SIYOSIY PARTIYALARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TARTIBI VA ULARNI
HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING QIYOSIY TAHLILI
Shodmonov M.M.
Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Ushbu maqola asosan, siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va
ularni huquqiy tartibga solish masalalari haqida bo‘lib, Moldova, Fransiya, Bolgariya, Rossiya,
Aqsh kabi davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida tahlil qilingan. Tadqiqot ishimizda asosan xorijiy
va milliy qonunchiligimiz qiyosiy tahlil va o’rganishlar orqali ular tajribasidagi siyosiy
partiyalarni tuzish, siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishning huquqiy asoslari, ularni huquqiy
tartibga solish, va boshqa shunga oid masalalar o’rganildi.
Kalit so‘zlar:
siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, huquqiy mexanizm, partiya ustavi, partiya
dasturi, partiya nizomi, partiyalararo hamkorlik, liberallashtirish, partiyaviy raqobat, fuqarolik
jamiyati, ilg‘or xalqaro tajriba.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar demokratik qadriyatlarni amalga oshiruvchi eng ta’sirchan
kuch sifatida namoyon bo‘layotgan bir davrda ularning faoliyat yuritishi uchun huquqiy maqomga
ega bo‘lishi eng nuhim zaruriy shartlardan biridir. Bunda siyosiy partiya davlat miqyosida tan
olinishi va harakatlari qonuniy ko‘rinish kasb etishi uchun davlat ro‘yxatidan o‘tishi talab etiladi.
Siyosiy partiyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning huquqiy tartibi jarayoni yuzaga keladi. Siyosiy
partiyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish turli davlatlarda bir-biridan farq qiluvchi belgilariga ega.
Masalan, eng asosiy farqlaridan biri – uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ turlicha ekanligida
ko‘rinadi. Yevropa davlatlaridan Ispaniya, Avstriya, Italiya, Fransiya kabi davlatlarda partiyalar
Ichki ishlar vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinsa, Braziliya, Peruda Saylov idorasi, Angola,
Bolgariya, Portugaliya, Polshada umumiy sudlar bu ishni amalga oshiradi. Belgiya, Niderlandiya,
Rossiya davlatlarida Adliya vazirligi siyosiy partiyalarga huquqiy maqomni beruvchi organ qilib
belgilangan[1].
Milliy qonunchilik tajribamizda bu vakolat Adliya vazirligi siyosiy partiyalarga huquqiy
maqomni beruvchi organ qilib belgilanganligini ko’rishmiz mumkin. „Siyosiy partiyalar
to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi „Siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish” deb nomlangan bo‘lib,
uning mazmuni quyidagicha bayon qilingan: ,,Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi [2].
Bugungi kunda siyosiy partiyalarni har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratish, ularni modernizatsiya qilish hamda liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar amalga
oshirilmoqda.
Siyosiy partiyalarni tashkil etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish va qonun
hujjatlarida to‘la aks ettirish, amaliyotda uchraydigan birinchi navbatdagi masalalardan biri uni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning huquqiy tartibi jarayoni takomillashtirish muammosini ko’rishimiz
mumkin.
Ma’lumki milliy qonunchiligimizda siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
quyidagicha: Dastlab partiya ustavi qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida
quyidagilar taqdim etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |