Dixotomik bo‘lish bo‗linuvchi tushunchani o‗zaro zid bo‗lgan ikkita tur
tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni «dindorlar» va «dindor
emaslar»ga ajratsak, dixotomik tarzda bo‗lgan bo‗lamiz. Dixotomik bo‗lish bir
qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz bo‗linuvchi tushunchaning barcha
turlarini ko‗rsatib o‗tirmasdan, o‗zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga
zid bo‗lgan tushunchaga birlashtiramiz. SHu bilan birga dixotomik bo‗lish malum
bir kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo‗ladi.
Undan tashqari, dixotomik bo‗lishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan
maqsadga erishish mumkin. Agar, bo‗lish azolaridan biri, ayniqsa, inkor
tushunchani o‗z navbatida bo‗linuvchi tushuncha deb qabul qilib, bo‗lish amalini
davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin.
Bo‗lish amali to‗g‗ri borishi uchun malum bir qoidalarga rioya qilish kerak.
Ular bo‘lish qoidalari deb ataladi.
A. Bo‗lish teng hajmli bo‗lishi, yani bo‗lish azolari hajmlarining yig‗indisi
bo‗linuvchi tushuncha hajmiga teng bo‗lishi kerak. Bu qoida buzilsa, bo‗lish
to‗liqsiz yoki ortiqcha bo‗lib qoladi. Birinchi xil xatoda bazi bo‗lish azolari
ko‗rsatilmay qoladi. Masalan, «fel zamonlari» tushunchasini «o‗tgan zamon feli»
va «hozirgi zamon feli» tushunchalariga ajratsak, ana shunday xato ro‗y beradi.
CHunki «kelasi zamon feli» tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa
ortiqcha bo‗lish azosi ko‗rsatilgan bo‗ladi. Masalan, «bilish» tushunchasini «hissiy
bilish», «tafakkur», «nazariy bilish»ga ajratib bo‗lmaydi. CHunki «nazariy bilish»
bu erda ortiqchadir.
B. Bo‗lish bir asos bo‗yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda,
asos qilib olingan belgi bo‗lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi
zarur. Masalan, «Qonun» tushunchasini «Tabiat qonuni», «Jamiyat qonuni»,
«Bilish qonuni», «Statistik qonun», «Dinamik qonun» tushunchalariga bo‗lsak,
xato qilgan bo‗lamiz. CHunki bu erda bo‗lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta
bo‗lish azosi qonunning amal qilish sohasi bo‗yicha, qolgan ikkitasi qonun ifoda
qiluvchi hodisalar xarakteri bo‗yicha ajratilgan. Bu bilan bo‗lishdagi izchillik
yo‗qolgan.
V. Bo‗lish azolari hajmi bo‗yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning
uchun ular birga bo‗ysunish munosabatidagi tushunchalar bo‗lishi kerak. Agar
«Bino» tushunchasini «Bir qavatli bino», «Ko‗p qavatli bino», «Osmono‗par bino»
tushunchalariga bo‗lsak, xatoga yo‗l qo‗ygan bo‗lamiz. CHunki «Ko‗p qavatli
bino» tushunchasi bilan «Osmono‗par bino» tushunchasi bir-birini hajmi bo‗yicha
istisno qilmaydi. G. Bo‗lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda «sakrash»
bo‗lmasligi kerak. Buning uchun jins tushunchaga eng yaqin bo‗lgan bir tartibdagi
tur tushunchalar olinmog‗i lozim. Masalan, «Gap» tushunchasini «Sodda gap»,
«Ergashgan qo‗shma gap», «Bog‗langan qo‗shma gap» tushunchalariga ajratsak,
bo‗lishdagi izchillik yo‗qoladi. Bunda oxirgi ikkita bo‗lish azosi «qo‗shma gap»
tushunchasining turlaridir. Demak, «sakrash» hodisasi ro‗y bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |