721
OB-HAVO O'ZGARISHLARINING
INSON ARTERIAL QON BOSIMIGA TA'SIRI
Toshpulatov R.X.
SamDTI talabasi
Ilmiy rahbar: Beknazarova M.S.
Ishning maqsadi. Turli ob-havo sharoitlarida qon bosimi bilan muammosi bo'lgan kishilardagi
o'zgarishlarni aniqlash.
Ishning dolzarbligi. Ob-havoning o'zgarishi bevosita atmosfera bosimining o'zgarishidan
yuzaga keladi. Tashqi muhit bosimining o'zgarishi qon bosimi o'zgarishiga olib keladi. Yurak-qon
tomir tizimida patologiya bo'lmagan insonlarfa bu o'zgarishsiz kechadi.Ammo gipertoniya va
gipotoniyaga chalingan insonlarda ob-havoning o'zgarishlari bir qator noqulayliklar tug'diradi.
Masalan yuqori atmosfera bosimi antisiklonni yuzaga keltiradi va bunda havo, sovuq va
yog'ingarchiliksiz bo'ladi. Bunday sharoit gipertoniya bilan og'rigan insonlarda quyidagi
o'zgarishlarni yuzaga keltiradi:
-asosan bosh og'rig'i;
-quloq bitishi, eshitishning pasayishi;
-shilliq qavatlarning qurishi;
-yurakning kuchli o'ynashi, aritmiya;
-yurak sohasida og'riq;
-nafasning tezlashuvi, hansirash.
Qon bosimining birdan ko'tarilib ketishi gipertonik krizlarga sabab bo'lishi mumkin. Bu esa
insult va infarktlarniyuzaga keltiruvchi omildir.
Yuqori harorat, yog'ingarchilik, bulutli havo va past atmosfera bosimi siklonni yuzaga
keltiradi. Bunday sharoit gipotoniya bilan kasallangan insonlarda arterial bosimning yanada tushib
ketishiga sabab bo'ladi. Bunda quyidagi belgilar yuzaga chiqadi:
-bosh aylanishi;
-apatiya, mehnat faoliyatining susayishi;
-kuchli bosh og'rig'i;
-pulsning susayishi;
-ba'zan hazm sistemasining buzlishilari;
- nafas olish qiyinlashuvi
Bosh miyaning kislorod bilan yaxshi ta’minlanmasligi va nafas bilan bog’liq muammolar
tufayli ba’zan panik hujumlar – o’tkir, og’riqli sababsiz qo’rquv pristuplari yuzaga keladi. Buning
oqibatida ko’plab gipotoniklarda uchraydigan vegetovazodistoniya yuzaga keladi.
Tadqiqot metodi va materiali. Tadqiqot davomida so'rab surishtirish, tonometriya,
pulsometriya metodlaridan, tonometr asbobidan foydalanildi. Tadqiqot uchun SamMI 1-son
klinikasi kardiologiya bo'limida davolangan 20 nafar bemor tanlab olindi. Ulardan 12 tasi erkak, 8
tasi ayol. O'rtacha yosh chegarasi 47-62 yosh.
Tadqiqot natijalari. Tadqiqot 1,5 oy davomida olib borildi. Shu vaqt ichida ochiq, sovuq,
yog'ingarchiliksiz kunlar soni 22 kunni tashkil etdi. Shu kunlarda bemorlarning 18 tasida quyidagi
o'zgarishlar kuzatildi: bosh og'rig'i, quloqning tez-tez bitishi, og'iz qurishi, hansirash, yurak
o'ynashi, arterial bosimning ko'tarilishi. Bemorlardan 1 tasida faqat arterial bosim ko'tarildi lekin
qolgan shikoyatlar bezovta qilmadi. 1 ta bemorda umuman shikoyatlar kuzatilmadi. Statsionardagi
ahvoli yaxdhilandi ammo yuqoridagi kunlarda ahvoli yomonlashmadi.
Xulosa. Ob-havoning o'zgarishi (yuqori atmosfera bosimi tufayli) gipertoniyaga chalingan
bemorlarda bir qancha og'ir belgilarni yuzaga keltirishi mumkin ekan. Shunday kunlarda bunday
bemorlardan o'zlarining ahvolini yaxshilovchi dori moddalari iste'mol qilish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: