Markaziy nerv sistemasi bo’limlarining tuzilishi va vazifalari. Orqa miyaning tuzilishi



Download 477,73 Kb.
bet1/9
Sana06.07.2022
Hajmi477,73 Kb.
#743195
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doston 4 (2)


Markaziy nerv sistemasi bo’limlarining tuzilishi va vazifalari. Orqa miyaning tuzilishi
Reja:

  1. Orqa miyaning umumiy tuzilishi.

  2. Orqa miyaning reflektor faoliyati.

  3. Orqa miyaning o‘tkazuvchi yo‘llarining faoliyati.

  4. Orqa miyaning harakat reflekslarining klassifikasiyasi



Tayanch ibоralar: neyron, akson, segment, ekstroreseptorlar, proprioreseptor, reflektor markaz, refleks, ta’sirot, retseptor, o’tkazuvchi yo’l

Markaziy asab tizimi bosh va orqa miyadan tashkil topgan. Miyamizdagi 100


mlrd.ga yaqin asab hujayralari birgalikda murakkab to’r hosil qiladi va bu bizga asab
yo’llari orqali ichki muhitning nisbiy doimiyligini saqlash (1), turli xil emosiyalarni
his qilish (2), harakatlarimizni ongli ravishda boshqarish (3), ongli ravishda o’z
tanamizdagi va atrof-muhitdagi yuz berayotgan o’zgarishlarni anglab yetish (4),
shuningdek fikrlash va xotira kabi oliy ong jarayonlarini amalga oshirish imkonini
beradi.
Markaziy nerv tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Nerv tizimi organizmdagi hujayra, to‘qima, a’zo va tizimlar faoliyatini uyg‘unlashtirib hamda birlashtirib integrativ faoliyatini amalga oshiradi.
2. Nerv tizimi organizmni tashqi muhit bilan aloqasini va muhit bilan bog‘lanishini, shunigdek muhit o‘zgarishlariga moslashishini ta’minlaydi.
3. Nerv tizimi organizmning maqsadga erishishini ta’minlaydi.
4. Nerv tizimi trofik faoliyatga ega. Bu faoliyat o‘sish, yetilish va modda almashinuvni boshqarishdan iborat. Aytilgan bu faoliyatlarning yuzaga chiqishi nerv boshqarilishi deyiladi. Nerv to‘qimasining yuqori qo‘zg‘aluvchanligiga bog‘liq bo‘lgan kuchsiz ta’sirotlarni qabul qila olish qobiliyati: nerv tizimida sodir bo‘ladigan reaksiyalarning juda tezligi: nerv ta’sirotlarining aniq yo‘nalishi.
Orqa miyaning tuzilishi
MATning eng qadimiy filogenetik qismi hisoblangan orqa miya organizmning
barcha murakkab harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi; tana, qo’l-oyoq terisidagi
ekstroreseptorlardan, proprioreseptorlardan va deyarli barcha visseroreseptorlardan
keladigan impulslarni qabul qiladi; bosh mushaklaridan tashqari hamma skelet
mushaklarini asablaydi. Organizmdagi behisob harakat reaksiyalari orqa miyaning
reflektor faoliyati natijasidir. Bu reflekslarning markazlari orqa miyada joylashgan.
Ayrim reflektor harakatlarning markazlari orqa miyaning yuqori qismida joylashgan.
Ana shu reflekslarning yuzaga chiqishida orqa miya afferent impulslarni
reseptorlardan yuqoridagi markazga, efferent impulslarni esa, ana shu markazdan
mushaklarga o’tkazadi. Demak, orqa miya ikki asosiy faoliyatni – reflektor markaz
va o’tkazuvchi yo’l vazifasini bajaradi.
Orqa miya tashqi ko’rinishidan ichidan tor markaziy kanal o’tgan uzun, silindrik
shakldagi ipga o’xshaydi. U umurtqa kanalida joylashgan va katta ensa oralig’ining
pastki chekkasidan boshlanadi. Tashqaridan orqa miya 3 qavatdan tuzilgan – qattiq,
to‘rsimon
va yumshoq.
Katta yoshli odam orqa miyasining uzunligi o’rtacha 43 sm (erkaklarda – 45,
ayollarda 41–42 sm), og’irligi 34–38 g atrofida bo’ladi va bu bosh miya massasining
taxminan 2%ini tashkil qiladi. Orqa miyaning boshidan oxirigacha uning ikkala
tomonidan 31 juft orqa-miya asablarining ildizchalari chiqadi. Orqa miyaning orqa
miya asablarining ikki juft ildizchalariga (2 ta oldingi va 2 ta keyingi) mos keladigan
qismi orqa miyaning segmenti deyiladi. Odamning orqa miyasi 31 segmentdan
iborat. Shulardan 8 tasi bo’yin, 12 tasi ko’krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg’aza va 1 ta
dum (2-rasm). Orqa miyaning uzunligi umurtqa ustunidan ancha kalta bo’lganligi
sababli orqa miya segmentining tartib raqami va ularning joylashishi bo’yin qismidan
boshlab shu nomli umurtqalarning tartib raqamiga to’g’ri kelmaydi.




Download 477,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish