Tafakkur ko‗p qirrali jarayon bo‗lib, uni turli xil tomonidan, xususan,
mazmuni va shakli (strukturasi) bo‗yicha, tayyor holida yoki kelib chiqishi va
vazifasini tashkil etadi, uning turlicha metodlardan foydalanishiga, har xil
yo‗nalishlarga ajralishiga sabab bo‗ladi. Masalan, tafakkurni o‗rganishda qanday
metodlarni qo‗llashiga qarab formal mantiq va uning rivojining hozirgi bosqichi
1 Қаранг: Morris R . Cohen, Ernest Nagel An Introduction to Logic and Scientific Method. New York/ 2007 p.81
bo‗lgan simvolik mantiq(strukturaviy metod), matematik mantiq(matematik
metodlar), dialektik mantiq(dialektik metod) va boshqalarni ajratish mumkin.
Mantiq tarixidaesa dastlab shakllangantalimot ananaviy mantiq deb ataladi.
Uni Aristotel xulosaviy bilim olish to‗g‗risidagi talimot sifatida asoslagan va
―Analitikalar‖ida sillogizm nazariyasi tarzida bayon qilgan.SHuning uchun ham
mutafakkir yaratgan mantiqni mutaxassislar uning sillogistikasida deb bilishadi.
Ananaviy mantiq mohiyatiga ko‗ra formal mantiqdir. Formal mantiq
fikrning konkrent mazmuni, tafakkurning rivojlanishi jarayonini o‗rganishni
o‗zidan soqit qiladi. U fikrlashning mantiqiy strukturasi, shaklini, uni
xarakterlaydigan qonunlarni o‗rnatadi. Bu formal mantiq masalalarini o‗rganishda
simvollardan keng foydalanish, xususan, mantiqning formallashgan tilini yaratib,
uni samarali qo‗llashga imkon berdi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida
ifoda etish ularning aniqligi va adekvatligini orttirdi, qo‗llanish sohasini
kengaytirdi, matematik metodlardan foydalanishni osonlashtirdi va buning natijasi
o‗laroq, o‗zagini mulohazalar hisobi va predikatlar hisobi tarzida qurilgan klassik
mantiq hosil qiluvchi simvolik mantiq shakllandi Uni bazan matematik mantiq deb
ham atashadi. Xususan, N.I. Kondakov klassik mantiqning o‗ziga xosligini ikki
qiymatli bo‗lishi(fikrni chin yoki xato deb baholashdan kelib chiqishi) hamda
sivolikadan keng foydalanishga asoslanganligida deb bilgani holda uni matematik
mantiqning bir yo‗nalishi deb hisoblaydi
9
.
zamonaviy(simvolik) mantiq formal mantiq rivojining yuqori bosqichi
bo‗lib, o‗z ichiga klassik va noklassik hamda relevant mantiq kabilarni oladi.
Noklassik mantiqnning turli yo‗nalishlarida (ular birgalikda noklassik mantiq deb
nomlanadi) mulohazalarning chinligi turli darajadagi ehtimollikdan iborat bo‗lishi,
yani ko‗p qiymatli (ko‗p manoli) bo‗ladi. SHunga muvofiq ravishda ko‗p manoli
noklassik mantiq turlari shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: