Markaziy nerv sistemasi bo’limlarining tuzilishi va vazifalari. Orqa miyaning tuzilishi



Download 477,73 Kb.
bet8/9
Sana06.07.2022
Hajmi477,73 Kb.
#743195
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doston 4 (2)

4-rasm. Rostlash-bukish refleksi

Bukish refleksi bilan bir vaqtda boshqa oyoqning rostlash refleksi bo’ladi.


Fazaviy reflekslar mushak reseptorlarini bir marta qo’zg’atishga javoban paydo
bo’ladi, masalan, tizza kosasidan pastroqdagi to’rt boshli mushakning payiga
urilganda paydo bo’ladi. Bunda to’rt boshli mushakning qisqarishi natijasida tizzani
rostlash refleksi (bukuvchi mushaklarning motoneyronlari bukish refleksi vaqtida
tormozlanadi – Renshou oraliq tormozlovchi hujayralar yordamidagi postsinaptik
resiprok tormozlanish) paydo bo’ladi. Tizza refleksining reflektor yoyi 2-4 bel
segmentlarida tutashadi. Fazaviy rostlash reflekslari bukish reflekslari kabi yurish
aktini bajarishda qatnashadi.Axillov refleksida boldirning 3 boshli mushagi qisqarishi hisobiga tovon bukiladi (5-rasm).

5-rasm. Tizza refleksining sxemasi

Tonusli rostlovchi reflekslar - rostlovchi mushaklar payining uzoq vaqt


cho’zilgan vaqtidagi ular qisqarishidir. Ularning roli — pozani ushlab turishdir. Tik
turgan paytda rostlovchi mushaklarning tonusli qisqarishi natijasida pastki oyoqlar
bukilmaydi va tana tabiiy vertikal holatda turadi. Mushaklarning tonusli qisqarishi
gavdani vertikal holda ushlab turadi, odamning gavdasi tik turadi. Mushaklar
cho’zilganda (bukish va rostlash) paydo bo’ladigan tonusli reflekslar miotatik
reflekslar ham deyiladi.
Poza reflekslari — tana yoki uning ayrim qismlarining holati o’zgarganida
paydo bo’ladigan mushak tonusining qayta taqsimlanishidir. Poza reflekslarida
MATning turli bo’limlari qatnashadi. Orqa miya darajasida umurtqa bo’yin
reflekslari tutashadi, buni gollandiyalik fiziolog R.Magnus (1924) mushuklarda
o’tkazgan maxsus tajribalarida aniqlagan. Boshni qayirgan paytda egilganida hosil
bo’ladigan ushbu reflekslarning 2 ta turi ma‘lum. Boshni pastga egganda oldingi
oyoqlarning bukuvchi mushaklarining tonusi va orqa oyoqlarning rostlovchi
mushaklarining tonusi ortadi, natijada oldingi oyoqlar bukiladi, orqa oyoqlar esa
rostlanadi. Boshni yuqoriga ko’targanda esa aksincha – oldingi oyoqlar ularning
rostlovchi mushaklarining tonusi ortganligi sababli rostlanadi, orqa oyoqlar esa
ularning bukuvchi mushaklarining tonusi ortganligi sababli bukiladi. Ushbu reflekslar
bo’yinning proprioreseptorlaridan va umurtqa pog’onasining bo’yin bo’limini
yopadigan mushak pardasi (fassiyalar)dan hosil bo’ladi. Bu hayvonlarni tabbiy tutgan
vaqtlarida ular boshining tepasi yoki pastidagi ovqatni izlash imkonini beradi.
Bo’yinning pozali reflekslarining 2-guruhi o’sha reseptorlarning o’zida, faqat
boshni chap yoki o’ngga burganda, paydo bo’ladi. Ikkala oyoq-qo’lning rostlovchi
mushaklarining tonusi bosh qayrilgan tomonda oshadi, va bukuvchi mushaklarning
tonusi qarama-qarshi tomonda oshadi. Refleks gavda holatini buzishga qaratilgan, uni
boshni qayirgandan so’ng og’irlik markazining holatining o’zgarishi natijasida buzish
mumkin. Og’irlik markazi bosh qayrilgan tomonga o’tadi – aynan ana shu tomonda
ikkala oyoq-qo’lning rostlovchi mushaklarining tonusi ortadi.
Ritmik reflekslar — oyoq-qo’llarni ko’p marotaba bukish va rostlash. Bunga
baqaning artinish refleksi, itning qashish va qadam tashlash reflekslari misol bo’ladi.
Artinish refleksining mohiyati shundaki, spinal baqaning bel terisiga kislota surtilsa
u bir necha bor o’sha yerni ishqalaydi, ya‘ni uni olib tashlashga harakat qiladi. It
tanasining terisi kuchsiz qo’zg’atilsa u orqa oyog’i bilan ana shu uchastkani
qashiydi. Qashish refleksi — baqaning artinish refleksining analogi. Spinal it tasma
yordamida stanokka osib qo’yilsa u qadam tashlaydi – qadam tashlash refleksi.
Qorin reflekslari (yuqori, o’rta va pastki) ni chaqirish uchun qorin terisi shtrixli
qo’zg’atiladi, qorin devori muskulaturasining tegishli uchastkalari qisqaradi. Bular
himoya reflekslari. Yuqori qorin refleksini chaqirish uchun pastki qovurg’alarga
parallel qilib bevosita ularning tagidan qo’zg’atiladi, refleks yoyi orqa miyaning
ko’krak segmentlari darajasida tutashadi. O’rta qorin refleksi uchun kindik atrofi
(gorizontal) qo’zg’atiladi, refleks yoyi o’z darajasida tutashadi. Pastki qorin refleksi
uchun chov burmasi parallel (yonida) qilib qo’zg’atiladi.

Download 477,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish