Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet488/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   484   485   486   487   488   489   490   491   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Ключевые слова:
перифраза, фзаеологизмы, этимология, следующая часть, 
доминантная часть, образное выражение, идиома. 
 Annotatsiya:
Mazkur maqolada o'zbek tilida mavjud, iste'molda bo'lib kelayotgan yoki 
badiiy asarlarda uslubiy bo'yoqdorlik, so'z ma'nolarining ko'chishi holatida aks etgan ayrim tibbiy 
perifrazalarning lingvistik jihatlari yoritilgan bo'lib, ushbu kichik tadqiqotning ilmiy ahamiyati, 
xususan, lingvistik tahlil qilinganligi bilan qimmatlidir. 
Kalit so'zlar:
 perifraza, etimologik, ergash qism, hokim qism, tasviriy ifoda, idioma 
Har bir millatning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk boyligi bor. Bu ham bo‘lsa uning tili. 
Aynan til odamlarni bir millatga mansub xalq sifatida birlashtiradi. Til - har bir millat o‘zligining 
ajralmas belgisi, xalqni - xalq, millatni - millat qiladigan ramzlardan biri asrlar osha avloddan 
avlodga bevosita meros bo‘lib yetib keladigan o‘zaro muomala vositasidir. 
Aynan shu muomala vositasi orqali jamiki insoniyat o'z fikrini bayon eta olishdek baxtga 
muyassardir.Biz ro'y bergan holat, jarayonga nisbatan o'z qarashlarimizni, nuqtayi nazarimizni 
bildirishimizning bir qancha ko'rinishlari mavjud bo'lib, ular kontekstda lug'aviy birlik hisoblangan 
- tasviriy ifoda, hissiy bo'yoqdor so'zlar(perifraza), idioma, ibora kabi ko'rinishlarda aks etadi. 
Nazariy jihatiga e'tibor qaratsak: 
- Tasviriy ifoda (parafraza)-narsa-buyumning nomini aniq atamay, uni tasvirlab anglatadigan 
so`z birikmasi tasviriy ifoda(yoki parafraza) deyiladi: qushlar - qanotli do`stlar; fazogirlar - samo 
lochinlari; makkajo`xori - dala malikasi; paxta - oq oltin, rassomlar – mo`yqalam sohiblari.
- Idioma (yun. idioma — xususiyat, oʻziga xoslik) — frazeologizmlar turi; muayyan bir tilga 
xos boʻlib, boshqa tillarga aynan tarjima qilib boʻlmaydigan nutq birligi yoki ibora: „dumi xurjun“, 
„semizlikni qoʻy koʻtaradi“, „tili bir quloch“ kabi. I. soʻz birikmalaridan: („ikki qoʻlini burniga 
tiqib“, „butun mahallani boshiga koʻtarmoq“), etimologik va tarixiy maʼlumot talab etuvchi 
soʻzlardan ("gap desang qop-qop, ish desang Koʻhi Qofdan top“, „Daqqi Yunusdan qolgan“ va h. 
k.), etimologik isbotlash, asoslash qiyin boʻlgan soʻz va iboralardan („oyogʻini qoʻliga olib“, „biti 
toʻkildi“) iborat boʻlishi mumkin. 
- Ibora (arab.) —biror tushuncha yoki fikrni ifoda etuvchi til birliklarining birikmasi; taʼbir. 
M: yog' tushsa yalagudek, tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq. 
Nutqning aniq, ta'sirchan va albatta, betakror bo'lishiga xizmat qiladigan tasviriy ifoda 
(perifraza)larning tibbiy matnlarda hosil bo'lish xususiyatlari, qardosh va qardosh bo'lmagan tillar 
qiyosida lingvomadaniy tadqiq etilishiga zaruriyat sezilmoqda. Ular tilimizning naqadar boy, 
naqadar madaniyati yuqori ekanligini ko'rsatib turadi. 
Xalqimiz qadimdan tabobat ilmida tajribali bo'lib, diyorimiz o'z bag'rida jahon tamaddunida 
"Tib qonunlari" nomli asari orqali yuksak mavqe tutgan hamda shuhrat qozongan buyuk dahoni 
ulg'aytirgan. Asarda kasallik nomlarining tarixiy qo'llanishi, hozirgi zamon tib ilmida nazariy 
asoslarda mahorat ila qo'llanilayotgan tasviriy ifodalar, inson tanasining boshidan tovonigacha 
a'zolarida yuz beradigan "xususiy" va "mahalliy" kasalliklar (bosh miya, ko'z, quloq, o'pka, 
qizilo'ngach, oshqozon kasalliklari)ning xalq tili bilan xususiyatlarni tasvirlab, qiyoslab, alohida 


707 
o'ziga xos ta'riflarni keltirish orqali tilning ifoda uslublari shakllanib bormoqda. Buni dalillash 
uchun quyidagi misollarga e'tibor qaratish lozim: ..."Amirni og'ir ahvoldan qutqarish tadbirlari bir 
muncha fursat davom etdi.Barcha tabiblar bamaslahat ish tutar edilar, lekin ko'pincha Husaynning 
aytganlari maqbul topilar edi.(Aziz Qayumov."Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino" nomli 
kitobi, "Amirning kasali" bo'limidan) [2, 99-bet]. Ibn Sino davolagan Buxoro amiri Nuh ibn 
Mansurni kasallikdan tuzalishi maqsadida qilgan muolajalarini (asarda "muolija" so'zi orqali 
ifodalangan) ya'ni birgina "davolash" so'zini qo'llash o'rnida, uslubiy bo'yoqdorlik oshirgan holatda 
"og'ir ahvoldan qutqarish tadbirlari" -kengaygan harakat nomli, hokim qismi ot; ergash qismi 
sifatlovchi aniqlovchi bilan ifodalangan, otli so'z birikmasi zanjiri tarzida qo'llagan. Tobe qismida 
aniqlovchining kengaygan holatda kelishi kuzatilgan."Tadbirlari" so'zidagi egalik qo'shimchasi 
o'zidan oldingi so'zning qaratqich kelishigida kelishini ifodalaydi. Ijodkor bu o'rinda "davolash" 
ma'nosini berishda so'z birikmasidan foydalangan. Demak, shu o'rinda tibbiy perifrazaning so'z 
birikmasi asosida shakllanganini ko'rdik. 
Yoki shu asarning boshqa o'rnida, bemor shunday tasvirlanadi: ..."Mo'jazgina uyning to'rida 
ko'rpa-yostiq qilib bir bemor ayol yotibti.Yoshi qirqdan oshgan, rangi sap-sariq, nursiz ko'zlari 
ichiga cho'kib ketgan, ko'rpa ostidagi ingichka qomati piltakachdek cho'zilgan.Bemorning 
chehrasiga o'lim soyasi tushgan.(Aziz Qayumov, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino")[ 2,115-
bet] Bu kabi ta'riflashning lingvistik tahlili quyidagicha: "ingichka qomat"- bemorga tegishli.Sil 
kasalligi bilan og'rigan ayol bemorning holati o'ta yuqori darajada tasvirlangan. Ergash qismi-
safatlovchi aniqlovchi, hokim qismi- ot so'z turkumi bilan ifodalangan, otli so'z birikmasi. 
Birikmada murakkablashish hodisasi mavjud emas, biroq bo'yoqdorlik kuchli. - qomati 
"piltakachdek" 
cho'zilgan". 
Piltakachning 
uzun 
hamda 
cho'zinchoq 
bo'lishiga 
o'xshatilyapti.O’xshatish deb, bir predmet yoki hodisani ikkinchi bir predmet yoki hodisa bilan 
taqqoslanganda ularning shakli yoki mazmun tomondan obrazli o’xshashligiga aytilib,- dek lug'aviy 
qo'shimcha, o'xshatish vositasi bilsn ifoda etilgan.Misolda o'xshatish obyekti- qomat, o'shatish 
obrazining belgisi- "piltakachdek" so'zi bilan ifodalangan bo'lib, bir qaraganda, piltakachning 
bemor kishiga aloqasi yo'qdek ko'rinadi, biroq yozuvchi, do'ppido'zlik, miskarlik quroli bo'lgan 
piltakach toʻnning yoqasiga maxsus simning qattiq, cho'ziq, tekisligini holsiz bemorning holatiga 
qiyoslayapti. 
-"Xavotir bo'lmangiz.Shifolaymiz. Mazkur misolda ham davolash ma'nosining yangi 
bo'yoqdorligi ko'zga tashlanadi.("Shifo"- ot+ "la"-yasovchi qo'shimcha).Davolamoq, sog'aytirmoq, 
tuzaltirmoq - sinonimik(shakli har xil, ma'nosi bir xil) qatoridagi dominanta so'z- davolamoq.Yana 
bir ma'no ottenkasi sifatida "shifolamoq" so'zini ham misol keltirishimiz mumkin.[2, 116-bet] 
Yuqorida 
keltirilgan 
misollarni 
davom 
ettirish 
mumkin.Xususan, 
"davolamoq","tuzaltirmoq","sog'aytirmoq",shifolamoq" kabi sinonimik qatoriga yana bir yorqin 
misol - "taniga et o'na boshladi" tarzidagi sodda gap qolipidagi bo'yoqni ham kiritish maqsadga 
muvofiqdir.[2, 117-bet] 
Perifrazalarning so'z shaklida shakllangan ko'rinishi ham mavjud.Uni quyidagi o'rinlarda 
uchratishimiz mumkin: 
- "Tongga borib bosh og'rig'im va taftim shu qadar kuchayib ketdiki, hatto namoz o'qishga 
holim qolmadi"(.Marsel Brion, Menkim, Sohibqiron-Jahongir Temur.- Toshkent, 380-bet) Lug'aviy 
jihatdan tahlil qilinganda, "taft"- issiqlik manbai yoki qizib turgan narsadan urayotgan issiq, 
harorat.M: tandirning tafti, gulxan tafti, olov tafti.Gapdagi "inson tafti" ma'no tarzida qo'llanishi 
"harorati, isitmasi ko'tarilgan" mazmunini anglatyapti.[3, 380-bet] 
- Janob tabibdan iltimosdirki, to notoblik barham topgungacha kelib boxabar bo'lib tursalar,- 
dedi Zarrin gis [2,125-bet] "Kasallik" so'zinining dominantaligida ifodalanadigan betoblik, 
dardmandlik, xastalik kabi sinonim qatorda notoblik so'zini ma'no ottenkasi yuqori bo'lgan darajada 
qatorning oxirgi o'rniga qo'ya olamiz. 
Xulosa va takliflar(Conclusion and Recommendations) 
Xulosa o'rnida aytish kerakki, ayni damda tibbiy perifrazalarning o'rganilishi, lingvistik nuqtai 
nazaridan tahlil qilinishi tilimiz rivojini oshirishda, tibbiyot nutq madaniyatining rivojlanishida 
ahamiyat kasb etadi.Bu borada yana ham kuchli tahlil, murakkab tadqiqotlar zarur. Ahamiyatli 


708 
jihati shuki, tasviriy ifodalar uslubiy vosita sifatida nutqqa ko'tarinkilik, obrazlidlik baxsh etadi, 
jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib, lug'at tarkibini boyitadi. Nutq jarayonida takrorlardan, 
qaytariqlardan, qochish imkonini beradi, notiqni so'zamollikka, tinglovchini esa falsafiy mushohada 
etishga undaydi.
Zotan, inson va uning tili, xususan, nutqiy faoliyat, ya'ni nutqni tuzish va uni to’g’ri tushunish 
bеnihoya murakkab va ko’p qirrali jarayon bo’lib, mazkur yo'nalish borasida amalga oshirilishi, 
izlanilishi ko'p bo'lgan mavzular bisyor. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   484   485   486   487   488   489   490   491   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish