716
SHIFOBAXSH ASAL
Tohirov U.T.
Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi
Ilmiy rahbar: Jumayeva Sh.B.
Buxoro davlat tibbiyot instituti, Tibbiy biologiya kafedrasi assistenti
Mavzuning dolzarbligi: Tibbiyotda kimyoviy dori vositalaridan emas balki tabiiy
mahsulotlardan foydalanishga o’tish. Asaldan kundalik turmush tarzida foydalanshni
me’yorlashtirish. Undan faqar energiya emas shifobaxligini bilgan holda undan foydalanish.
Maqsad: tibbiyorda va xalq tabobatida asaldan to'g'ri foydalanishni yo'lga qo'yish va
kimyoviy va sintetik moddalardan foydalanishni cheklash.
Asal — asalarilar gul nektarini qayta ishlashi natijasida olinadigan shirin mahsulot. Asalning
hushbo’yligi, rangi va ta’mi nektar qaysi o’simliklardan to’planganligiga qarab uning qiymati
belgilanadi. Asal shifobaxshligi bo’yicha tabiat ne’matlari orasida eng yaxshisi desak xato
bo’lmaydi. Bu mahsulot faqat shirinligi uchun emas balki shifobaxsh xususiyatlari uchun ham juda
sevib istemol qilinadi. Asal tibbiyot, kosmitologiya, kundalik hayotimizda ham foydalaniladi.
Tibbiyotda asal qardlanadi.Tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning yozishicha asal mijozni
tozalaydi, tomir yo‘lini ravon qiladi, ho‘llik va gazakni shimdiruvchi quvvati bor. Asal ko‘z
xiraligini ketkazadi. Uni tanglay bilan ezib so‘rish va g‘arg‘ara qilish bo‘g‘madan xalos etishga
yordam beradi. Asal suvi me’dani kuchaytiradi, ishtahani ochadi, ovqat hazmini yaxshilaydi.
Navqironlikni saqlash uchun, ayniqsa, yoshi 45 dan oshgan kishilar asaldan tez-tez iste’mol qilib
turishlari kerak.
Gastroezofagel reflyuks kasallik (GERK) — jig‘ildon qaynashi bilan birga kuzatiladigan
qizilo‘ngach yallig‘lanishi. Asal oshqozondagi kislotalilik darajasini normallashtiradi.
Qizilo‘ngachning shilliq qavatini yumshatish va tiklash uchun kuniga ikki marta ovqatdan bir soat
oldin 1 choy qoshiq (5 ml) asal qabul qilinadi. Uzoq muddatli yo’talda sariyog’li vosita yordam
beradi. Asal qandli diabet kasalligini davolashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Uni shakarning o’rniga
iste’mol qilish orqali kasallik rivojlanish xavfini kamaytirish mumkin. Biroq dastlab mutaxassis
bilan maslahatlashib olish zarur. Asaldagi C vitamini yurak ishemik kasalligi rivojlanishi
ehtimolligini pasaytiradi. Uni muntazam ravishda qabul qilib borish qon bosimini me’yorlashtiradi,
xolesterin miqdorini pasaytiradi va tomirlarda tromblar hosil bo’lishini bartaraf etishga yordam
beradi. Antioksidantlarga boy bo’lgan asal antidepressant va antikonvulsant ta’sirga ega. Ular
markaziy asab tizimi faoliyatini me’yorga keltiradi, xotirani kuchaytiradi va diqqatni yaxshilaydi.
Asal ko’z bilan bog’liq muammolarni davolash vositasi sifatida ishlatiladi. Bunday oftalmologik
kasalliklar qatoriga konyuktivit, blefarit, keratit va korneal jarohatlar kiradi. Asalning mahalliy
qo’llash ko’zning termik va kimyoviy kuyishlarini tuzalishini tezlashtiradi, qizarishni ketkazadi,
shishni kamaytiradi va bakteriyalarni o’ldiradi.
Xulosa: Kundalik turmushda asaldan kerakli miqdorda foydalabish kerak. Ming dardga davo
bo’lgan bu shirin ta’mli mahsulotdan xalq tabobatida uning xususiyatlarini bilgan holda unumli
foydalanishni yo'lga qo'yish.
Do'stlaringiz bilan baham: