Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet490/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
 
 


713 
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA O'YIN TEXNOLOGIYASI 
Tojiyeva Sh.X. 
TDPU Termiz filiali talabasi
Annotatsiya:
O'yin orqali sog'lom, barkamol, bilimli, aqilli bolalarni tarbiyalash, ularning 
shaxsini shakllantirish malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish mazmuni, shakl, metodlarini ishlab 
chiqish. O'yin faoliyat jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda o’ziga xos jihatlari xususidagi 
mavjud nazariy va amaliy g’oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda o'yin asoslari tahlil 
qilindi, ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati o’rganildi, barkamol shaxsni 
shakllantirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj ma’lum ma’noda qondirildi. 
Kalit so'zlar:
Strategiya, ilmiy, intellekt, funksiya, didaktik, uslubiyot, abstrakt, grafika, 
kompyuter, planshet, emotsional, monitor, vertual. texnologiya, interfaol. 
 
Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston 
Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta'lim 
tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi. 
Maktabgacha ta'lim islohotining amalga oshirilishi, maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarga 
muntazam bilim berish va tarbiyalash ishlarining 3-7 yoshidan boshlanishi ta'lim- tarbiya jarayonini 
takomillashtirishni, uning sifati va samaradorligini oshirishni, hayot bilan aloqasini 
mustahkamlashni taqozo etmoqda. 3-7 yoshli bolalarni o'qitish va tarbiyalash o'ziga xos 
xususiyatlarga ega.O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta'lim Vazirining maktabgacha ta'lim 
sifatiga alohida e'tibor qaratar ekan bola rivojlanishi va tarbiyasida faoliyatning muhim turi 
hisoblangan o'yin katta ahamiyatga egaligini aytib o'tadi. O'yin maktabgacha yoshdagi bola 
shaxsiyati, axloqiy- irodaviy fazilatlarini shakllantirishda samarali usuldir, o'yin orqali ta'lim 
berishda atrof-olamga ta'sir etish ehtiyoji ruyobga chiqadi. Bola uchun o'yin - o'zini ko'rsatish va 
namoyon qilish yo'li. O'yinda bola o'zi istagan qahramonga aylanadi: mexribon sexrgar, jasur 
jangchi, uchuvchi- fazogir, sayyoh... O'yinda bola o'zi hohlagan joyda bo'ladi: oyda, dengiz ruhida, 
maktabda va boshqa joylarda. O'yin bolaga vaqtni bir lahzaga to'xtatish, uni qaytarish va yana ko'p 
marotaba takrorlash imkonini beradi. Har bir bolaning o'z dunyosi bor. Lekin, u tengdoshlari 
qatoriga kirib kelganda o'zi uchun boshqa bolalar dunyosini "kashf" etadi. Bu juda qiziqarli va 
maroqli jarayondir, ammo boshqa insonni tushunish va dunyosini qabul qilish, ichki olamini ochish 
bola uchun juda murakkab. O'yinda bola shaxsining barcha qirralari ochiladi, ruhiyatida yangi, 
yanada yuqori rivojlanish bosqichiga o'tishga tayyorlanadigan sezilarli o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bu 
bilan psixologlar maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati sifatida o'yinning o'lkan 
tarbiyaviy imkoniyatlari yuqoriligini aytishadi. O'yin ko'p qirrali hodisa bo'lib, uni jamoa 
hayotining istisnosiz barcha tomonlari mavjudligining maxsus shakli sifatida qarash mumkin. 
"O'yin" so'zi qat'iy ma'noda ilmiy tushuncha emas 
Keyingi vaqtlarda deyarli barcha oilalarda kompyuter, planshet, mobil telefoni kabi 
zamonaviy qurilmalar mavjud. Mazkur barcha qurilmalar funksiyalarida turli o'yinlar ham 
kiritilgan. Albatta, bu o'yinlar oiladagi bolalarning etiboridan chetda qolmaydi. Bundan tashqari, 
internet-kafelarda ham bolalar kompyuter o'yinlarini qiziqib, zavq bilan o'ynayotganlarining ko'p 
bor guvohi bo'lganmiz. Kompyuter o'yinlari kompyuterlar yaratilishi tarixi bilan hamqadam 
ravishda, ishlab chiqilgan va taqdim etilgan. Bugungi kunda texnika taraqqiyoti bilan haqiqatga 
yaqin: yaxshi grafika, sifatli tovushga ega, katta-yu kichikni o'ziga jalb eta oladigan hamda o'z 
ishqiboziga aylantira oladigan o'yinlar paydo boldi. O'yin bola uchun uning olam va atrofdagi 
voqelikni bilishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirayotganga o'xshaydi. Hozirgi davrda mamlakatimiz 
dasturchilari tomonidan yaratilayotgan kompyuter o'yinlari ko'plab ijobiy va tarbiyaviy tasirga ham 
ega. Masalan, kompyuter o'yinlari bolalarda turli hayotiy vaziyatlar uchun muhim malakalar 
shakllanib borishiga yordam beradi. Kompyuter o'yinlari orasida mantiqiy va rivojlantiruvchi 
o'yinlar ham ko'p bo'lib, bolalar tafakkurini o'stirishi, bolalarni o'ylashga majbur etadiganlari ham 
talaygina. O'quvchi bolalarning idroki o'yinlar vositasida yangi axborotlarni oson qabul qilishi 


714 
mumkin. Kompyuter o'yinlari bilan bolalarning kuniga bir soatdan ortiq bo'lmagan vaqt mobaynida 
shugullanishi, hatto ularda ijobiy o'zgarishlarni berishi va umuman, zararli bo'lmasligi ham 
mumkin. Ayrim kompyuter o'yinlari bolalarga sanash, hisoblash, o'qishni o'rgatishi va ularning 
diqqatini jamlashga o'rgatishi ham mumkin, bu borada maxsus yo'naltirilgan o'yinlar yaratilgan. 
Ular bola xotirasini mustahkamlashi, ijodiy tafakkur hamda tasavvurlarini shakllantirishi va 
rivojlantirishga yordam beradi. Bugungi kunda kompyuterlar kundalik hayotimizning ajralmas 
qismiga aylandi. Katta yoshli insonlar ish faoliyatlari kompyuter bilan bog'liq bo'lsa, bolalar uchun 
samarali ta'lim vositasi hisoblanadi. Kompyuter kun sayin oilamizdagi barchani o'ziga jalb etib 
bormoqda. Ayrim ota-onalar kompyuter farzandlarini xotirjam uyda o'tirishida yordamchi deb 
biladilar. Shuning uchun ham farzandlari kompyuterda bemalol vaqtlarini o'tkaza olish imkoniga 
ega bo'ladilar, biroq buning oqibatida zamonamizning jiddiy muammosi bo'lib borayotgan ayrim 
salbiy holatlar va o'yinlarga qaramlik kelib chiqishi mumkinligini ham unutmasliklari zarur. 
O'yinlarga qaramlik tushunchasi o'tgan asrning 90-yillarida paydo bo'ldi. Qaramlik biror narsaga 
berilib ketish, kundalik hayotni, hattoki, o'zligini unutib qo'yish holatini anglatadi. Psixiatr-
mutaxassislar bu holatni emotsional ishqibozlik va og'ir emotsional zo'riqish kasalligi deb 
hisoblaydilar. Hozirgi davrda bolalarni ko'plab oddiy o'yin hamda o'yinchoqlar qiziqtirmay qo'ydi. 
Ular kompyuter o'yinlari bilan shunchalik qiziqib ketganlarki, doim maktabdan tezroq uyga kelib, 
kompyuterni ishga solish va o'yinlar olamiga sho'ng'ishga intiladilar. Ayrim o'quvchilar esa 
darslarga ham kirmay, kompyuter o'yinxonalarida vaqt otkazish odatiga kiradi. Psixologlar 
kompyuter o'yinlariga qaramlikni shakllantiruvchi bir necha omillar mavjud deb hisoblaydilar. Bu 
avvalo, insonning hayoti mobaynida doimo o'yinlarga bo'lgan qiziqishiga bog'liq. Agar bola 
meyordan ortiq shug'ullanib, salbiy mazmundagi kompyuter o'yinlari bilan monitor ekrani oldidan 
turgisi kelmay, uzoq vaqt shug'ullana boshlasa, bu holat katta muammolarga olib bormasdan, tezroq 
oldini olish zarur. Bola o'n yoshdan kichik bo'lsa, bu, ayniqsa, xavflidir. Bunday holatdagi 
kompyuter o'yinlari bolada ham jismoniy, ham ruhiy salbiy ta'sirga ega bo'lishi mumkin. 
Bolaligidan harakatsiz holatda o'yinlar bilan ovora bo'lib vaqt o'tkazishga o'rgangan bola 
keyinchalik ham jismoniy faollikdan qochib, dangasalikka o'rganib qoladi. Bu uning sog'ligiga 
albatta salbiy ta'sir etadi. Bolaning monitorga tikilib, vaqt o'tkazishi uni jonli muloqotdan, haqiqiy 
olamni, atrof-muhitni o'rganishdan mahrum etib, haqiqiy hayotga butkul o'xshamaydigan faqat 
virtual olamda bo'lishi uning ruhiy rivojlanishida ham o'z ta'sirini qoldiradi. Oqibatda borliq haqida 
noto'g'ri tasavvur paydo boladi. Kompyuterga qiziqa boshlagan maktabgacha yoshdagi bolalar esa, 
aslida, turli foydali harakatli sport o'yinlari, rasm chizish, musiqa bilan shug'ullanishlari zarur. 
Shuni unutmaslik kerakki, bu yoshda bolalarda o'zini boshqarish jarayonlari to'la shakllanmagan 
bo'ladi, shuning uchun ham hech bir narsaning me'yorini bilmaydilar. Kattalar bunday yoshdagi 
bolalarga alohida e'tiborli bo'lishlari, ularning kun tartibiga odatlanishlari va agar kompyuterga 
qiziqsalar, vaqtini cheklashlari muhimdir. Kompyuter o'yinlari deyarli barchani qiziqtiradi, biroq 
hammada ham qaramlik paydo bolavermaydi. Kompyuter o'yinlari bilan shug'ullanish imkoniyatiga 
ega bo'lganlarning faqat ayrimlaridagina mazkur muammo yuzaga kelishi mumkin. Buning uchun 
bir qator omillar mavjud bo'ladi. Kompyuter o'yinlari bilan uzoq vaqt mashg'ul bo'ladigan bolalarda 
haqiqiy hayotdan uzoqlashib, uni butunlay virtual hayotga almashtirish sharoiti yaratiladi. Bunda 
muhim omillardan biri mas'uliyatlilikning butunlay mavjud emasligidir. O'yinda barchasini 
qaytadan boshlab, yo'l qo'yilgan xatolarini tuzatish imkoni ham mavjud, axir hayotda buning aslo 
ilojisi bo'lmasligi mumkun-ku?! Virtual olamda bolalar oqibatini o'ylamay, mustaqil qaror qabul 
qilish imkoniga ega boladilar. Bundan tashqari, bolalar ko'pincha rolli kompyuter o'yinlari bilan 
vaqt o'tkazadilar. Bola hayotda hali o'zini ko'rsata olmagan bo'lsada, rolli o'yinlar unga o'yindagi 
qahramon o'rnida o'zini sinab ko'rish va uning hayotida yashashga imkon beradi. O'yinda o'zlarini 
qahramon, kuchli, jasur deb hisoblab, mazkur rolga kirishib ketgan bola ongida haqiqiy hayotda 
ham o'z ehtiyojlarini shunday qondirish xohishi yuzaga keladi. Bu eng xavfli ruhiy jihat bo'lib 
hisoblanadi. Bolani o'yin qanchalik o'ziga qaram qilsa, unda haqiqiy hayotni virtual olamdan 
farqlash shunchalik qiyinlashadi. Bu esa haqiqiy hayotda amaliy jihatdan muammolarni yuzaga 
keltiradi. O'yin bilan band bo'lgan davrida bola sarguzashtlar olamiga sho'ngib, dam oladi, biroq 
emotsional zo'riqish holati kuchayaveradi. Vaqt o'tishi bilan qaramlik holati ham kuchaya boradi. 


715 
Bu davrda ruhiy holatda quyidagi alomatlar: ko'tarinki kayfiyatda bo'lish; o'zini o'yindan to'xtata 
olmaslik; monitor oldidan turishni xohlamaslik; oila va do'stlaridan uzoqlasha borish; badjahl va 
tajovuzkorlik xislatlarining paydo bo'lishi; o'qishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu tariqa, 
bolaning shaxsiy shakllanishiga zararli ta'sir etadi. Ko'pincha o'yinlardan uzoqlashgan vaqtlarida 
kayfiyatlari yomonlashadi. Atrofdagi voqelik zerikarli tuyuladi. Haqiqiy hayotda o'zini begona, 
yolg'iz his etadi. Befoyda kompyuter o'yinlari bilan band bo'lib, o'tkazgan vaqtida zavq olib, boshqa 
vaqtlarda o'zini ham hech kimga keraksiz his etadi. Oddiy sog'lom turmush tarzidan uzoqlasha 
boradi. Qaramlik quyidagi bosqichlarda yuzaga keladi: yengil qiziqish; qiziqishning kuchayishi; 
qaramlik shakllanishi. Kompyuter o'yinlariga qaramlik shakllanishi quyidagi alomatlar bilan 
namoyon bo'ladi. 
• kompyuterda o'yinlar vaqtida murojaat etilganida, kuchli emotsional holatda qo'rslik, jahl 
qilish. 
• bola shaxsiy kompyuterini kuchaytirish maqsadida ota-onasidan doim pul talab etishi. 
• maktabga borish vaqti va boshqa burchlarini ham unutib, o'yinga berilishi. 
• kun tartibiga amal qilmaslik 
• bolada kompyuter o'yinlari bilan band davrida kayfiyatining ko'tarinkiligi. 
• o'z tengdoshlari bilan muloqot va harakatli o'yinlarga umuman qiziqmaslik va boshqalar. 
Natijada, bolaning salomatligida ham salbiy ta'sirlar: ishtaha yo'qligi, uyqusizlik, nutqi va 
jismoniy nuqsonlar kuzatila boshlaydi. Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun ota-onalar quyidagi 
tavsiyalarga amal qilishlari zarur: 
1.Ota-onalar bolaning oldida doim o'zlari namuna bo'lishlari. 
2.Bolaning xohish-istaklarini hech qachon kamsitmay, to'g'ri tushuntira bilish. 
3.Farzandlariga do'st bo'lish, ishonchini qozonib, zarur holatlarda qo'llab-quvvatlash. 
4.Kompyuter o'yinlariga qiziqa boshlagan davrida bolaga zarur bo'lgan qoidalarni to'g'ri 
tushuntira bilish. 
5.Bolani kompyuterda shug'ullanishdan butunlay cheklamaslik. Axir zamonaviy hayotimiz 
aynan kompyuter texnologiyalariga bog'liq. 
6.Farzandlarga kompyuterda talimiy, mantiqiy va rivojlantiruvchi o'yinlar bilan 
shug'ullanishni tavsiya etish. 
Xulosa qilib aytganda, bolalar uchun kompyuterni zararli manba sifatida tushunmaslik zarur. 
Uning foydali jihatlari g'oyatda ko'p. Faqat bolalarda salbiy va jiddiy psixologik qaramlik 
shakllanishiga, aslo yo'l qo'ymang. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish