mantiqiy amaldir. Tarif aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan tashkil topadi.
Aniqlanuvchi qismni mazmuni ochib berilishi lozim bo‗lgan tushuncha, aniqlovchi
qismni esa, aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar
tashkil etadi. Masalan, «mantiq to‗g‗ri tafakkur shakllari va qonunlarini
o‗rganuvchi falsafiy fandir» degan tarifda «Mantiq» aniqlanuvchi qismni,
qolganlari esa aniqlovchi qismni hosil qiladi. Tariflash bilishda quyidagi asosiy
vazifalarni hal qilishda yordam beradi: 1) tushunchada aks etuvchi predmetning
muhim belgilarini ko‗rsatadi; 2) tushunchani ifoda qiluvchi so‗zning (terminning)
manosini ochib beradi; 3) termin hosil qilishga imkon beradi. YUqoridagi
vazifalardan qaysi birining hal qilinishiga qarab nominal va real tariflar farq
qilinadi.
Nominal tariflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi
termin bilan almashtiriladi hamda uning manosi aniqlanadi. Masalan, «Mantiq
grekcha «logos» so‗zidan olingan bo‗lib, tushuncha, fikr, so‗z, qonuniyat kabi
manolarga ega», desak, mantiq tushunchasiga nominal tarif bergan bo‗lamiz. «Til
belgilarini o‗rganuvchi fan semiotikadir», degan tarif ham nominal tarifga
misoldir.
Real tarifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, «Atom –
moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasi», real tarifdir.
Real tarif aniq va noaniq ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin. Aniq real tarif
predmetlarning muhim belgilarini to‗g‗ridan-to‗g‗ri ko‗rsatib beradi. Noaniq real
tarifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi.
Masalan, o‗qigan parchamizda notanish terminlar uchrab qolganda, uning
manosini lug‗atdan foydalanmasdan, boshqa so‗zlarning manosiga qarab
aniqlashimiz mumkin.
Aniq real tarifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini
ko‗rsatish orqali tariflash; 2) genetik tarif.
YAqin jinsi va tur belgisini ko‗rsatish orqali tariflash real tarifning eng ko‗p
ishlatiladigan turi bo‗lib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda
aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. SHu tariqa uning mazmuni
qisman ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga
kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi, yani uning tur belgisi
ko‗rsatiladi. SHu tariqa mazkur tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib
beriladi. Masalan, bizning oldimizda «metafora» tushunchasining mazmunini
aniqlash vazifasi turibdi, deylik. Bunda, avval aniqlanuvchi tushunchaning yaqin
jinsi topiladi: u «so‗z» tushunchasidir. «Metafora so‗zdir» deyish bilan «so‗z»
tushunchasi mazmunida fikr qilinadigan muhim belgilarning metaforaga ham
tegishli ekanligini ko‗rsatamiz, yani «metafora» tushunchasi mazmunini tashkil
etuvchi umumiy belgilarni aniqlaymiz. Ko‗chirma manoda ishlatilishi esa,
metafora sifatida ishlatilayotgan so‗zning tur belgisi, yani individual belgisi
hisoblanadi. Bu tur belgini yaqin jinsga qo‗shib «Metafora ko‗chirma manoda
ishlatiladigan so‗zdir», degan to‗la tarif hosil qilamiz. SHu tariqa eng qisqa yo‗l
bilan, yani yaqin jinsi va tur belgisini ko‗rsatish bilan tushunchaning mazmunini
aniqlaymiz.