Adabiyotlar:
1.Ismatullaev P.R., To’xtamurodov Z.T. Sifat va sertifikat. Konstruktor ICHB. 1994 y.
2.A.A.Abduvaliyev, V.B.Latipov, A.S.Umarov va boshqalar. Standartlashtirish, metrologiya,
sertifikatlashtirish, sifat. Toshkent 2008 yil.
3.Ismatullaev P.R., Ahmelov B.M., Matyakubova R.M, Xamroqulov G’.H.
4.Sifat menenjmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish. “Sano-standart nashriyoti” Toshkent-
2014 yil
“OMMANING ISYONI” NOMLI KITOB HAQIDA
Shokirova G.B.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
Ispaniyalik faylasuf va yozuvchi Ortega Gasset THE REVOLT OF THE MASSES ya`ni
OMMANING ISYONI nomli kitobida ommaning paydo bo`lish tarixidan to uning davlatga o`z
ta`sirini ko`rsatuvchi darajaga yetgunigacha bo`lgan jarayonni tavsiflab beradi.
Ushbu asarning birinchi bobi THE COMING OF THE MASSES ya`ni ommaning vujudga
kelishi deb nomlanadi va bu bobda ommaning qanday paydo bo`lganligi haqida so`z boradi. Kim
uchundir yaxshi yoki kim uchundir yomon bo`lishidan qat`i nazar butun dunyo uchun bir haqiqat
mavjud “Ommaviy hokimiyatni egallashning yagona yo`li bu faqatgina ommaning ushbu
hokimiyatga qo`shilishidir”.Ommani majburan biron bir yo`nalishga burish bu albatta inqirozga,
890
ommaning isyoniga olib keladi.Bunday ommaviy isyonlar tarixda bir necha marotaba bo`lgan va
hali hamon davom etib kelmoqda ham.Jamiyat 2 tarkibiy qismdan iborat: ozchilik va
omma.Ozchilik bu ma`lum bir shaxs yoki kichik shaxslar guruhi, omma esa bu katta miqdordagi
odamlarning yig`ilishi.Omma doimo rivojlanib , ko`payib boradi va jamiyatda muhim qarorlarni
qabul qilishda ozchilikka emas ommaga tayaniladi va bu jarayon demokratiya deb ataladi.
Ikkinchi bob THE RISE OF THE HISTORIC LEVEL ,tarixiy darajaning o`sishi deb
nomlangan ushbu bobda bir necha asrlar davomida insonlar psixologiyasidagi va jamiyatdagi
o`zgarishlar bayon etilgan.Avvallari aristokratik tizim amalda bo`lgan ya`ni zodagonlar oddiy xalq
ustidan hukmronlik qilgan.Zodagon guruhlar yakka o`zlarini “jamiyat” deb ataganlar va jamiyat
uchun qaror qabul qilganlar,xatto 1820-yilda Parijdagi uylarda nechta hammom bo`lishi kerakligini
hokimiyat hal qilgan.Keyinchalik insonlar ongida shaxsiy huquqlarim degan tushuncha paydo
bo`lib jamiyat suveren bo`la boshladi,ammo yillar davomida suverenitet bu faqatgina so`zda bor
amalda esa yo`q edi.Ilk tarixiy rivojlanish Amerika va Yevropada sodir bo`ldi.
Uchinchi bob THE HEIGHT OF THE TIMES ,vaqtlarning balandligi.Vaqtlarning
balandligini o`lchash garchi bemani tuyulsa ham ,aslida vaqt mavhum emas u ma`lum bir
balandlikka ega.Vaqt bugun kechagidan yuqori darajaga chiqishi yo aksincha, pasga tushishi
mumkin. Buyuk faylasuf X.Manriken “Har qanday o`tgan vaqt yangisidan yaxshiroq edi “ deb
ta`kidlagan.Ammo bu ham haqiqat emas ,har bir tarixiy davr o`zining ma`lum balandligiga ega.Bir
paytlar ota -bobolarmimiz orzu qilgan vaqt cho`qqisiga biz yetib keldik , endi biz orzu qilgan vaqt
cho`qqisiga kelajak avlod yetadi.
To`rtinchi bob THE INCREASE OF LIFE hayotning rivojlanishi.Dunyo to`satdan kattalashdi
va u bilan birgalikda hayot ham kattalashdi.Insonlarning imkoniyatlari ortib bordi.Masalan Nyuton
va Eynshteyn misolida ko`radigan bo`lsak, Nyutonning qonunlaridan ko`ra Eynshteynning
nazariyalari aniqroq chunki zamonaviy texnologiyalar va insonlarning rivojlanishi Eynshteynga
aniq hisoblash imkonini berdi.Endi bizning vazifamiz ana shu hayot bizga bergan imkoniyatlardan
foydalanish. Lyudovik XV Regentga qarata: “Unda barcha iste`dodlar mavjud edi , ammo ana shu
iste`dodlardan foydalanish iste`dodidan tashqari” deb aytgan.
Beshinchi bob THE STATISTICAL FACT, statistikaga asoslangan fakt.Demak,hayot
rivojlangan sari bizga ulkan imkoniyatlar taqdim etadi ana endi ushbu imkoniyatlardan foydalanish
bizning qo`limizda.Biz bu dunyoga kelganimizda bizning yo`limiz aniq bo`ladi ammo taqdir bizga
turli yo`llar taklif qiladi va biz o`z yo`limizni tanlaymiz.Yashash-bu o`zimizni halokatli his qilishdir
ya`ni har soniya qaysi yo`lni tanlash haqida o`ylashimiz zarur , “vaziyat hal qiladi” degan
tushuncha esa yolg`ondir.Yevropa va Amerika ozining rivojlanish davrini deyarli bir xil
boshladi.Ammo 1800-yildan 1914-yilgacha Yevropa aholisi 180milliondan 460milliongacha
oshdi.Amerila esa 100million aholi bilan cheklandi.Mana statistik fakt! Yevropaning yutug`i
ommaning imkoniyatlaridan to`liq foydalana olgani bo`ldi. Teng imkoniyatlardan qanday
foydalanish faqat bizga bog`liq.
Oltinchi bob THE DISSECTION OF THE MASS-MAN BEGINS ya`ni olamonni ajratish
boshlandi deb nomlangan bu bobda insonlar o`rtasidagi tabaqa ,sinflarga bo`linish yoritib
berilgan.Insonlar sinfi kambag`allar , o`rtahollar va boylarga bo`lingan.Ushbu sinflar orasida
o`rtacha odamning hayoti xatto boylarnikidan ham yaxshiroq, chunki ular xavfsizroq va
mustaqilroq yashaydi.XIX asrga kelib ommada bema`ni ruhiy holat paydo bo`ldi ya`ni insonlar
faqat o`z farovonliklarini o`ylay boshladilar va o`z farovonliklari uchun boshqalar tinchini ham
buzdilar.Masalan non tanqis bo`lsa, olomon yig`iladi va nonvoyxonani vayron qilib keladi.Bu
albatta mantiqsizlik.
Yettinchi bob NOBLE LIFE AND COMMON LIFE , OR EFFORT AND INERTIA
hashamatli hayot va oddiy hayot yoki harakat va harakatsizlik.Insonlarning 2 turi mavjud: birinchisi
o`ziga o`zi talab qo`yadigan va o`zidan qoniqmay faqat rivojlanadiganlar , ikkinchisi esa hayot
bergani menga yetarli deb yashovchilar.Anyan masha shu birinchi toifaga kiruvchi odamlar
zodagon hayot kechiradilar.Xitoylik oddiy dehqonning imperator darajasiga yetishishi ham tinimsiz
harakatning va o`z chegaralarini buzib o`tganining mahsulidir.
891
Do'stlaringiz bilan baham: |