Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana20.02.2021
Hajmi0,96 Mb.
#59372
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Mantiq ilmining predmeti



Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli 

sifatida 

Kelib  chiqishiga  ko‗ra  arabcha  bo‗lgan  ―mantiq‖  (grekcha  logos)  atamasi 

«fikr»,  «so‗z»,  «aql»,  «qonuniyat»,  ―talimot‖  kabi  manolarga  ega.  Biz  ko‗rib 

chiqayotgan  munosabatda u tafakkur shakllari va qonunlari to‗g‗risidagi talimotni 

ifodalaydi  hamda  falsafaning  gnoseologiya,  metodologiya  bo‗limlari    bilan  uzviy 

bog‗liq bo‗lgan qismini tashkil etadi. 

«Mantiq» so‗zi ilk bor Demokritning «Mantiq haqida yoki Kanon»

1

 asarida 



ishlatgan.  Lekin  bu  terminning  doimiy  qo‗llanishi  ellin  faylasuftlari,  platonchilar, 

peripatetiklar  va,  ayniqsa,  stoiklar  ijodi  bilan  bog‗liq.  Stoiklar  grammatikani 

(sintaksisni)  va  falsafiy  mushohada  tilini  mantiqning  tarkibiga  kiritdilar  hamda 

ritorika  va  dialektikani  mantiq  bilan  uzviy  bog‗liq  ilm  turlari  sifatida  ajratdilar. 

Xususan,  «Ritorika  deb  –  yaxshi  muhokama  qilishni,  dialektika  deb  esa,  savol-

javoblar  orqali  vujudga  keladigan  tortishuvlar  qoidalari  haqidagi  fanni 

tushundilar»

2



Mantiq  ilmining o‗rganish  obektini  tafakkur  tashkil  etadi.  «Tafakkur»  ham 

arabcha  so‗z  bo‗lib,  o‗zbek  tilida  «aqliy  mushohada»,  «fikrlash»  so‗zlarining 

sinonimi  sifatida  qo‗llaniladi.  Tafakkur  bilishning  samarali  vositasidir. 

Tafakkurning mantiq tadqiqot obekti va predmeti sifatidagi o‗ziga xosligi uning bir 

qancha muhim xususiyatlarida yaxshi namoyon bo‗ladi: 

1Tafakkurda voqelik abstraktlashgan va umumlashgan holda inikos qilinadi. 

Hissiy  bilishdan  farqli  o‗laroq,  tafakkur  bizga  predmetning  nomuhim,  ikkinchi 

darajali  (bu  odatda  bilish  oldida  turgan  vazifa  bilan  belgilanadi)belgilaridan 

abstraktlashgan(fikran  chetlashgan,  mavhumlashgan)  holda,  uni  umumiy,  muhim, 

turg‗un  xususiyatlari,  munosabatlari  orqali  bilishimiz,  tavsiflashimizga  imkon 

beradi. Masalan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvori, qiziqishi va 

shu  kabilarni)  etibordan  chetda  qoldirib,ularning  inson  sifatida  mavjud  bo‗lishi 

uchun  zarur,  muhim,  umumiy  bbelgilarini,  xususan,  ongga  egaligi,  ijtimoiy 

munosabatlarga  kirishishi,  maqsadga  muvofiq  holda  faoliyat  yuritishi  kabi 

xislatlarini  fikran  ajratib  olib,  «inson»  tushunchasini  hosil  qilamiz.Umumiy 

belgilarni  aniqlash  predmetlar  o‗rtasidagi  munosabatlarni,  bog‗lanish  usullarini 

o‗rnatishni  taqozo  etadi.  Turli  xil  predmetlar  fikrlash  jarayonida  o‗xshash  va 

muhim  belgilariga  ko‗ra  muayyan  mantiqiy  sinflarga  birlashtiriladi  va  shu  tariqa 

ularni  xarakterlaydigan  qonuniyatlarni  bilish,  mohiyatini  tushunish    imkoniyati 

tug‗iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitta 

mantiqiy  sinfga  birlashtirilib,  ular  o‗rtasidagi  muhim  bog‗lanishlar(masalan, 

ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi. 

2.   Tafakkur  borliqni  nafaqat  bevosita,  balki  bilvosita  aks  ettira  oladi  ham. 

Unda  yangi  bilimlar  tajribaga  har  safar  bevosita  murojaat  etmasdan,  mavjud 

bilimlarga  tayangan  holda  hosil  qilinishi  mumkin.  Fikrlash  bunda  predmet  va 

hodisalar  o‗rtasidagi  aloqadorlikka  asoslanadi.  Masalan,  bolaning  xulq-atvoriga 

qarab  uning  qanday  muhitda  tarbiya  olganligi  haqida  fikr  yuritish  mumkin. 

                                                           

1

 Sext, Emp. Adv. Math. VII. 16.



 

2

 Луканин Р. К. Органон Аристотеля. –М.: Наука, 1984. –С. 5.



 


Tafakkurning  mazkur  xususiyati  ayniqsa  xulosaviy  fikr  hosil  qilishda  aniq 

namoyon bo‗ladi. 

3.   Tafakkur  insonning  ijodiy  faoliyatidan  iborat.  Unda  bilish  jarayoni 

borliqda  real  analogiga  ega  bo‗lmagan  narsalar  –  yuqori  darajada  ideallashgan 

obektlar  (masalan,  absolyut  qattiq  jism,  ideal  gaz),  ularning  modellarini  yaratish, 

turli  xil  formal  sxemalar,  sistemalarni  qurish  bilan  kechadi.  Ular  orqali 

predmetning  tajribada  namoyon  bo‗lmaydigan,  lekin  uing  tabiatini  belgilaydigan 

xususiyatlarining  mavjudligi  taxmin  qilinadi,  ularositasida  prredmetning  tajribada 

kuzatiladigan holatidan farq qiladigan ideallashgan bekti yaratiladi va  mushohada 

qilinadiladi,  

shu  tariqa  uning  muhim  xosssalarini,  ichki  zaruriy  aloqalarini,  qonuniy 

bog‗lanishlarini  o‗rganish,predmet  mohiyatini  aniqlash,    hodisalarni  oldindan 

ko‗rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi. 

4.   Tafakkur  til  bilan  uzviy  aloqada  mavjud.  Fikr  ideal  hodisadir.  U  faqat 

tilda  –  moddiy  hodisada  (tovush  to‗lqinlari,  grafik  chiziqlar,  alfavitlarga 

asoslangan  til  ifodalari,  turli  simvollarda)  reallashadi,  boshqa  kishilar  bevosita 

qabul  qila  oladigan, his  etadigan  shaklga  kiradi  va  shu  tariqa  odamlarning  o‗zaro 

fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe 

bo‗lish shaklidir. 

Predmetning asl tabiati, mohiyatini tushuntirish uchun aqlning faol ishtiroki, 

yuqori darajada abstraktlashgan tafakkurning kuchi talab etiladi. Bu nazariy bilish 

bosqichiga  o‗tish,  bilish  predmetinig  tabiatini  belgilovchi  muhim  xususiyatlari, 

ular asosida yaratiladigan ideallashgan obrazlari, modellari to‗g‗risida mulohazalar 

hosil  qilish,  ularni  isbotlash  orqali  sodir  bo‗ladi.  Nazariy  tafakkurda  predmetlar 

turli  mantiqiy  sinflarga  birlashtiriladi,  ular  turli  hil  holatlarida  olib  o‗rganiladi, 

natijalari izchil va asosli tarzda bayon qilinadi. 

SHunday  tqilib,predmet  mohiyatini  aniqlash  unga  xos  qonuniyatlarni 

o‗rnatish, ularni muayyan mamtiqiy shakllar, nazariy konstruktlarda bayon qilishni 

talab  etadi.  Buning  chun  esa  mantiq  qonunlarini  o‗rganish,  to‗g‗ri  fikrlash 

qoidalarini  yaratish  zarur. Bu  mantiqning maqsadi, asosiy  vazifasini tashkil  etadi. 

Mazkur  holat  aqliy  mushohada  qoidalarini  yaratishga  bo‗lgan  qiziqishning 

ortishiga,  mantiq  ilmining  shakllanishiga  turtki  bergan.  Bu  o‗rinda  Aristote 

―Organon‖i,  Forobiyning  mantiqqa  oid  asarlari,  Ibn  Sinoning  ―Donishnoma‖si, 

Bekonning  ―YAngi  Organon‖i,  Dekartning  ―Aqlni  boshqarish  uchun  qoidalar‖, 

Lokkning  ―Inson  aqli  to‗g‗risida  tajriba‖,  Leybnitsning  ―Inson  aqli  to‗g‗risida 

yangi  tajribalar‖  kitoblarining    mantiq  muammolarini  o‗rganish  yo‗lida 

yaratilganligini adohida  aytib o‗tish kerak. 

Mantiq fanining asosiy masalalarini ishlab chiqqan, tayanch tushunchalari va 

prinsiplarini yaratgan, ularni yaxlit fan, talimot shakliga keltirgan va haqli ravishda 

shu fan asoschisi deb ataladigan mutafakkir qadimgi grek faylasufi Aristoteldir. U 

mantiqni  sillogistik  xulosa  chiqarishni  tahlil  etuvchi  sanat  hisoblab,  uni  analitika 

deb  atagan  va  ―Analitikalar‖  asarida  asosiy  tushuncha,  usul  va  qoidalarini  bayon 

qilgan. 

Aristotelning  sillogistik  talimoti  ilk  o‗rta  asrlarda  YAqin  va  O‗rta  Sharq 

mutafakkirlari tomonidan chuqur o‗rganilgan. 



Mantiq  ilmi  ayniqsa,  IX-XI  asrlarda  Markaziy  Osiyoda  mashhur 

mutafakkirlar  Al-Forobiy,  Ibn  Sino,  Abu  Abdulloh  al-Xorazmiy,  Nasriddin  Tusi, 

Davoniy,  Jurjoniy  va  boshqalarning  asarlarida  rivojlantirilgan.  Ular  Aristotelning 

mantiqiy talimotini tiklabgina qolmay, undagi asosiy tamoyillarga tayanib, o‗zlari 

mustaqil talimot yaratishga harakat qilganlar. 

Markaziy  Osiyo  allomalari    mantiqqa  oid  tadqiqotlarini  tushuncha  va 

Mulohazaning  tabiatini  aniqlashdan  boshlaydilar.  CHunki  bilimlar,  qaysi  sohaga 

taalluqli  bo‗lishidan  qatiy  nazar,  tushuncha  va  Mulohaza  shaklida  ifodalangan 

bo‗lib, mantiqiy xulosa chiqarish bilan uzviy bog‗liq holda shakllanadi. 

Abu  Nasr  Forobiy  o‗z  ijodida  mantiq  muammolarini  tadqiq  qilishga  katta 

ahamiyat  bergan.  U  Aristotelning  mantiqqa  oid  barcha  asarlariga  keng  sharhlab 

beribgina  qolmay,  balki  unda  qo‗yilgan  muammolarni  chuqur  o‗rgandi,  ularni 

yangi  fikrlar  bilan  boyitdi  va  barcha  bo‗limlarini  sinchiklab  tavsiflab  berdi.  U 

xulosa  chiqarish  nazariyasini  tadqiq  qilishga,  xususan,  sillogizmga  yangi  bilimlar 

olishning eng ishonchli vositasi va isbotlash shakli sifatida alohida etibor berdi. 

Forobiy  ―Mantiqqa  kirish‖  risolasida,  ―mantiq  ilmi  xatoga  yo‗l  qo‗yish 

ehtimoli  mavjud  bo‗lgan  holda  tafakkurning  to‗g‗ri  kechishini  ko‗zlab,  aqlni 

to‗g‗irlab  turadi‖

3

,  deb  yozadi.  Uning  fikricha,  ―mantiq  aqlni  to‗g‗ri  tafakkurga 



eltadigan  narsalarni  o‗zida  mujassamlashtirgan  sanatdir‖

4

.  Aqliy  mushohada 



bilishning  asosiy  quroli,  to‗g‗ri  tafakkur,  yani  fikrni  to‗g‗ri  qurish  esa  haqiqatga 

erishishning  zaruriy sharti bo‗lganligi uchun mantiq bilimlar tizimida alohida o‗rin 

tutadi. Forobiyning takidlashicha, barcha ilmlar aqliy mushohada yo‗li bilan hosil 

qilinishi sababli, fanlarning orasida birinchisi til haqidagi fan bo‗ladi; u narsalarga, 

yani substansiya va aksidensiyalarga (predmet va uning xossalari, munosabatlariga 

–  M.SH.)  nom  beradi.  Ikkinchi  fan  grammatika  bo‗lib,  u  predmetlarga  berilgan 

nomlarni  qanday  qilib  tartibga  solish,  nutq  va  gaplarni  tuzishni  o‗rgatadi. 

―Uchinchi fan – bu mantiq; uning qanday qilib darak gaplarni mantiqiy figuralarga 

mos  ravishda  joylashtirganda  ulardan  to‗g‗ri  xulosalar  chiqarishni  o‗rgatishi 

natijasida biz bilib olinmagan narsalarni bilamiz va nimaning chin, nimaning xato 

ekanligi  to‗g‗risida  fikr  bildiramiz‖ 

5

.  Bu  fanlar,  Forobiy  fikricha,  poetika  bilan 



birgalikda, shu tartibda  arifmetikadan avval paydo bo‗ladi  va undan keyin  aynan 

ana shu tartibda arifmetikaga ergashadi. 

Olimning  takidlashicha,  «mantiq  sanati  intellektning  ommalashuviga  olib 

keluvchi  va  insonni  haqiqat  tomon  yo‗naltiruvchi  bilimlar,  qonunlarni  o‗rganadi. 

Bu  qonunlar  insonlarni  bilish  jarayonidagi  turli  xato  va  adashishlardan  saqlaydi. 

Inson  bu  qonunlar  yordamida  bilimlarini  tekshirib,  ularning  chin  yoki  xatoligini 

aniqlash orqali xulosaga ega bo‗ladi»

6



U  to‗g‗ri  tafakkurning  asosiy  tamoyillari:  aniqlik,  fikrlarning  o‗zaro  zid 

bo‗lmasligi,  izchilligi,  har  qanday  xulosaning  asoslangan  bo‗lishi  va  boshqa 

muhim mantiqiy masalalarni ham har tomonlama ishlab chiqdi. Aytish mumkinki, 

                                                           

3

 Аль-Фараби. Вводный трактат в логику // Естественно- научные трактаты. – Алма-Ата, «Наука» Казахской 



ССР, 1987. – с.435. 

4

 Шу жойда, С. 435 



5

 Аль-Фараби. О происхождении наук  // Естественно- научные трактаты. – с.435. 

6

 Қаранг:  Ал-Фараби. О  том, что должно предшествовать изучению философии  //Философские трактаты.  –



Алма-Ата: Наука, 1970. –С. 8-9. 


al-Forobiyning mantiqiy talimoti YAqin va O‗rta Sharqda, shu jumladan, Markaziy 

Osiyoda mantiq fanining rivojlanishini belgilab berdi. 

Abu  Ali  ibn  Sino    al-Forobiyning  falsafa  va  mantiqshunoslikda  boshlab 

bergan  ishini  rivojlantirdi.  U  «mantiqni  barcha  fanlarning  muqaddimasi,  ularni 

egallashning zarur sharti hamda falsafaning ajralmas qismi sifatida talqin etdi»

1



Ibn Sino o‗zidan juda katta, o‗rta asrda mavjud bo‗lgan ilmlarning hamma 

qirralarini  o‗z  ichiga  qamrab  olgan  ilmiy  meros  qoldirgan.  Hozirgi  kunda  uning 

risolalari jahondagi ko‗plab kutubxonalarda saqlanmoqda

7



Ibn  Sino  Aristotelning  ayrim  kamchiliklarini  o‗z  asarlarida  tuzatishga 

uringan.  Bu  o‗rinda Ibn  Sinoning  quyidagi  fikrlari  diqqatga  sazovordir:  «Biz  uni 

(Aristotelni) oldingi peripatetiklar ichida eng buyuk olim deb hisob-laymiz, chunki 

u o‗z do‗stlari va o‗qituvchilari bilmagan narsalarni kashf qildi, fanlarni tasnifladi, 

juda yaxshi tizimga soldi, ko‗p muammolarni to‗g‗ri hal etib, uni o‗z xalqiga xabar 

qildi.  Aql-zakovatga  murojaat  etib,  Aristotelning  xatolarini  tuzatish  lozim  edi. 

Ammo  uning  izdoshlari  bu  ishni  qilmadilar,  ular  Aristotelning  kuchli  tasiridan 

chiqolmay, uning talimotidagi to‗g‗ri tomonlarini tushunishga va uning notfo‗g‗ri 

qarashlarini  ko‗r-ko‗rona qo‗llab-quvvatlashga  o‗z umrlarini sarf  etdilar.  Biz  esa, 

ular  xohlagan,  ammo  bajara  olmagan  ishlarni  bajardik,  uning  talimotining  ayrim 

tomonlarini to‗ldirdik»

8



Abu Abdulloh al-Xorazmiy (X asr) ham o‗zining «Mafotix al-ulum» (Ilmlar 

kaliti)  asaridagi  fanlar  tasnifida  mantiq  ilmiga  alohida  o‗rin  berdi.  U  mantiq 

masalalarini  ko‗rib  chiqishni  so‗z  va  iboralarning  o‗zaro  munosabatini  tahlil 

etishdan boshlaydi. O‗zining qomusiy asarida mantiqqa katta etibor beradi. 

Aristotel  mantiqning  ehtimoliy  bilimlarni  tadqiq  etuvchi  qismini  dialektika 

(gaplashish, fikr almashish) deb atagan. Buni birinchi muallimning YAqin va O‗rta 

Sharqdagi,  jumladan,  Markaziy  Osiyodagi  izdoshlari,  xususan  nomlari  yuqorida 

zikr etilgan mutafakkirlar ham etirof etishgan.  

17-asr fransuz faylasufi R.Dekart deduktiv metodni jiddiy tadqiq etishi bilan 

mantiqni    rivojlantirishga  ulkan  hissa  qo‗shdi.  Uning  ishlab  chiqqan  aqliy  bilish 

qoidalari  xozirgacha  o‗zining  ilmiy  qimmatini  yo‗qotgan  emas.  Ular 

quyidagilardan iborat: 

1.  Bilishda  hech  qanday  shubhaga  o‗rin  qoldirmaydigan  aniqlik  va 

yaqqollikka erishish. 

2.  Tadqiq  etilayotgan  predmetni  tushuntirish  uchun  uni  qancha  qismga 

bo‗lish talab etilsa, shuncha qismlarga bo‗lish. 

3. Aqliy mushohada jarayonida oddiy narsalarni o‗rganishdan boshlab, asta-

sekin uning murakkab tomonlarini bilishga o‗tish. 

4.  Bilish  jarayonida  predmetning  muhim  jihatlarini  nazardan  chetta 

qoldirmaslik, uni fikrda iloji boricha to‗laligicha qamrab olish.  




Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish