Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida Reja



Download 349,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana28.07.2021
Hajmi349,79 Kb.
#130709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mantiq ilmining predmeti

Ayniyat qonuni 

Ayniyat  qonuni  mantiqiy  tafakkurning  eng  muhim  hislatlaridan  bo‘lgan  har  bir  fikr, 

muhokama  aniq,  ravshan  bo‘lishini  o‘zida  ifodalaydi.  Shuning  uchun  ham  fikrlar  hamma  vaqt 

to‘g‘ri  bo‘lishi,  barcha  kishilarga  tushunarli  darajada  ifoda  etilishi  zarur.  Chunki,  muayyan 

buyumlar  haqidagi  fikrlar  ayni  shu  muayyan  fikrlar  to‘g‘risida  bo‘lishlari,  boshqa  buyumlar 

haqidagi fikrlar ham o‘zga fikrlar kabi qabul qilinishi tafakkurga qo‘yiladigan talablardan biridir. 

Ayniyat qonuni ana shu mezoniylikni ta’minlaydi. 

Demak,  ayniyat  qonuni  muayyan  buyum  to‘g‘risida  ifodalangan  fikr  muhokama 

davomida  o‘zgarmasdan,  ayni  shu  buyum  to‘g‘risida  bo‘lishi  lozimligini

 

talab  qiladigan 



qonundir. 

Ma’lumki, tevarak atrofimizdagi tabiat, jamiyatda mavjud bo‘lgan predmet, hodisalarning 

hammasi  o‘zgarishda,  rivojlanishda,  yangilanishdagi  har  bir  predmet,  hodisa  voqea  sifatida 

boshqalardan farq qilib, o‘z konkret mazmuni, tuzilishi va shaklga (rangi, hajmi, qat’iyat ovozi 

va  boshqalarga)  ega  bo‘ladi.  Shu  xususiyati  tufayli  u  boshqa  predmet,  hodisalar  bilan 

munosabatga kirish imkoniga ega bo‘ladi. 

Har bir predmet, hodisalar ma’lum davr ichida shunday o‘z aniqligiga ega bo‘lgani uchun 

ham  inson  daraxtdan  suvni,  suvni  planetadan,  planetani  yulduzdan  farq  qiladi.  Shu  aniqlik  o‘z 

navbatida  aynan  uzumni  anor  bilan,  paxtani  g‘alla  bilan,  Ahmadni  Abdulla  bilan  aralashtirib 

yubormaslik  imkonini  beradi.  Har  bir  terak,  ma’lum  davr  ichida  o‘sib,  so‘ng  chirib,  yo‘qolib, 




tuproqqa  aylanib  ketadi.  Lekin  shu  qisqa  davr  ichida  u  o‘zining  ma’lum  konkret  mazmuni  va 

xususiyatini saqlab terak bo‘lib qoldi. 

Binobarin, ayniyat qonunining talabi - fikrlari bir vaqtning o‘zida bir xil belgilarga ko‘ra 

bir - biriga teng bo‘lishi zarur. 

Tabiat  va  jamiyatdagi  narsalar  to‘xtovsiz  rivojlanib  tursada,  u  ma’lum  davr  ichida  o‘z 

sifat  muayyanligini,  doimiyligini  saqlab  qolganidek,  bizning  narsa  va  hodisalar  to‘g‘risidagi 

fikrlarimiz, bilimlarimiz ham to‘xtovsiz boyib boraveradi. Lekin, ular bir - birlari bilan aralashib 

qo‘shilib ketmasdan o‘z muayyan mazmunini saqlab qoladi. 

Ayniyat  qonuniga  binoan  ma’lum  muhokama,  bahs,  munozarada  har  bir  fikr  aynan  bir 

ma’noda  ishlatilmog‘i  lozim.  Bu  qonunga  ko‘ra,  har  bir  narsaning  sifati  ma’lum  vaqtlardagina 

ma’noga  ega  bo‘ladi.  O‘zga  vaqtlarda  esa,  ana  shunday  fikrni  saqlab  qolishi  buyumning 

muayyanligini to‘la izohlab bermasligi mumkin. 

Masalan,  ba’zi  qabul  qilinadigan  qonunlar  vaqt  o‘tishi  bilan  eskirib,  o‘z  o‘rnini  yangi 

davr talablariga muvofiq qoladigan qonunlarga bo‘shatib beradi.  Masalan, sobiq SSSR mavjud 

bo‘lgan  davrlarda  mazkur  davlat  qurilmasi  tomonidan  qabul  etilgan  qonunlar  uning  barcha 

hududlarida ustuvor edi. SSSR tugatilgach, uning qonunlari ham o‘z kuchini yo‘qotdi. Mustaqil 

O‘zbekistonda hozirgi davrda mustaqil davlatning o‘z huquqiy qonunlari mavjud. 

Ayniyat  qonuni  qayd  etadigan  fikrlar  boshqa  sohalarning  (jamiyat,  tabiat)  ham 

qonunlariga  dahldor,  hatto  I.Nyutonning  mashhur  butun  olamning  tortilishi  qonuni  ham 

o‘zgarmas  qonun  bo‘lolmaydi.  Birinchidan,  mazkur  qonun  Quyosh  tizimi  doirasidagina 

muayyan ma’noga ega. Ana shu tizim tashqarisida K.Nyutonning emas, balki A.Eynshteynning 

shu nomdagi qonuni harakat qiladi. Ikkinchidan, Quyosh tizimining 15 milliard yil avvalo paydo 

bo‘lganini  inobatga  olsak,  I.Nyutonning  mazkur  qonuni  tarixiy  o‘zgaruvchan  qonun  ekanligini 

e’tirof etgan bo‘lamiz. 

Bu  o‘rinda  ikki  nuqtaga  e’tiborni  tortish  lozim.  Birinchidan,  bizning  olam  va  uning 

qonunlari  to‘g‘risidagi  tasavvurlarimiz  ham  kengayib  boradi.  Natijada  har  bir  kuzatishga 

qonuniyat  ham  nisbatlashadi,  ya’ni  uning  harakat  doirasi  ma’lum  chegaralardagina  bo‘lishi 

mumkin. Ikkinchidan, moddiy olam o‘zgarishi tufayli qonunlarning ta’sir doirasi ham rivojlanib 

boradi. 

Ayniyat qonunining harfiy ifodasi. 

a---a,           A-----A yoki mulohaza  mantiqda 

a



a,           A

 kabi bo‘ladi. 



Mazkur ifoda buyumlarning bir belgisiga ko‘ra aytiladigan fikr bir-biriga buyum va uning 

to‘g‘risidagi fikr teng bo‘lishi lozimligini bildiradi. 

Ma’lumki,  har  bir  tilda  turli  ma’noda  ishlatiladigan  bir  xil  so‘zlar,yoki  bir  xil  ma’noli 

turli  so‘zlar  bilan  ifodalash  hollari  ko‘p  uchraydi.  Masalan,  «uch»  so‘zi  raqamni  («3»)  ham  , 

predmetning  uchinchi  (boshlanishi,  ya’ni  qalamning  uchi)  ifodalaydi.  Suhbatda  yoki 

muhokamada  «uch»  so‘zini  ham  raqam  ma’nosida,  ham  ikkinchi  ma’noda  ishlatish 

chalkashliklarga olib kelishi muqarrardir. Yoki «yoz» so‘zini olib ko‘raylik. U uch xil ma’noda 

ishlatilishi  mumkin.  1)  Yilning  ma’lum  fasli  -  yoz  fasli;  2)  xat  yozish,  kitob  yozish,  3)  qanot 

yozmoq, barg yozmoq. 

Grammatikada  turli  tushunchalarni  ifodalovchi  bunday  bir  xil  so‘zlar  omonimlar  deb 

aytiladi. Bunday omonim so‘zlarni muhokamada ishlatish ba’zan kulgili hollarga olib keladi. 

Masalan: Mol - uy hayvoni 

Magazinga mol keldi. 



Magazinga uy hayvoni keldi. 

Bu muhokamada kulgili, be’mani xulosada «mol»  so‘zi ikki xil ma’noda ishlatilmoqda, 

birinchi asosda «mol» uy hayvoni tushunchasini, ikkinchi asosda «mol» savdo  - sotiq narsalari 

mato  tushunchasini  ifodalaydi.  Shuning  uchun  ham  xulosa  har  tomonlama  noto‘g‘ri  bo‘lib 

qolgan. Turli tushunchalarni bunday aynan qilib qo‘yish, ya’ni mazkur muhokama jarayonida bir 

tushuncha o‘rniga ikkinchi tushunchani almashtirib yuborish ayniyat qonunining buzilishiga olib 

keldi  va  uni  «Tushunchani  o‘zgartirib  qo‘yish»  deyiladi.  Muhokama  jarayonida  tushunchani 

o‘zgartirib qo‘yish bu muhokama ob’ektini o‘zgartirib yuborishdir. Ya’ni, bir predmet ustida fikr 

yurita  boshlab,  ikkinchi  tomon  boshqa  predmet  haqidagi  fikrga  o‘tib  ketishdir.  Muhokama 

predmetini o‘zgartirib yuborish, ya’ni «tushunchani o‘zgartirib qo‘yish» ixtiyorsiz, ya’ni ongsiz 

ravishda yoki ataylab ma’lum maqsad uchun ongli ravishda amalga oshirilishi mumkin.  

Suhbat  jarayonida  ayniyat  qonuni  talablarni  bilmasdan  turib  buzish,  tushunchalarning 

ma’nolarini  bilmay  turib  o‘zgartirib  yuborish  hollari  bu  fikrlayotgan  odamning  fikrlash 

madaniyati,  ma’lumoti  past  ekanligi  yoki  ruhiy  jihatdan  sog‘lom  emasligi,  yoki  xotirasining 

bo‘shligi natijasidir. Ko‘p hollarda suhbat muhokama jarayonida bilib turib tushunchalar ataylab 

o‘zgartirib  yuboriladi.  Bunda  suhbatdoshni,  opponentni,  raqibni  aldash,  talvasaga  solish,  nima 

qilib bo‘lsada, uni  yengish va  yengib  chiqish maqsadida noto‘g‘ri usullardan foydalaniladi. Bu 

shubhasiz,  haqiqatni  ataylab  g‘araz  maqsadlarda  buzish,  mantiq  qonuni  talablarini  o‘z  shaxsiy 

manfaatlari  yo‘lida  qurbon  qilishdir.  Qadimgi  yunon  falsafasida  suhbatdoshni  mag‘lub  qilish 

maqsadida  qasddan  tushunchalarni  almashtirib  yuborish  yo‘li  bilan  fikr  yurituvchilar  sofistlar 

nomi  bilan  ma’lum  bo‘lgan.  Ular  ko‘rinishdan  to‘g‘ri  bo‘lib  seziluvchi,  lekin  aslida  noto‘g‘ri, 

mantiqqa,  qonun-qoidalariga  zid  muhokamalar  yuritishga  usta  bo‘lganlar.  «Sofizm»  so‘zi  ana 

shundan kelib chiqqan bo‘lib, uning ma’nosi, jo‘rttaga mantiqiy xato qilish demakdir. Sofistlar 

fikr  yurittanlarida  ma’nosi  turlicha  bo‘lgan  tushunchalarni  ishlatishlari  go‘yo  bir  qoida  bo‘lib 

qolgan edi. Misol uchun «shox» degan tushunchani olib ko‘raylik. 

Sen narsangni yo‘qotmagan bo‘lsang, o‘zingda bo‘ladi. Sen shohingni yo‘qotmagansan.  

Demak sening shoxing bor. 

Bu  yerda  xulosa  tamoman  xato,  ikkinchi  asos  bunday  xatoning  sababchisidir.  Bu 

sofizmning  mazmunida  «yo‘qotmagan»  so‘zini  ikki  ma’noda  qo‘llash  yotadi.  Birinchi  asosda 

haqiqatdan ham insonda mavjud bo‘lgan va yo‘qotilmagan buyumlar ustida gap borsa, ikkinchi 

asosda bo‘lmaydigan, insonga hech qachon xos bo‘lmagan buyumlar (shox) haqida gap boradi. 

Shuning uchun ham xulosa tomoman noto‘g‘ridir. 

Aniqlik,  muayyanlik,  mantiqiy  tafakkurning  eng  muhim  xislati  bu  insonlardagi  fikrlash 

madaniyatining muhim belgisidir. 

Atoqli olim fozillar, ilm-fanda ilmiy suhbat, muhokamalarda, fikrlash madaniyati yuqori 

darajada  bo‘lishi  zarurligiga,  fikrlarning  har  doim  aniq  bo‘lishiga  katta  e’tibor  beradilar.  Shu 

bilan  bir  qatorda  ular  o‘z  raqiblarini  mantiqiy  qoidalarga  rioya  qilishga  chaqiradilar  va 

tafakkurning talablarini bajarishni ulardan talab qiladilar. 

Ayrim  hollarda  «Tushunchani  o‘zgartirib  yuborish»  usulidan  kulgili  hollarni  yuzaga 

keltirish  yoki  suhbatni  qizitish  uchun  adabiyotda  qo‘llaniladagan  «so‘z  o‘yini»ni  ishlatishdan 

ham  foydalaniladi.  Masalan,  o‘zbek  og‘zaki  adabiyotida  keng  tarqalgan  askiya  san’atining 

muhim  usullaridan  biri,  bu  bir  xil  yoki  o‘xshash  so‘zlardan  foydalanilgan  holda  suhbatga 

turlicha,  qo‘shimcha  ma’no  berish  va  askiyadan  musobaqachi  suhbatdoshini  o‘zining  fikrlash 

mahorati bilan mot qilish, lol qoldirish, shu bilan tinglovchilarni kuldirishdir. 

Demak,  hayotda,  amaliyotda  tushunchaning  turli  ma’nolarda  qo‘llanilishini  yaxshi, 

foydali maqsadlar uchun keng foydalanish mumkinligini yuqoridagi misolda ko‘ramiz. Lekin bu 




ayniyat  qonunining  talablarini  buzish  emas,  balki  ularga  to‘liq  rioya  qilgan  holda  amalga 

oshirilgan. 

Ayniyat  qonunining  talablari,  shartlari  shundan  iboratki,  bir  muhokama,  mulohaza 

jarayonida, ma’lum bir vaqt davomida va ma’lum munosabat, boglanishda tushuncha, tezis, fikr 

boshlang‘ich  ma’nosini  saqlab  qoluvchi,  aynan  bo‘lmog‘i  zarur.  Albatta,  turli  vaqtda  turli 

munosabat  va  bog‘lanishda  fikr  o‘z  ma’nosini  o‘zgartirish,  boshqacha  ma’noda  qo‘llanmog‘i 

mumkin.  Bu  ayniyat  qonuni  tomonidan  man  etilmaydi.  Demak,  ayniyat  qonuni  fikrning  ma’no 

birligi, aynanligi, vaqt aynanligi va munosabat aynanligini talab etadi. 

Agar bu shart-sharoit bo‘lmasa, ayniyat qonuni o‘z ta’sirini yo‘qotadi. 

Ayniyat  qonuni  hech  qachon  tafakkurning  rivojlanishi,  tushunchalar  va  bilimimizning 

o‘zgarib, boyib borishini inkor etmaydi. Aksincha, har qanday fan, shuningdek, mantiq fani ham 

inson bilimining turli ilmlarning mazmuni amaliy, ishlab chiqarishning rivojlanishi asosida boyib 

borishini nazarda tutadi. 

Ayniyat qonuni talablari - aynanlik, muayyanlik prinsipi cheksiz mazmunini kengaytirib 

yuborish,  uni  real  predmet,  hodisalarga  ko‘chirish,  mutlaqo  noto‘g‘ri,  g‘ayriilmiy  xulosalarga 

olib keladi. 

Ayniyat  qonunining  talablari  har  bir  tafakkur  shaklining  o‘ziga  xos  bo‘lgan  konkret 

qoidalariga, konkret holda o‘z ifodasini topadi. 

 


Download 349,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish