Мақола ва тезислар номи


partiya rahbar organining kamida uch a’zosi imzolagan ariza



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet566/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   562   563   564   565   566   567   568   569   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami


partiya rahbar organining kamida uch a’zosi imzolagan ariza; 
ustav; 
dastur; 
ta’sis syezdi yoki konferensiyasining bayoni; 
ro‘yxatdan o‘tish yig‘imi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda to‘langanligini 
tasdiqlovchi bank hujjati; 
shuningdek, ushbu Qonun talablari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
partiyaga birlashish istagini bildirgan yigirma ming nafar O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosining o‘zlari imzo qo‘ygan ro‘yxati [3].


885 
Qonunchilik bo’yicha siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza u tushgan 
kundan boshlab bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalariga binoan siyosiy 
partiyani ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bu uch 
kun muddat ichida u siyosiy partiya rahbar organiga beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi. Siyosiy 
partiya ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran yuridik shaxs maqomini oladi va u o‘z faoliyatini 
amalga oshirishi mumkin. Siyosiy partiyalar ustavlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 
ularning ustavlarini ro‘yxatga olish uchun ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda 
ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi xabar ommaviy 
axborot vositalarida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining ayni shu 8-moddasida 
partiyani davlat ro‘yxatiga olish jarayonida vakolatli organ Qonunda belgilangan ro‘yxatdan ortiq 
hujjatlarni talab qilishi mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida hech qanday qoida yo‘q. Mazkur 
Qonunga muvofiq, partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish ta’sis syezdi o‘tkazilgandan so‘ng amalga 
oshiriladi. Qonunning 6-moddasi 4-qismida: “Tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab uzog‘i 
bilan uch oy faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadir”, deyiladi. Demak, tegishli organga partiya 
tuzilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar aynan shu muddat ichida taqdim etilishi lozim. Hujjatlarni taqdim 
etish Qonunda belgilangan uch oy ichida amalga oshirilmasa, partiya tuzish to‘g‘risidagi ariza rad 
etiladi. Bunda partiya tuzish jarayoni bilan bog‘liq harakatlarni yangidan boshlash, ya’ni 
hujjatlashtirish ishlari qaytadan amalga oshirilishi yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunda jamoatchilik 
harakatining partiya sifatida qayta tashkil etilishi yuzasidan hech qanday norma belgilanmagan. 
Vaholanki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy partiyani tashkil etish bilan vakolatli organdan ro‘yxatdan 
o‘tgan jamoatchilik harakatining partiya sifatida ro‘yxatdan o‘tishi o‘rtasida farqlar bo‘lishi 
tabiiydir. Bunday tajriba O‘zbekiston misolida kuzatilmasa-da, siyosiy partiyalar qonunchiligi 
haqidagi jahon amaliyotida ko‘plab kuzatiladi [4].
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, bir nechta xorijiy davlatlar tajribasiga ko’rib chiqamiz. 
Masalan, siyosiy partiyani va uning mintaqaviy bo‘limlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasini 
Yevropa davlatlaridan Bolgariya misolida ko‘rib chiqsak. Ushbu davlatda siyosiy partiyalarning 
tashkil etilishi, ro‘yxatga olinishi va faoliyati ,,Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi” qonunning 15-
moddasida quyidagicha berilgan: 
“Siyosiy partiya Sofiya shahar sudida siyosiy partiyalar reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi 
kerak. Siyosiy partiya ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilgan kundan boshlab uch oy ichida berilgan nizomga 
muvofiq partiya vakili bo‘lgan shaxsning yozma arizasiga asosan sudda ro‘yxatga olinishi kerak. 
Sofiya shahar sudi arizachining chaqirig‘i va prokuror ishtirokida ochiq yig‘ilishda fuqarolik 
protsessual kodeksining tegishli tartibiga binoan arizani ko‘rib chiqishi va majlisdan keyin 14 kun 
ichida bu borada tegishli qarorni qabul qilishi kerak”, [5] deb belgilanganligini ko‘rishimiz 
mumkin.
Yevropa ittifoqi siyosiy partiyalari to‘g‘risidagi qonunning 14-moddasiga ,,Siyosiy partiya 
davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz bemalol tuziladi. Siyosiy partiyaning ta’sis 
qurultoyida siyosiy partiya tuzilishi mumkin” degan qoidalar kiritilgan.
Siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasini Moldova Respublikasi misolida ko‘rib 
chiqsak, bizga o‘xshash va farqli jihatlarini ko‘rishimiz mumkin. Moldova Respublikasining 
,,Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunining 8-moddasiga binoan siyosiy partiyani ro‘yxatdan 
o‘tkazish vakolati Adliya vazirligiga berilgan. Moldova Respublikasining ma’muriy-hududiy 
birliklarining yarmi bir vaqtning o‘zida va ko‘rsatilgan hududiy birliklarning har birida kamida 120 
kishidan iborat bo‘lishi kerak. Adliya vazirligi hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida 
siyosiy partiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Adliya vazirligining siyosiy partiyani 
ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat Kishinyov apellyatsiya 
palatasiga rad etilgan kundan boshlab o‘n kun ichida taqdim etilishi mumkin [6].
Rossiya Federatsiyasida siyosiy partiya va uning mintaqaviy bo‘linmalari o‘z faoliyatini 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab to‘liq hajmda, shu jumladan, yuridik shaxs sifatida 
amalga oshiradilar. Shu bilan birga, siyosiy partiyani va uning mintaqaviy filiallarini davlat 


886 
ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organlar va ro‘yxatga olish organlarining o‘zaro 
munosabatlari tartibi Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan belgilanadi. Siyosiy partiyani 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur hujjatlar federal vakolatli organga siyosiy partiyaning 
ta’sis qurultoyi o‘tkazilgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etiladi. Siyosiy 
partiyaning mintaqaviy bo‘linmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish siyosiy partiyani davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazgandan keyin amalga oshiriladi, Rossiya Federatsiyasining ta’sis subyektlarining 
kamida yarmida siyosiy partiyaning mintaqaviy bo‘limlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish siyosiy 
partiya davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi 
kerak. Siyosiy partiyani va uning mintaqaviy bo‘linmalarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish uchun 
Rossiya Federatsiyasi qonunlarida belgilangan tartibda davlat boji undiriladi [7].
Siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va ularni huquqiy tartibga solish masalalari 
yuzasidan quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin: 
Siyosiy partiyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat siyosiy hayotida muhim o‘rin egallab, 
har bir davlatning siyosiy faoliyatidagi muhim pozitsiyalardan birini tashkil etadi. Bir nechta 
davlatlar tajribasini tahlil etish jarayonida shuni anglash mumkinki, barcha davlatlarda bu borada 
faoliyat va huquqiy asoslar umumiy hamda xususiy jihatlarga ega; 
Mazkur xalqaro tajribalardan ba’zi jihatlarni yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy 
partiyalar faoliyatini, ularning tashkil etilishining huquqiy asoslarini takomillashtirishda samarali 
foydalanish mumkin;
Siyosiy partiyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasi va bu boradagi huquqiy asoslarni 
mustahkamlash, siyosiy partiyalarning keyingi muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlaydi;
Siyosiy aholi qatlamlarining talab va istaklarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi 
belgilangan harakatlarini bajarishi hamda siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi, avvalo, ularni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasiga bevosita bog‘liq bo‘lib, mazkur holat bu boradagi huquqiy 
asoslarini muntazam ravishda takomillashtirish zarur. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   562   563   564   565   566   567   568   569   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish