Markaziy nerv sistemasi bo’limlarining tuzilishi va vazifalari. Orqa miyaning tuzilishi



Download 477,73 Kb.
bet6/9
Sana06.07.2022
Hajmi477,73 Kb.
#743195
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doston 4 (2)

oldingi kortikospinal (to’g’ri va kesib o’tgan piramidali) yo‘llar impulslarni bosh
miya po’stlog’idan orqa miyaning oldingi shoxlarining harakat neyronlariga va yon
shoxlarning neyronlariga uzatadi. Qopqoqli-orqa miyali yo‘l o’rta miya
qopqog’ining yuqori va pastki bo’rtig’idan boshlanadi va oldingi shoxarning
hujayralarida tugaydi.U orientirlovchi reaksiyani ishga tushirishda qatnashadi.
Kiraverish-orqa miya (vestibulospinal) yo’l ko’prikning vestibulyar yadrolaridan
orqa miyaning oldingi shoxlariga keladi va tana muvozanatini, xususan, oyoqqo’llarning yoyilishini ta'minlaydigan impulslarni uzatadi. Retikula-spinal yo‘l
uzunchoq miya va ko’prikning retikulyar yadrolaridan keladi. Ushbu yo’l tananing
ixtiyorsiz harakatlari va lokomosiyaning (makonda ko’chib yurish) ishga tushirilishi
bilan bog’liq.
Reflektor vazifasi orqa miyada bir qator harakat reflekslarini amalga
oshiradigan, masalan, pay, tana holatining reflekslari kabi, tana, oyoq-qo’l va bo’yin,
muskulaturasining reflektor markazlari borligidadir. Bu yerda vegetativ asab
tizimining ko’plab markazlari: tomirlarni harakatlantiruvchi, ter ajratish, siydik
ajratish, defekasiya, jinsiy a‘zolarning faoliyatining markazlari ham joylashgan. Orqa
miyaning barcha reflekslarini bosh miyaning turli bo’limlaridan pastga tushuvchi
yo’llar orqali keladigan impulslar nazorat qiladi.
Orqa miya reflekslari spinal reflekslar deyiladi va ular:
– oldingi shoxlarning alfa-motoneyronlari amalga oshiradigan harakat
reflekslari;
– yon shoxlarning afferent hujayralari amalga oshiradigan vegetativ
reflekslarga
bo’linadi.
Spinal vegetativ reflekslar. Orqa miya darajasida segmentar vegetativ
reflekslar amalga oshadi. Ularga quyidagilar kiradi: (1) terining ma‘lum bir yeri
qizdirilganda tomir tonusining o’zgarishi; (2) tananing ma‘lum bir yeri qizdirilganida
ter ajralishi; (3) ichakning ayrim motor funksiyalarini nazorat qiladigan ichak
reflekslari; (4) qorin ta‘sirlanganida me'da-ichak yo’lining motor faolligini
tormozlaydigan qorin-ichak reflekslari; (5) siydik pufagi yoki yo’g’on ichak
to’lganida uni bo’shatadigan evakuasion reflekslar. Bundan tashqari barcha
segmentar reflekslar ba‘zida bir vaqtda massiv refleks ko’rinishida qo’zg’alishi
mumkin.
Massiv refleks. Ba‘zida spinal hayvon yoki odamning orqa miyasining faolligi
o’ta ortib ketadi. Odatda bu teriga kuchli og’riq ta‘sir qilganida yoki ichki a‘zolar
juda to’lib ketganida ro’y beradi. Stimul qanday tipda bo’lishidan qat'iy nazar hosil
bo’lgan refleks o’ziga orqa miyaning bir qismini yoki hattoki barcha qismini jalb
qiladi – massiv refleks deyiladi.
Orqa miyaning harakat reflekslarining klassifikasiyasi.
Barcha spinal reflekslarni belgilari bo’yicha 2 ta guruhga birlashtirish mumkin.
Birinchidan, qaysi reseptor qo’zg’alishni chaqirishiga qarab: a) proprioreseptiv, b)
visseroreseptiv
va c) teri reflekslari (himoya). Proprioreseptorlardan hosil
bo’ladigan reflekslar yurish va mushak tonusini boshqarishda qatnashadi.
Visseroreseptiv reflekslar interoreseptorlardan hosil bo’ladi (ichki a‘zolarning
reseptorlari) va qorinning oldingi devori, ko’krak qafasi va belni bukuvchi
mushaklarni qisqarishida qatnashadi.
Ikkinchidan, spinal reflekslarni a‘zolar bo’yicha birlashtirish maqsadga
muvofiq (refleks effektorlari): a) oyoq-qo’l reflekslari, b) qorin, v) tos a‘zolari.

Download 477,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish