Markaziy nerv sistemasi bo’limlarining tuzilishi va vazifalari. Orqa miyaning tuzilishi


Orqa miyaning asosiy o‘tkazuvchi yo‘llari



Download 477,73 Kb.
bet4/9
Sana06.07.2022
Hajmi477,73 Kb.
#743195
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doston 4 (2)

Orqa miyaning asosiy o‘tkazuvchi yo‘llari



O’tkazuvchi yo’llar

Orqa miya ustuni

Fiziologik ahamiyati

  1. Afferent yo‘llar (tutamlar)







1. Goll tutami

Orqa

Taktil sezgi, tananing fazodagi holatini sezish, tananing passiv harakatlarini sezish, tebranishni sezish

2. Burdax tutami

Orqa

Shuning o’zi

3. Dorsolateral

Yon

Og’riqni va haroratni sezish

4. Fleksig tutami

Yon

Proprioreseptorlardan va terining bosimini va tegishni sezuvchi reseptorlardan impulslarni o’tkazish

5. Govers tutami

Yon

Shuning o’zi

6.Dorsal pinotalamik

Yon

Og’riqni va haroratni sezish

7. Spitektal

Yon

Aniq emas

8.Ventral pinotalamik

Yon

Taktil sezgi

  1. Efferent yo‘llari (traktlar)







1. Lateral kortiko-spinal
(piramida) yo’li

Yon

Ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi impulslarni mushaklarga o’tkazish

2. Rubro-spinal
(Monakov)

Yon

Skelet mushaklarining tonusini saqlab turuvchi impulslarni o’tkazish

3. Dorsal vestibulo
Spinal

Yon

Muvozanat va vaziyatni saqlashni
ta'minlovchi impulslarni o’tkazish

4. Olivo-spinal

Yon

Aniq emas

5. Retikulo-spinal

Oldingi

Skelet mushaklari tonusini saqlash,
vegetativ markazlar holatini va mushak yoylari sezgirligini boshqarishda ishtirok
etadigan impulslarni o’tkazish

6.Vetral vestibulospinal

Oldingi

Vaziyat va muvozanatni saqlashni
ta'minlovchi impulslarni o’tkazish

7. Tekto-spinal

Oldingi

Birlamchi ko’ruv va eshituv reflekslarning (to’rttepalik reflekslarni) yuzaga chiqishini
ta'minlovchi impulslarni o’tkazish

8.Ventral kortiko-spinal
(piramida yuli)

Oldingi

Ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi impulslarni skelet mushaklariga yetkazish

Afferent Goll va Burdax tutamlari spinal tug’unlardagi sezgir hujayralarning


aksonlaridir. Ular impulslarni mushak va pay proprioreseptorlaridan, qisman teri va
ichki reseptorlardan uzunchoq miyagacha yetkazadi. Bu yerda Goll va Burdax
yadrolarida yo’lning ikkinchi neyronini somalari joylashgan. Ikkinchi neyronlarning
o’simtalari kesishib, talamusning qarama-qarshi yadrolarida sinapslar hosil qiladi.
Ana shu yadrolardan uchinchi neyron boshlanadi, aksonlari miya po’stlog’idagi IV
qavat neyronlarida tugaydi. Goll va Burdax tutamlarini mielinli tolalar tashkil qiladi.
Ulardan qo’zg’alishni o’tish tezligi soniyasiga 60-100 mni tashkil qiladi.
Bu tutamlardan periferiyadagi ta‘sir chegarasini, joylashishini va o’zgarish
vaqtini aniq sezishni ta'minlovchi impulslar o’tadi.
Spinotalamik yo’llar og’riq, harorat, taktil sezgilarni shakllaydigan impulslarni
o’tkazadi. Ular orqa miyaga o’tishi bilan yoki bir necha segmentga ko’tarilganidan
keyin kesishib, qarshi tomonga o’tadi. Ko’ruv dumboqchalarida tugaydigan tolalar
shu segmentlardan boshlanadi. Uchinchi neyron miya po’stlog’ida tugaydi.
Spinotalamik yo’llar ta‘sirining sifati to’g’risidagi axborotni o’tkazadi.
Orqa miyani miyacha bilan bog’laydigan Fleksig va Govers tutamlari
impulslarni o’ta yuqori tezlikda (120 ms o’tkazadigan asab tolalaridan tashkil topgan)
o’tkazadi. Ulardan asosan mushak va paylarning proprioreseptordan mushak tonusi,
holat va muvozanatni, harakatlarni bajarish uchun zarur bo’lgan impulslar o’tadi.
Efferent yo’llarining asosiylari kortikospinal (piramida), rubrospinal,
vestibulospinal va retikulospinal yo’llardir. Kortiko-spinal yo’li bosh miya
po’stlog’ining harakatlantiruvchi sohasidagi piramidal hujayralarning aksonlaridir.
Bu aksonlar oraliq, o’rta va uzunchoq miyalardan o’tar ekan, ko’pgina yon shoxlar
beradi va uzunchoq miyaning pastki qismida ularning ko’p qismi kesishadi.
Kesishmagan asab tolalari orqa miyaga tushib, tugaydigan segmentlarda qaramaqarshi tomonga o’tadi. Kortiko-spinal yo’lning hamma tolalari orqa miyaning
shoxlaridagi motoneyronlarda sinapslar hosil qiladi. Bu yo’lning asosiy vazifasi
ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi impulslarni o’tkazishdan iborat.
Rubrospinal (Monakov) yo’li o’rta miyaning qizil yadrosidagi neyronlarning
aksonlaridir. Tolalar yadrodan chiqib, qarama-qarshi tomonga o’tadi. Ularning bir
qismi miyacha va to’rsimon formasiyada impulslar mushaklarning tonusini va
ixtiyorsiz harakatlarni boshqaradi.
Vestibulospinal yo’lni Deyters yadrosidagi neyronlarning aksonlari tashkil
qiladi. U vestibulyar asab markazi va miyachadan impulslarni orqa miyaning
motoneyronlariga yetkazadi. Vestibulospinal yo’lning shikastlanishi mushak tonusi,
muvozanatni saqlash va harakatlar uyg’unligini buzilishiga olib keladi.
Orqa miyadan yuqoridagi tuzilmalar efferent tola orqali spinal neyronlarning
hammasini (motoneyronlarni, oraliq va afferent neyronlarni) nazorat qilib turadi. Har
bir efferent yo’lning tolalari ma‘lum ishni bajaruvchi motoneyronlarni faollashtiradi.
Kortikospinal yo’l tolalari, asosan qo’l-oyoqlarning distal qismdagi mushaklarga
(panja va barmoqlarni harakatlantiruvchi mushaklarga) ta‘sir o’tkazsa, retikulospinal
va vestibulospinal yul esa proksimal mushaklarga impulslar yetkazadi.
Efferent yo’llar maxsus tormozlovchi neyronlar (masalan, Renshou hujayralari)
yordamida, presinaptik va postsinaptik tormozlanishni paydo qilib, orqa miyaning
ikkilamchi afferent va oraliq neyronlarning qo’zg’aluvchanligiga ta‘sir qilishi
mumkin.
Shunday qilib, supraspinal tuzilmalar orqa miya faoliyatini uzluksiz ravishda
nazorat qilib turadi. Orqa miyaning ko’ndalangiga qisman yoki to’la kesilishi bu
nazoratni qisman yoki to’la yo’qolishiga, binobarin orqa miya faoliyatining keskin
buzilishiga olib keladi.

Download 477,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish