Manaviyat asoslari Lotin pv doc


«O‘zbek modeli» tamoyillarining ijtimoiy, siyosiy



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
4.3. «O‘zbek modeli» tamoyillarining ijtimoiy, siyosiy,
huquqiy jihatlari 
Milliy g‘oya va milliy mafkura millatchilik, irqchilik ruhiga, 
ma’naviy izolyatsionizmga chaqiriq sifatida tushunilmaydi. U milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishga, jahon xalqlarining 
ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishgan 
yutuqlarini qabul qilib, milliy tajribaga payvand qilishga qaratilgan. 


90
Shunga o‘xshab, o‘zbek modeli ham jahon xalqlarining iqtisodiyotni 
rivojlantirish, turli muammolarni hal qilishda topgan, qo‘llagan 
yutuqlarini, yangicha yondashuvlarini, nostandart ijodiy yechimlarini 
tanqidiy o‘rganib, qabul kiladi, boyitadi va o‘zi ham takomillashadi. 
O‘zbek modeli ochiq va rivojlanuvchi modeldir. U na 
texnologik, na savdo almashuv, na umumiy, na iqtisodiy, na ijtimoiy-
madaniy, na ma’naviy-mafkuraviy masalalarda mahdud emas. 
O‘zbek modelining nazariy poydevorini Islom Karimov olg‘a 
surgan besh tamoyil tashkil etadi:
1) iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi va mafkuradan xoliligi;
2) davlat bosh islohotchi ekanligi; 
3) qonunning ustuvorligi va barchaga birdayligi; 
4) kuchli ijtimoiy siyosat olib borish va aholining kam 
ta’minlangan qismini ijtimoiy muhofaza qilish; 
5) islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish. 
Yana bir bor ta’kidlamoqchimizki, islohotlar deganda faqat 
iqtisodiyot sohasini qayta qurishgina emas, balki butun jamiyatni 
tubdan yangilash, ijtimoiy soha, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni 
saqlash, ommaviy axborot tizimi, ijtimoiy institutlar va ijtimoiy 
ongni, dunyoqarashni, jamiyat ma’naviyatini o‘zgartirishni ham 
nazarda tutilmoqda. Islohotlar jamiyatning o‘zgarishi mumkin 
bo‘lgan hamma sohasini qamrab oladi. Binobarin, o‘zbek modeli 
islohotlarni ro‘yobga chiqaruvchi konseptual va amaliy chora-
tadbirlarning chambarchas mushtarak majmuyi, bus-butunligi sifatida 
jamiyat hayotining barcha sohalari rivojlanishida namoyon bo‘ladi. 
O‘zbek modelining takomillashuvi davom etmoqda. Taraqqiyot 
modeli birdaniga tayyor holda vujudga kelmaydi. Ayrim tamoyillarni, 
nazariy farazlarni va taxminlarni amaliyot tahrir qilishi, o‘zgartirishi 
tabiiydir. Ba’zilarini esa qayta ko‘rib chiqish yoki boshqacha talqin 
qilish lozim bo‘ladi. Amaliy chora-tadbirlar esa doimo o‘zgarib, 
takomillashib, boyib boradi. Ammo asosiy strategik vazifalar 
o‘zgarmaydi. Bu vazifalar - «demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik 
jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqur-
lashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash 
yo‘lidan og‘ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishidir».
1
1
Каримов
И
.
А

Бизнинг
бош
мақсадимиз

жамиятни
демократлаштириш
ва
янгилаш

мамлакатни
модернизация
ва
ислоҳ
этишдир

Т
.: 
Ўзбекистон
, 2005 
й
., 34-
б



91
Bir so‘z bilan aytganda, taraqqiyot modeli qotib qolgan andoza, 
bichim emas, u asta-sekin shakllanadi, takomillashadi, rivojlanib, 
yetuk, mustahkam mexanizmga aylanadi. Uning yaratuvchilik salo-
hiyati yildan yilga o‘sib boraveradi. 
Taraqqiyotning yetuk modeli vujudga kelishi uchun faqat yaxshi 
niyat va xohish-irodaning o‘zi kamlik qiladi, jamiyatda muayyan 
obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit hamda iqtisodiy munosabat-
lar subyektlarining minimal darajada tayyorgarligi, bilim saviyasi 
talab qilinadi. 
O‘tish davrida taraqqiyot modeli rivojlanishi, takomillashi-
shidagi qiyinchiliklar, ziddiyatlar ikki sababga borib taqaladi. Birin-
chisi - obyektiv sabablar majmuasi. Bunga mulk shakllarining 
noyetukligi, xo‘jalik yuritishning turli shakllari o‘rtasida dinamik 
muvozanatning yo‘qligi, bozor infratuzilmasi unsurlari, umuman, 
bozor munosabatlari hali to‘liq qaror topib ulgurmaganligi kiradi. Bu 
qonunchilik tizimiga ham taalluqli. O‘tish davridagi moliya-kredit 
tizimining takomillashmagani, milliy valyutaning konvertatsiyasidagi 
qiyinchiliklar, inflyatsiya darajasining nisbatan balandligi kabi 
muammolar ham obyektiv sabablarga kiradi. 
Ikkinchisi - subyektiv sabablar: xo‘jalik yurituvchilarda egalik 
hissi yetishmasligi, rahbar va mutaxassislarning aksariyati ma’muriy-
buyruqbozlik tizimida tarbiya topganligi, iqtisodiy usullarni yaxshi 
bilmasliklari natijasida boshqaruvdagi kamchiliklar va hokazo. Ular 
iqtisodiy usullar yordamida ishni tashkil etishni va boshqarishni 
yetarlicha bilmaydilar. Natijada o‘zlari o‘rgangan ma’muriy-buyruq-
bozlik usulini faoliyatlarida iqtisodiy usullarga nisbatan, ayniqsa, 
dastlabki-yillarda, ko‘proq qo‘llaydilar. Shu bois ko‘pchilik korxona-
lar aksiyadorlik jamiyatiga yoki mulkchilikning boshqa shakllariga 
aylanganlariga qaramay, ularda ishni tashkil qilish va boshqarishda 
eski sarqitlar uchrab turadi. 
Yuqoridagi ikki sababga ko‘ra yaqin-yaqingacha xo‘jalik yurit-
uvchilar o‘rtasida shartnomalar ancha sayoz, ba’zan rasmiyatchilik 
uchun tuzilar edi. Shartnomalarga rioya qilishda haligacha ko‘p qiyin-
chiliklar bor. Ishlab chiqarilgan mahsulot o‘zimniki emas, davlatniki, 
degan tushuncha korxonalar rahbarlari, mutaxassislarida, ayniqsa, 
ishchilarida to‘liq yo‘qolmagan. Natijada iste’molchilarning to‘lov 
qobiliyatlari yaxshi o‘rganilmasdan, mahsulotlarni tekinga berib 


92
yuborish hollari mavjud, qarzlarni undirishda faollik ko‘rsatilmayotir. 
Bu debitor va kreditor qarzlarning o‘sishiga olib kelmoqda. O‘zaro 
to‘lovlardagi kamchiliklar taraqqiyot modeli imkoniyatlarini pasay-
tirib yubormoqda. 
Aksariyat tarmoq rahbarlariga yangicha iqtisodiy tafakkur 
yetishmayotir. Ular ba’zan sovet davridagidek, telefon huquqidan 
foydalanib, mahsulotni bir ishonch qog‘ozi bo‘yicha berib yuborishga 
korxonalarni majbur qiladilar. Umuman, iqtisodiy va ayrim yuridik 
qonunlarga, Prezident farmonlari va hukumat qarorlariga rioya qilish 
ma’lum darajada oqsamoqda. 
Tarraqqiyot modeli imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarmayotgan 
subyektiv sabablardan yana biri – korrupsiya va poraxo‘rlik illatidirki, 
u tadbirkorlikning, ayniqsa, kichik biznesning yo‘lida g‘ov
bo‘l-
moqda. 
Obyektiv
 
shart-sharoitlar asosan amaliy bunyodkorlik jarayonida 
yaratilsa, salbiy subyektiv omillar ko‘proq dunyoqarashni va tafakkur-
ni boyitish, yangi bilimlar berish, o‘qitish, rahbar, mutaxassis va keng 
ommani yangi omillar, qadriyatlar asosida tarbiyalash orqali bartaraf 
etiladi. Ya’ni ma’naviy-ma’rifiy ishlar o‘zbek modelining shakllanishi 
va salohiyatini yuzaga chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish