Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida


Tushunchalarni bo‘lish.Bo‘lish va klassifikatsiya (tasnif)



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/26
Sana20.02.2021
Hajmi0,96 Mb.
#59372
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Mantiq ilmining predmeti

 Tushunchalarni bo‘lish.Bo‘lish va klassifikatsiya (tasnif)  

Ananaviy  yondashuvga  ko‗ra  tarif  berilgan  turni  jins  va  tur  belgisiga 

ajratishdan  tashkil  topadi.  Lekin    jinsning  o‗zi  ham  har  xil  turlarga  ajratilishi 

mumkin.  Masalan,  tekis  figura  jins  sifatida  nafaqat  uchburchak  turlariga,  balki 

to‗rtburchak,  konussimon  kesim  va  shu  kabilar  turlariga  ham  ajratilishi  mumkin. 

Jinsning turlarini ko‗rsatish mantiqiy bo‗lish yoki qisqacha bo‗lish deb ataladi

14

.   


Tushunchaning  hajmini  unda  aks  etgan  predmetlarni  ayrim  guruhlarga 

(ayrim predmetlarga) ajratish yo‗li bilan aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. 

Bo‗lish  amalini  bo‗linuvchi  tushuncha  (hajmi  aniqlanishi  lozim  bo‗lgan 

tushuncha),  bo‗lish  asosi  (predmetning  tushunchada  fikr  qilinadigan  birorta 

umumiy  belgisi)  va  bo‗lish  azolari  (bo‗lish  natijasida  hosil  qilinadigan  tur 

tushunchalar) tashkil etadi. Masalan, «inson»larni (bo‗linuvchi tushuncha) jinsiga 

ko‗ra, (bo‗lish asosi) erkak va ayollar (bo‗lish azolari)ga ajratish yo‗li bilan uning 

hajmi  aniqlanadi.  Bo‗linuvchi  tushuncha  –  jins  tushuncha,  bo‗lish  azolari  –  tur 

tushunchalar bo‗lib, ular o‗zaro birga bo‗ysunish munosabatidadirlar.  

                                                           

14

 Morris R. Cohen, Ernest  Nagel. An  Introduction to Logic and Scientific Method. New Delhi/ 2007. 



P.241 


Tushunchalarni  bo‗lish  amalini  predmetlarni  qismlarga  ajratishdan  farq 

qilish  lozim.  Masalan,  avtomobilni  kuzov,  shassi,  dvigatel  va  shu  kabilarga 

ajratsak, uni qismlarga bo‗lgan bo‗lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy 

belgilariga ega bo‗lmasligi mumkin. Shuning uchun ham «Kuzov avtomashinadir», 

degan  mulohaza  hosil  qilsak,  u  xato  bo‗ladi.  Agar  «Avtomobil»  tushunchasini 

«Engil  avtomobil»,  «YUk  tashuvchi  avtomobil»  tushunchalariga  ajratsak,  uni 

bo‗lgan bo‗lamiz.  

Bo‗lishning  ikkita  turi  mavjud:  asos  bo‗lgan  belgining  o‗zgarishiga  qarab 

bo‗lish va dixotomik bo‗lish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi 

bo‗lish uchun asos qilib olinib, uning o‗zgarishiga muvofiq holda predmetlarning 

ayrim  guruhlari  aniqlanadi.  Masalan,  burchakning  o‗zgarishiga  qarab 

«uchburchak» tushunchasi uchta tur tushunchaga: «to‗g‗ri burchakli uchburchak», 

«o‗tmas  burchakli  uchburchak»,  «o‗tkir  burchakli  uchburchak»larga  ajratiladi. 

Bo‗lish  asosi  qilib  bo‗linuvchi  tushunchaning  mazmunida  fikr  qilinadigan  har 

qanday  umumiy  belgini  olish  mumkin.  Masalan,  «uchburchak»  tushunchasini 

tomonlariga  qarab  «teng  tomonli  uchburchak»,  «teng  yonli  uchburchak»,  «turli 

tomonli uchburchak» tushunchalariga ajratish mumkin.  

Tushunchaning qaysi belgisini bo‗lish asosi qilib olish bo‗lishda hal qilinishi 

lozim  bo‗lgan  vazifaga  bog‗liq.  Lekin  qanday  vazifani  hal  qilishdan  qati  nazar, 

bo‗lish o‗zining obektiv asosiga ega bo‗lishi lozim, yani bo‗lish asosi bo‗lgan belgi 

predmetning umumiy belgisi bo‗lishi shart.  


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish