga qarshi foydalanuvchi texnika turlari ishlab chiqariladi. Pavlodarda traktor, Qalqamanda buldozer, Makinda avtomobil va traktor detallarini ishlab chiqaradigan zavodlar bor. Petropavlovskda qora metallurgiya sanoati uchun detallar, Kukchatovda meditsina apparatlari, tarozi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Qustanayda suniy tola kombinati va Pavlodar neftni qayta ishlash korxonalaridir. Qurilish sanoati korxonalari Qustanay va Astanada g‘isht zavodi, temir – betin konstruksiyasi zavodi, Jitiqorada asbest kombinati asbest quvurlari, shifer, plita va boshqa mahsulotlari ishlab chiqaradi. Ostonada farfor – fayans zavodi joylashgan.
Yer resurslari rayonning muhim tabiiy boyligidir. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar maydoni – 50 mln ga, shundan 24 mln ga – haydaladigan yerlar, 26 mln ga esa chorva uchun yaylovlar, pichanzorlar, o‘tloqlardir.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining 43 % i haydaladigan yerlar. Ekinzorlarning 78 %-da donli ekinlar, asosan yozgi bo‘g‘doy ekiladi.
Respublika hududida yig‘iladigan don mahsulotlarining 90 % -i Shimoliy Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu rayonda respublikada ekiladigan bahorgi bo‘g‘doyning 75 %-i ekiladi. Rayonning markaziy qismida qurg‘oqchilikka chidamli tariq yetishtirilib, uning maydoni respublikada tariq ekiladigan rayonlarning 40 % ni tashkil etadi.
Janubiy Qozog‘iston va Sharqiy Qozog‘iston rayonlari bilan solishtirganda, bu rayonda texnik ekinlarning ulushi kam. Moy beradigan texnik ekinlardan kungaboqar asosan Pavlodar oblastida ekiladi ( respublika kungaboqar ekinzorlarining 20 % i). Qand lavlagi Irtish daryosi havzasida ekiladi. Yirik daryo havzalari va shahar atrofi xo‘jaliklarida kartoshka, sabzavotlar ekiladi.
Iqtisodiy rayonda chorvachilik dexqonchilik bilan bir qatorda rivojlanmoqda. Shimoliy Qozog‘istonda sut va go‘sht-sut yo‘nalishidagi yirik qoramol chorvachiligi yetakchilik qiladi. Unga Qustanay va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarining o‘rmon – dasht va dasht zonalari tabiiy sharoiti qo‘l keladi Shuning uchun sut yo‘nalishidagi qizil sigirlar, janubida esa go‘sht yo‘nalishidagi qozoqlarning oq bosh sigirlari boqiladi.
Qo‘ychilik asosan Pavlodar, Qustanay oblastlarining janubida, Aqmo‘la oblastida rivojlanmoqda. Rayonning barcha hududlarida yilqichilik rivojlangan, respublikada boqiladigan yilqilarning 1/3-i shu rayon hissasiga to‘g‘ri keladi. Qustanay, Shimoliy Qozog‘iston va Aqmo‘la oblastlarida cho‘chqachilik rivojlangan.
4. Janubiy iqtisodiy rayon-ma’muriy jihatdan Almati, Jambul, Janubiy Qozog‘iston, Qizilo‘rda oblastlarini o‘z ichiga oladi. Respublika hududining 26,1 %-ni, aholisining esa 43%-ni tashkil etadi.
Janubiy Qozog‘iston hududining ko‘p qismini cho‘l va tog‘li hududlar egallagan. Rayon chegarasi g‘arbda Orol dengizidan boshlanib, sharqida Xitoy bilan oraliqdagi davlat chegarasigacha bo‘lgan 700 km masofaga cho‘zilgan. Shimolida Betpaqdala va Balxash ko‘lidan boshlanib, janubida Markaziy osiyo davlatlarioralig‘idagi chegaragacha 200 km masofani tashkil etadi. Maydoni jihatdan G‘arbiy Qozog‘istondan keyin 2 o‘rinda turadi. Rayon hududining shimoliy qismini respublikadagi eng quruq iqlimli-qumli cho‘l, janubini esa mo‘tadil nam iqlimli tog‘ mintaqasi egallagan.
Rayon suv resurslariga boy, mamalakatdagi suv resurslarini 49 % i shu rayon hissasiga to‘g‘ri keladi. Lekin suv resurslari hudud bo‘ylab notekis taqsimlangan. Asosiy daryolar janubiy qismi orqali o‘tadi. Sirdaryo, Ili, Talas, Qoratol, Aqsu, Lepsi daryolari suv - energetika resurslarigacha boy. Masalan, Sirdaryo daryosida Chordara, Ili daryosida Qapchag‘ay gidroelektr stansiyalar ishlaydi.
Rayonda yer osti chuchuk suv zaxirasi ko‘p. Yer osti suvining Moyinqum, Betbaqdala, Qizilqumga o‘xshash hududlarda xo‘jalik uchun ahamiyati katta.
Janubiy Qozog‘iston yer bag‘ri har tarflama tadqiq etilgan, Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi Qoratog‘ tizmasi foydali qazilmalarga boy. Janatas, Aqsay, Sholaqtau konlarida fosforitning katta zahirasi uchraydi. Polimetall koni esa Achchisoy, Mirg‘alimsoy, Xantag‘i, Bayjansoy konlarida qazib chiqariladi. Koratog‘ fosforiti respublikani o‘g‘it bilan ta’minlovchi asosiy baza hisoblanadi. Viloyatda undan boshqa asbest, marmar, temir konlarining muhim zahiralari mavjud.
Almati oblasti hududida Jung‘or Olatog‘i tog‘ mintaqalarida joylashgan Tekeli polimetall koni bor. Shu bilan birga yirik ko‘mir, yonuvchi slanets, torf, ohaktosh, marmar konlari aniqlangan.
Qizilo‘rda oblastida rangli metallurgiya, neft-kimyo sanoati xomashyolari, Orol dengizida sulfat bilan osh tuzining katta zahiralari bor.
Janubiy Qozog‘iston oblasti hududida, Turkiston o‘lkasida sement sanoati hom-ashyosi, gipsning katta zahiralari aniqlangan. Kentau shahri atrofida polimetall rudalari qazib olinadi. Undan tashqari yer bag‘ridan qo‘ng‘ir ko‘mir, temir, marmar va boshqa foydali qazilmalar uchraydi.
Janubiy Qozog‘iston ho‘jaligi tog‘ – kon sanoati, og‘ir, yengil va oziq–ovqat sanoatlariga, qishloq ho‘jaligiga ihtisoslashgan. Sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik bilan rangli metallurgiya, kimyo, neft mahsulotlari ishlab chiqarish, yengil va oziq-ovqat sanoatlari respublika bo‘yicha yaxshi rivojlangan.
Janubiy Qozog‘iston mamlakatining asosiy sug‘orma dehqonchilik rayonidir. Unda texnik ekinlardan – paxta, qand lavlagi, tamaki, sholi va g‘alla yetishtiriladi, mevazorlar va tokzorlar mavjud.
Janubiy Qozog‘istonda sanoat tarmoqlaridan rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, metall eritish, qurilish materillari, yengil va oziq – ovqat sanoati rivojlangan.
Qoratog‘ va Jung‘or Olatog‘i tog‘laridagi polimetall rudalari asosida Achisoy polimetall kombinati, Tekeli qo‘rg‘oshin-rux konlari asosida Shimkent qo‘rg‘oshin zavodi ishga tushirilgan. Qoratog‘ fosforitiga asoslangan Qoratog‘ kon-kimyo kombinatining mamlakat iqtisodi uchun ahamiyati katta. Shimkentda kimyo–farmatseftika va fosfor tuzlarini ishlab chiqaruvchi zavodlar, Tarazda superfosfat zavodi ishlaydi. Fosfor sanoatining yirik korxonalar: “Qoratog‘”, “Ximprom”, “Fosfor”, “Kazfosfat” zavodi.
Sanoat tarmoqlari orasida xom-ashyoni kompleksi foydalanishi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan Masalan, fosfor sanoati qoldiqlari shlak, sement ishlab chiqarishda foydalanilsa, fosforni qora metallurgiyada foydalaniladi.
Shimkent neftni qayta ishlash zavodi 1969 yilda ishga tushirilgan. Zavodga xom-ashyo Rossiyaning G‘arbiy Sibir rayonidan Omsk-Pavlodar- Shimkent gaz quviri orqali tashiladi. Qolgan 10 % neft Qizilo‘rda viloyatidagi Qumko‘l konidan keladi. Bu zavodda qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar: A-76, A-72 benzini, dizel yoqilg‘isi, kerosin olinadi.
Mashinasozlik va metallsozlik sanoati rayonda 1950 yildan boshlab rivojlana boshladi. Uning asosiy tarmoqlari elektrotexnika, asbobsozlik, yo‘l qurilish mashinalari, stanoksozlik korxonalari Almati, Shimkent, Taraz, Kentau shaxarlarida joylashgan. Mashinasozlik sanoati, asosan tashqaridan keltiriladigan metaldan foydalanib ishlamoqda. Masalan: “Porshin” “Elektroasbob”, Shimkent shahridagi “Elektroapparat” zavodlari va boshqalar.
Rayon bo‘yicha xo‘jalikning qo‘shimcha tarmog‘i–qurilish materiallari sanoati kuchli rivojlangan. Maxalliy xom ashyo asosida respublikadagi sementning asosiy qismini ishlab chiqaradigan Shimkent va Saztube sement zavodlari ishlaydi.
Janubiy Qozog‘iston rayoni yengil va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari umumiy hajmi bo‘yicha respublikada yetakchi o‘rinda turadi. Asosiy xom-ashyo qishloq ho‘jaligidan oladi. Janubiy Qozog‘iston oblasti respublikadagi yagona paxta yetishtiruvchi rayondir. Rayonda yengil sanoatning rivojlanishiga qorako‘lchilik bilan paxtachilikning yaxshi yo‘lga qo‘yilishi ijobiy ta’sir etmoqda. Respublika bo‘yicha yig‘iladigan paxta, jun, teri mahsulotlaring 70 % i shu rayonda yetishtiriladi. Yengil sanoatning yirik korxonalari Almati, Shimkent ( paxta tozalash zavodlari va paxta gazlamalari kombinatlar), Taraz, Qizilo‘rda (poyabzal fabrikalari), Shimkent (paypoq va kostyum ishlab chiqaruvchi fabrikalari) shaharlarida mavjud.
Respublika bo‘yicha oziq – ovqat sanoati mahsulotlarining 50 % i shu rayonga tegishli. Oziq–ovqat sanoatining yirik korxonalariga Almati go‘sht, meva, tamaki kombinatlari, vino zavodi, Taraz bilan Taldiqurg‘onning qand zavodlari, ”Aral tuz” kombinati, Qizilo‘rda sholi tozalash zavodi, Balxash, Orol va Olako‘l baliq zavodlari kiradi. Mamlakatdagi xususiylashtirish siyosatiga mos, xo‘jalikning sanoat tarmog‘iga tegishli ko‘pchilik korxonalar mulkchilikning yangi shakllariga aylantirildi. Unga masalan: Almati vino zavodi “Baxus” aksiyadorlik jamiyatining qaramog‘ida bo‘lsa, tamaki kombinatiga “ Filip Morris” kompaniyasi boshchilik qiladi. Janubiy Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilik va yaylov chorvachiligiga asoslangan. Respublikaning 70 %-dan ortiq sug‘orma yerlari va 40 %-dan ziyod qo‘ylari shu rayon hissasiga tegishlidir.
Qishloq xo‘jalik sohasida dexqonchilik yaxshi rivojlangan. Dehqonchilik tarmog‘i rayon iqtisodiga ko‘p daromad keltiradi. Unda qishloq xo‘jaligida banda holining katta qismi to‘g‘ri keladi.
Dehqonchilikning asosiy ixtisoslashgan tarmog‘i–texnik ekinlari yetishtirish. Ular, asosan, oziq-ovqat va yengil sanoatga xom ashyo sifatida foydalanilib, iste’molchilarga tayyor mahsulot sifatida yetkazib beriladi. Asosiy texnik ekinlar- paxta va qand lavlagi. Paxta Keles va Aris daryolari havzasida, qand lavlagi esa Asi, Talas, Chuv, Qoratol daryolari bo‘ylarida va Qirg‘iz Olatog‘i, Ili Olatog‘i, Jung‘or Olatog‘ining etaklarida sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladi.
Janubiy Qozog‘istonda bag‘dorchilik va tokzorchilik tarmoqlari rivojlangan. Jambul, Janubiy Qozog‘iston oblastlaridagi Aris va Keles vodiylarida joylashgan aholi tokchilik bilan shug‘ullanadi.
Sirdaryo bilan Ili daryolar bo‘yida sug‘oriladigan yerlarda va Qoratol daryosi vodiylarida sholi yetishtiruvchi yirik rayonlar tashkil etilgan. Almati shahri atroflarida tamaki yetishtiriladi.Xususiylashtirish siyosati olib borilishi munosabati bilan, dehqonchilik tarmoqlari hozirda davlat, xususiy, aralash, chet el mulkchilik shakllariga aylantirilmoqda.
Chorvachilik tarmoqlaridan qo‘ychilik, qoramolchilik, tuyachilik rivojlangan. Ayniqsa qorako‘lchilikka Jambul, Janubiy Qozog‘iston, Qizilo‘rda oblastlari ixtisoslashgan. Bu oblastlar respublikada qo‘y va echkilar soni va jun qirqish bo‘yicha yetakchilik qilib kelmoqda. Janubiy Qozog‘istonning tog‘ oldi rayonlarida qoramollar boqiladi. Qoramollarning Olatog‘ sigiri, Talas sigiri, go‘sht-sutli oqbosh sigirlari shu rayonda boqiladi.
Yilqichilik bilan rayonning barcha viloyatlari shug‘ullanadi. Qizilo‘rda oblastining “Qulandi” va Almati oblastidagi “Basshi” yilqichilik zavodlari qozoqi yilqi ko‘paytirishga ixtisoslashgan. Shuningdek Almati oblastidagi “Degeres”, “Alg‘abas”, “Qizilag‘ash” va Jambul oblastidagi “Qulan” yilqi zavodlari kuchli yilqilari ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi.
Tuyachilik bilan asosan cho‘l rayon–Janubi Qozog‘iston oblasti shug‘ullanadi. Rayonning yirik shaharlari atrofida cho‘chqachilik va parandachilik korxonalari joylashgan. Ular asosan, shahar aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi.
5. Markaziy Qozog‘iston–iqtisodiy rayon hududidagi Yevropaning Buyuk Britaniya, Belgiya, Gollandiya, Daniya mamlakatlari birgalikda sig‘ib ketadigan Qarag‘anda oblastida shundan yarim asr oldin 4000 aholisi bor 1 tagina shahar bo‘lgan edi. Iqtisodiy rayon respublika hududining 15,7 % ni, aholisining 9 % ni tashkil etadi. Qarag‘anda viloyati Ulitov qirlarida Qarqarali, Qarag‘ayli, Qizilaray tog‘larigacha 1000 km gacha borib, Kozoqning past tog‘lari Sariarqani deyarli o‘z ichiga oladi. Bu huduning tabiiy resurslari qadimdan ma’lum. Uning misini, ohaktoshini butun Markaziy Osiyo biladi. O‘lkaning asosiy boyligi yer bag‘ridagi yirik konlardir. Qarag‘anda havzasining kokslanuvchi toshko‘miri bilan Jezqazg‘an, Qo‘ng‘irot, Sayak mis konlaridir. Qurilish materiallari rayonning barcha hududlarda uchraydi, shu bilan birga temir, marganets konlari, polimettallar, nodir metallar ham uchraydi.
Iqtisodiy rayonda temir va marganetsning 40 yaqin konlari ma’lum. Eng muhimlari: Aqtau, Uchxotin, Qamish, Qarajol, Qarsaqbay, Jezdi, Nayzatas.
Polimetallar tarkibida qo‘rg‘oshin, mis va boshqa rangli metallar bor. Rayondagi muhim polimetall konlari: Gulshat, Qizilespe, Aqshag‘il, Qarag‘ayli, Jayrem. Yana boshqa rangli metallardan volfram, molibden, vannadiy, vismut, surmaning katta zahiralari mavjud.
Markaziy Qozog‘istonda sanoat tarmoqlaridan, mis qazib chiqarish, toshko‘mir, qo‘rg‘oshin-rux, nodir metallar, kimyo-metallurgiya, qora metallurgiya yaxshi rivojlangan.
Rayon respublikadagi og‘ir sanoat rivojlangan hudud. Qarag‘anda ko‘mir havzasi Qozog‘istonning muhim yoqilg‘i bazasi hisoblanadi. Qarag‘anda ko‘miri yopiq usulda qazib olinadi. Undagi 60 shaxta, 2ta yirik ko‘mir havzasidan ko‘mir ochiq usulda qazib olinadi. Rayon energetikasi mahalliy ko‘mirga asoslangan. Ko‘mirdan foydalanuvchi yirik elektr stansiyalar – Abay, Qarag‘anda, Temirtau shaharlarida joylashgan. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi munosabati bilan Ekibastuz – Qarag‘anda elektr tarmog‘i tortilgan.
Markaziy Qozog‘iston – qora metallurgiyaning respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan xom ashyo bazasi. Rayonda qora metallurgiyaning rivojlanishi Qarag‘andaning kokslanuvchi ko‘miri va Atasu, To‘rg‘ay, Sokolov-Saribay, Ayat, Lisakov, Kachar temir konlarining o‘zlashtirilishi bilan amalga oshdi. Yuqoridagi ko‘mir va temir konlaridan foydalanib, Temirtau shahrida to‘liq siklda ishlovchi qora metallurgiya kombinati ishlamoqda.
Rayondagi og‘ir sanoatning ichida yaxshi rivojlangan yana bir tarmoq – rangli metallurgiya. Rayonda mis, qurg‘oshin, rux, volfram, molibden va nodir metallarni qazib chiqarish tarmoqlarining ahamiyati katta. Mis sanoati Jezqazg‘an va Balxashda atrofida qazib olinadigan mis konlari asosida rivojlandi.
Rayondagi qo‘rg‘oshin – rux ishlab chiqaruvchi korxona “Sariarqapolimetall” ishlab chiqarish birlashmasiga tegishli.
Volfram va molibden qazib chiqarish sanoati ham rivojlanib kelmoqda. Tog‘ – kon sanoati korxonalari Aqjol, Jambul, Aqshatau va Yuqori Qayraqtida joylashgan.
Mashinasozlik sanoatida Qarag‘anda og‘ir mashinasozlik zavodi muhim o‘rin egallaydi. Unda ko‘mir qazib olishda ishlatiladigan kon – shaxta asbob – uskunalari, burg‘ulash mashinalari, shuningdek o‘zi yuradigan kombaynlar va kranlar ishlab chiqariladi. Bu zavoddan chiqqan mahsulotlar respublika ko‘mir havzalarini kerakli mashinalar bilan ta’minlab turadi. Kimyo sanoati – sintetik kauchuk (Temirtau), rezina - texnika buyumlari (Saran), sirka kislotasi (Balxash) ishlab chiqaradi. Mis zavodlarida kimyo sanoatining xom ashyosi hisoblanadigan gazlar yig‘iladi.
Yengil sanoatda Qarag‘anda poyabzal fabrikasi, trikotaj, tikuvchilik, jihozlash buyumlari, paypoqlar ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Oziq–ovqat sanoatiga qarashli Qarag‘anda go‘sht, un, konditer kombinatlari, vino, likyor-aroq, konyak, pivo zavodlari, Balxash baliq-konserva zavodlari bor.
Markaziy Qozog‘iston iqlimining quruqligi, suvining kamligi, tuprog‘ining unumdor emasligi qishloq xo‘jaligini rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligida sug‘orma dehqonchilik bilan birga go‘sht – sut yo‘nalishidagi chorvachilik rivojlangan. Mahalliy joyning tabiatiga moslashgan go‘shtli – moyli yedilboy qo‘ylari boqiladi. Rayonning shimolidagi yaylovlarda go‘sht – sut yo‘nalishidagi qoramollar va yilqilar boqiladi.
Dehqonchilikning asosiy maqsadi - bohorgi bug‘doy yetishtirish, chorva mollarini yem-hashak bilan ta’minlash. Rayonda makkajuhori, texnik ekinlardan kungaboqar, kartoshka yetishtiriladi.
6. Sharqiy Qozog‘iston – iqtisodiy rayon shu nomdagi oblastni o‘z ichiga oladi. Respublikadagi polimetall konlari bilan eng arzon elektr energiyasini ishlab chiqaradigan rayon. Rayonning agrosanoat kompleksida chorvachilik yetakchi o‘rinda, dehqonchilik va uning xom ashyolarini qayta ishlaydigan tarmoqlar ikkinchi darajali tarmoqlardir.
Iqtisodiy rayoni Irtish daryosining yuqori oqimida, Oltoy tog‘i va Sariarqaning sharqiy qismida joylashgan. Yer maydoni jihatdan Qozog‘istondagi eng kichik iqtisodiy rayon. Qozog‘iston hududining 10 % i, aholisining 12 % i, sanoat mahsulotining 18 % i, qishloq xo‘jalik mahsulotining 13 % i shu rayon ulushiga to‘g‘ri keladi. Sharqiy Qozog‘iston tabiiy resurslarining ko‘pligi jihatdan mamlakatda oldingi o‘rinda. Bu yerda polimetal konlari 18-asrdan boshlab qazib chiqarilmoqda. Polimetalning asosiy tarkibi qo‘rg‘oshin-rux va mis. Polimetaldan tashqari oltin, kumush, kadmiy, surma, temir, molibden, vismut, indiy, talliy, tellur, simob va boshqa metallar uchraydi. Janubiy Oltoy va Qalba tizmasida qalayi, volfram, vannadiy konlari mavjud. Oltin qazib olishda Semey o‘lkasi yetakchilik qiladi. Oltining Baqirchoq, Boko, Oktabr konlari mashhurdir. Iqtisodiy rayonda mamlakatdagi qo‘rg‘oshin zahirasining 26,1 % i, ruxning 45,8 % i, misning 47,9 % i, oltinning 52,2 % i, titanning 37,1 % i mavjud.
Sharqiy Qozog‘istonning asosiy boyliklaridan biri suv energetika resurslari. Respublikadagi suv zahirasining 50 %-i shu rayon hissasiga to‘g‘ri keladi. Energetika resursi sifatda Irtish va uning irmoqlari Ulba, Buxtarma, Kurchim va Narim daryolari ko‘zga tashlanadi. O‘rmon resurslarining 40 % i ham shu rayonda. Shuning uchun o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha respublikada yetakchi hisoblanadi. Sharqiy Qozog‘iston qurulish materiallariga ham boy.
Rayon xo‘jaligida rangli metallurgiya sanoati yetakchilik qiladi. Bu yerda rangli metallarni qazib olish va boyitishdan boshlab, ularni qayta ishlash, qo‘rg‘oshin, rux, mis, kadmiy va boshqa metallarni ajratib olishgacha bo‘lgan jarayonlar amalga oshiriladi. Sharqiy Qozog‘istonda rangli metallarning 32 turi qazib olinib, shundan 17 tasi qayta ishlanadi.
Ziryan qurg‘oshin kombinati Sharqiy Qozog‘iston rangli metallurgiyasining yirik korxonasi hisoblanadi. Sharqiy Qozog‘istondagi qo‘rg‘oshin-rux va mis ishlab chiqarish bilan “Qozoqrux” va “Qozoqmis” korporatsiya-lari shug‘ullanadi. Sharqiy Qozog‘iston mamlakatda asosiy oltin ishlab chiqaruvchi rayondir. Qozog‘istondagi 141 ta oltin konlarining 62 tasi shu rayon hududida. Oltin ishlab chiqarishda “ Oltoy”, “Bunasham”, “Suzdal”, “Markaziy Muqiri”, “Alel”, “Andas -Altin” korxonalari shug‘ullanadi.
Rayonning energetika asosini issiqlik va gidroelektr statsiyalari tashkil etadi. Rangli matallurgiyaning rivojlanishi gidroelektrenergiyasi bilan bog‘liq. Irtish daryosi va uning irmoqlarida suv energetika resurslari 7 mln. kVtquvvatga ega, bu yiliga 62 mlrd. kVt/soat elektr–energiya olish imkoni-ni beradi. Biroq, hozir bunday quvvatning faqat 15% dan foydalanilmoqda. Uskemenning “Sharqmash” zavodi metallurgiya zavodlari va kon boyitish kombinatlari uchun burg‘ulash va yuk mashinalari, kon qazish asbob - uskunalari yetkazib beradi. Yengil sanoatning asosiy markazi Semey shahrida ipyigiruv, jun yuvish, paypoq, trikotaj kombinatlari joylashgan. Yangi stanoklar bilan jihozlangan trikotaj, tikuvchilik kombinatlari Ridderda, Ziryanda, ipak tolasini chiqaruvchi kombinat Uskemenda joylashgan.
Oziq –ovqat sanoati mahalliy xom ashyoga asoslangan. Bularning ichida go‘sht sanoati yetakchilik qiladi. Go‘sht kombinantlari Semey, Ridder, Ziryan, Uskemen, Ayaguz shaharlarida joylashgan. Uskemenda yirik kungaboqar moyini olish kombinanti ishlaydi.
Chorvachilikni rivojlanishiga rayonning qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerining 80 % i, ya’ni yilning barcha mavsumlarida foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan o‘tloqlar va tog‘ yaylovlari qulaydir. Rayon tabiiy sharoitining xususiyati bilan uning qulayligiga bog‘liq go‘sht–jun yo‘nalishdagi qo‘ychilik chorvachilikning asosiy tarmog‘i hisoblanadi. Tog‘li rayonlarda Angor echkilari boqiladi. Sut-go‘sht va go‘sht-sut yo‘nalishida boqiladigan qoramollar barcha hududlarda mavjud. Oltoy, Qalba tizmasi, Tarbag‘atay etaklarida slavyan xalqlari joylashgan hududlarda cho‘chqachilik bilan shug‘ullaniladi.
Dehqonchilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri. Dexqonchilik rayonlari Irtish bo‘yida, Konli Oltoyda, Qalba tizmasida, Tarbag‘atay vodiysida rivojlangan. Sharqiy Qozog‘istonda donli ekinlardan yozgi bo‘g‘doy yetakchilik qiladi. Donli ekinlar ichida arpa, suli rayonning asosiy ekinzorlarini egallagan. Suli mol ozuqasi sifatda o‘stirilsa, arpa pivo qaynatishda asosiy xom ashyo bo‘ladi. Rayoning janubi va g‘arbida qurg‘oqchil xududlarida tariq va makkajo‘xori yetishtiriladi. Texnik ekinlardan kungaboqar ko‘plab ekiladi. Bu yerga respublikadagi kungaboqar ekinzorlarining 80 % i to‘g‘ri keladi. Shahar atrofi va sanoatlashgan hududlada kartoshka va sabzavot ekinlari yetishtiriladi.



Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish