Manaviyat asoslari Lotin pv doc


Milliy istiqlol mafkurasi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Milliy istiqlol mafkurasi 
millat va davlatning mustaqil rivojla-
nishini ta’minlashga qaratilgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimi. 
Milliy g‘oya O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakilla-
rining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan 
orzu ideallarini, oliyjanob maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam 
etadi. Xalqimiz asrlar mobaynida ezgu niyat qilib kelgan mustaqil-
likni saqlash va mustahkamlash O‘zbekistondagi har bir fuqaroning 
muqaddas burchidir. Buning uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib, 
muqaddas ona Vatanning hayotiy manfaatlarini yurakdan his etgan 
holda ularni ro‘yobga chiqarish uchun faol harakat qilishi, kurashishi 
zarur. Bu jarayon xalqimizning manfaatlarini, ularni o‘zida mujassam 
etadigan milliy g‘oyani anglash bilan bog‘liq holda kechadi. Vatan 
manfaati har bir fuqaro manfaatlari bilan uzviy bog‘langan. Chunki 
Vatan obodligi xalqning farovonligiga bog‘liq. Fuqarosi badavlat 
mamlakatgina moddiy va ma’naviy to‘kis bo‘ladi.
Shunday ekan, milliy g‘oyaning muhim tamoyillaridan biri in-
son qadr-qimmatini har tomonlama yuksaltirish, xalq farovonligini 
oshirishdan iborat. Bunga erishish uchun xalqimiz, yurtimiz fuqaro-
larining hamjihatligi va birdamligini mustahkamlash talab etiladi. Bu 
vazifa esa milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini tashkil etadi. 
Milliy istiqlol mafkurasi har bir kishining jamiyat hayotidagi faoli-
yati, yurti, millati, o‘zi va oilasi oldidagi burchi va mas’uliyatini qay 
darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma’naviy 
mezon hamdir.
Milliy istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadriyatlarni 


63
e’tirof etadi va ulardan oziqlanadi: qonun ustuvorligi; inson haq-hu-
quqlari va hurfikrlik; turli millat vakillariga hurmat va ular bilan ham-
jihat yashash; diniy bag‘rikenglik; dunyoviy bilimlarga intilish, 
ma’rifatparvarlik; o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribasi va madaniyatini 
o‘rganish.
Milliy istiqlol mafkurasining nazariy asoslari Prezident Islom 
Karimovning asarlarida atroflicha yoritib berilgan. Milliy istiqlol maf-
kurasi O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi haqidagi siyosiy, 
ilmiy, nazariy, falsafiy, tarixiy qarashlar majmuyi, xalqni kelajakka 
ishonch, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi g‘oyaviy qurol, barcha toifa 
kishilarini shu maqsad yo‘lida birlashtiruvchi g‘oyat qudratli 
ma’naviy omil hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonning 
mustaqillikka erishishini tarixiy muqarrar jarayonligi ko‘rsatilib, 
Konstitutsiyamizda adolatli huquqiy – demokratik fuqarolik jamiyati 
haqida ilmiy-nazariy qoidalar ishlab chiqilgan.
Sho‘rolar zamonida mafkura faqat sinfiy bo‘ladi, u milliy bo‘-
lishi mumkin emas, deb ta’kidlanar, milliy mafkura xususida so‘z 
ham yuritilmas edi. Buning natijasida o‘zbek millatining milliy ongi, 
dunyoqarashi, milliy g‘ururi, iftixori anchagina sustlashtirib 
yuborilgandi. Milliy mustaqillikka erishilgach, O‘zbekiston hukumati 
tomonidan milliy istiqlol mafkurasining nazariy jihatdan ishlab 
chiqilishi, uni xalq orasida keng targ‘ib qilish, har bir fuqaro ongiga 
mustaqillik mafkurasining mazmun-mohiyatini singdirish, istiqlol 
yo‘liga mos va xos o‘z milliy mafkurasini ilmiy asosda yaratish kabi 
o‘ta muhim va sharafli masalalar paydo bo‘ldi. Milliy istiqlol 
mafkurasi (yurtimizda yashovchi har bir fuqaro) xalqimizning yuksak 
ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas 
merosidan oziqlanadi. Adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik 
g‘oyalari xalqimizning ishonch-e’tiqodini aks ettiradi. Yurt tinchligi, 
Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O‘zbekistonning 
buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi. Millati va dinidan qat’iy 
nazar, fuqarolarimizning qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik 
g‘oyalariga sadoqat va o‘zaro hurmat tuyg‘usini qaror toptiradi. 
Jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi 
tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yo‘l bilan singdiriladi.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillari quyidagilarda 


64
namoyon bo‘ladi: mamlakatning mustaqilligini mustahkamlash, uning 
hududiy yaxlitligi va sarhadlar daxlsizligini ta’minlashga yordam 
berish; qonun ustuvorligi, demokratiya va o‘z-o‘zini boshqarishning 
hayotda mustahkam o‘rin egallayotganiga asoslanganlik; milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligiga tayanish; xalqaro huquq 
qoidalariga mos kelish. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy sifatlari 
uning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari hamda namoyon 
bo‘lish xususiyatlarida o‘z aksini topadi.
O‘zaro uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘ladigan bu talablar 
quyidagilardan iborat: tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq 
chiqarish va o‘zlikni anglash mezoni bo‘lish; xalqimizning tub maq-
sadlari ifodasi va jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy bayroq 
vazifasini o‘tash; inson qalbi va ongiga ijobiy ta’sir etadigan tushun-
cha va tuyg‘ular, go‘zal va hayotiy g‘oyalar tizimini o‘zida mujassam 
etish; har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishiga imkon 
beradigan eng maqbul yo‘lni ko‘rsata olish; millat, xalq va jamiyatni 
birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e’tiqod manbayi bo‘lish; 
O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va 
din vakillariga birday taalluqli bo‘lish; mamlakatimiz aholisi ongi va 
qalbida «O‘zbekiston - yagona Vatan» degan tuyg‘uni yuksak daraja-
da shakllantirishga xizmat qilish; turli millat, qatlam, din vakillari, 
siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan 
sotsial fenomen - ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo‘lish; biron-bir 
dunyoqarashni mutlaqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki 
guruh qo‘lida siyosiy qurolga aylanmaslik; har qanday ilg‘or g‘oyani 
o‘ziga singdirish va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi javob bera 
olish; subyektivizm
1
, volyuntarizm
2
kabi illatlardan xoli va jamoatchi-
likning xolis fikriga tayanuvchi obyektiv mafkura bo‘lish; so‘z bilan 
ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish; davr o‘zgarishlariga 
qarab, o‘zi ifodalaydigan g‘oya, manfaat, maqsad-muddaolarni 
amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olish, ya’ni 
yangicha vaziyatga tez moslashadigan hozirjavob va ijodiy bo‘lish.
Milliy istiqlol mafkurasi ana shu qayd etilgan sifatlarga ega 
bo‘lgan taqdirdagina jamiyat hayotida yetakchi ma’naviy-ma’rifiy 
1
Субъективизм
– 
дунёни
инсон
онгига
боғлиқ
бўлмаган
ҳолда

объектив
рейтингини
инкор
этувчи
идеа
-
листик
оқим

2
Волюнтаризм
– 
боқийликнинг
негизи
иродадир
деб

даъво
қилувчи
реакцион
идеалистик
фалсафий
оқим



65
omilga aylanishi va kutilayotgan muhim vazifalarni bajara olishi 
mumkin. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillari - uning amal 
qilishi jarayonida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bunda uning 
mafkura sifatidagi umumiy va xususiy tamoyillarini ko‘rsatish mum-
kin. Milliy istiqlol mafkurasining, umuman mafkura tushunchasiga 
xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, amal qilish tamoyillari 
bo‘lishi tabiiy. Bu borada unga ijtimoiy voqelikning in’ikosi ekani, 
jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichiga mos kelish, hayot 
hodisalarini aks ettirish, amalga oshiriladigan targ‘ibot va tashviqot 
tizimi sifatida namoyon bo‘lish kabi umumiy tamoyillar xos. Shu 
bilan birga, milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekistonda ozod Vatan, erkin 
va farovon hayot yaratishga qaratilgan umummilliy hodisa sifatida 
quyidagi bir qator o‘ziga xos amal qilish tamoyillariga ham ega: 
mamlakatning mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilish; davlati-
mizning hududiy yaxlitligi va sarhadlari daxlsizligini ta’minlashda 
yordam berish; qonun ustuvorligini ta’minlash; demokratiya va o‘zini 
o‘zi boshqarishning hayotda mustahkam o‘rin egallashiga asoslanish; 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligiga tayanish; xalqaro 
huquq qoidalariga mos kelish; ko‘p mulklilik va xilma-xil mulk-
chilikning erkin shakllanishini ta’minlash; davlatning bosh islohotchi 
ekani va mamlakatda ijtimoiy barqarorlikning ta’minlanganligiga 
tayanish; vijdon erkinligi va plyuralizm muhitini shakllantirish; o‘tish 
davrida aholining ijtimoiy himoyalanganligi, jamiyat hayoti barcha 
sohalarining erkinlashuvi, islohotlarning tadrijiyligi jarayonlariga 
xizmat qilishi. Mazkur tamoyillarning barchasi bir-biri bilan cham-
barchas aloqada va bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Bu o‘z navbatida, 
ularning respublikamizda yashovchi barcha millat va elat 
vakillarining umumiy manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida 
intilib kelgan orzu-ideallarini, oliyjanob maqsad-muddaolarini o‘zida 
mujassam etishi bilan belgilanadi.
Milliy istiqlol mafkurasi jamiyat a’zolarini aniq maqsad sari sa-
farbar qiluvchi, ularni bu yo‘lda uyushtiruvchi ma’naviy omil sifatida 
mohiyatga ega ekanini ifodalaydi; jamiyat a’zolarini, aholining barcha 
qatlamlarini O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar 
etadi. Bu oliyjanob maqsadlarga erishish fuqarolarning hamjihat-
ligiga, o‘zimizning burchimizni qay darajada anglashimiz, ertangi 
kunga bo‘lgan ishonchimizga ko‘p jihatdan bog‘liqdir; millati va 


66
dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona 
Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va o‘zaro hurmat 
tuyg‘usini qaror toptiradi. Bu qoida har bir fuqaro ongiga Vatanning 
muqaddasligini singdirishga xizmat qiladi; jamoatchilik qalbi va ongi-
ga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi kabi demokratik tamoyillarga 
rioya qilgan holda ma’rifiy yo‘l bilan singdiriladi. Shu tarzda milliy 
mafkuramiz bunyodkor g‘oyaga aylanadi. 
Ushbu g‘oyalarning mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari 
Prezident Islom Karimov asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bular quyi-
dagilardir: Vatan ravnaqi; yurt tinchligi; xalq farovonligi; komil 
inson; ijtimoiy hamkorlik; millatlararo hamjihatlik; diniy bag‘rikeng-
lik. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari ma’rifatli dunyoda 
e’tirof etilgan umumiy qonun-qoidalar va xalqaro andozalar, umumin-
soniy tamoyillar va qadriyatlarning ustuvorligi, inson huquqlari va 
erkinliklariga og‘ishmay amal qilish, demokratiya va gumanizm kabi 
tamoyillarning talablariga to‘la-to‘kis mos keladi.
Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g‘oyalari - turli 
siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan 
sotsial fenomen, ijtimoiy hodisadir. Bu mafkurada biron-bir g‘oya 
mutlaqlashtirilmaydi yoki mavjud hokimiyatni mustahkamlash maq-
sadida siyosiy qurolga aylantirilmaydi. Milliy istiqlol mafkurasining 
bosh g‘oyasi o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonning ijti-
moiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, 
guruh va qatlamlarning - butun xalqning umumiy manfaatlarini 
ifodalaydi. O‘zbekiston xalqining milliy tarraqiyot yo‘lidagi bosh 
g‘oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. 
Bu g‘oya xalqning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining 
ma’no-mazmunini belgilaydi, har bir inson uchun muqaddas bo‘lgan 
yuksak gumanistik qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi.
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasida ozodlik tushun-
chasi ustuvor va yetakchi o‘rinda, vatan mustaqilligi barcha orzu-
intilishlar, amaliy faoliyat va yorug‘ kelajak asosi ekanligidan dalolat 
beradi. Vatan ravnaqiga xizmat qilmaydigan g‘oya hech qachon 
milliy g‘oya bo‘lolmaydi. Jamiyatda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy 
faoliyat keng rivojlanayotgani, davlatning iqtisodiy qudrati 
ortayotgani, xalq madaniyati boyib, ilm-fan salohiyati yuksalayotgani 
vatan ravnaqining asosi bo‘ladi. Vatan ravnaqi, avvalo uning 


67
farzandlari kamoliga bog‘liq. Bu esa har bir shaxsni o‘zining ma’na-
viy kamoloti uchun yuksak mas’uliyatni his etishga, o‘z manfaatlarini 
shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashga da’vat 
etadi: yurt tinchligi - bebaho ne’mat, ulug‘ saodatdir, u barqaror taraq-
qiyot garovi.
Tinchlikka qarshi kuchlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlari, nafs 
balosi yo‘lida bashariyatni hamisha nizo-adovat, urush va qirg‘inlar 
domiga tortib kelgan. Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy 
g‘oyasining maqsadi komil insonni har tomonlama tarbiyalashdir. 
Komil inson esa chuqur bilimli, ozod, erkin fikrlovchi kishi; ijtimoiy 
hamkorlik xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo‘lgan, turli millat, irq 
va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi 
hamjihatligini ta’minlaydi.
Natijada jamiyatda tinchlik va totuvlikning, barqaror taraqqiyot-
ning mustahkam kafolati vujudga keladi. Jamiyatni sun’iy ravishda 
bo‘lib, turli qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradigan ta’limotlardan 
farqli o‘laroq, ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi bu tabiiy rang-baranglikni 
milliy taraqqiyot manfaatlariga bo‘ysundiradi; millatlararo totuvlik 
g‘oyasi - umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xalqlar birgalikda isti-
qomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, 
shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Bu g‘oya bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat 
qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro 
hurmat, do‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir; dinlararo 
bag‘rikenglik (tolerantlik) g‘oyasi – xilma-xil diniy e’tiqodga ega 
bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar 
yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Qadim-
qadimdan din aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib 
keladi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, 
yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni ha-
lollik, poklik, mehr-shafqat, o‘zaro bir-birini anglash, bag‘rikenglikka 
da’vat etadi. Hozirgi zamonda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat din-
dorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi.
Milliy istiqlol mafkuras
i
ning bosh g‘oyasi Prezidentimiz Islom 
Karimovning asarlarida asoslab berilgan bo‘lib, mamlakatimiz 
taraqqiyotining asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydi. Ular «Milliy 
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida quyida-


68
gicha ta’riflangan: «O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi 
bosh g‘oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo 
etishdir. Bu g‘oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik 
faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi. Har bir inson uchun 
muqaddas bo‘lgan mustaqillik, ozodlik, vatan obodligi, shaxsning 
erkinligi va farovon hayot tushunchalari, yuksak qadriyatlarni o‘zida 
mujassam etadi. Milliy istiqlol mafkurasi bosh g‘oyasida ozodlik 
so‘zining ustuvor va yetakchi o‘rinda turishi mustaqillik barcha orzu-
intilishlarimiz, amaliy faoliyatimiz va yorug‘ kelajagimizning asosi 
ekanidan dalolat beradi. 
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi uzviy ravishchda 
uning ma’no-mohiyatini to‘ldiradigan, xalqimiz, jamiyatimiz hayotida 
haqiqiy bayroq bo‘lishiga xizmat qiladigan, jamiyatimizning bugungi 
taqdiri va kelajagiga bog‘liq bo‘lgan tub manfaatlarimizni aks 
ettiradigan bir qancha g‘oyalarni taqozo qiladi. Milliy istiqlol mafku-
rasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari - mamlakatimizda ro‘y berayotgan 
tub o‘zgarishlar, hayotning barcha sohalaridagi islohotlar bilan uzviy 
bog‘liqdir. Bu mafkura oila va fuqaroning munosib turmush 
darajasini ta’minlaydigan farovon hayotga erishishga chorlaydi; har 
bir insonni, u qaysi shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati 
bilan shug‘ullanmasin, o‘z manfaatini xalq va Vatan manfaatlari bilan 
uyg‘un holda ko‘rishga da’vat etadi; «mulkdor odamlar jamiyat 
ichida, xalq orasida faqat boyligi bilan emas, balki yuksak ma’naviy 
fazilatlari bilan ham ajralib turishi zarurligi, shaxsiy va oilaviy 
farovonlikka erishish imkoniyati har kimning o‘z qo‘lida», degan 
hayot haqiqatini zamonaviy dunyoqarash sifatida shakllantiradi; «har 
bir fuqaroning farovonligi - butun jamiyatning farovonligi» g‘oyasini 
ilgari suradi. 
Bulardan tashqari, mulkning xilma-xilligi, iqtisodiy hayotni 
erkinlashtirish, bu sohadagi plyuralizmni va sog‘lom raqobatni 
yanada yuksak darajada rivojlantirish ham milliy istiqlol mafkurasi 
ijtimoiy iqtisodiy asoslari qatoriga kiradi. Shu bilan birga, milliy 
istiqlol mafkurasi bu sohalarda ana shu tamoyillarning qadrlanishi va 
mustahkamlanishi hamda fuqarolarimiz hayotining mazmuniga 
aylanishi uchun xizmat qiladi. Milliy istiqlol mafkurasining maqsad 
va vazifalari - har qanday mafkura muayyan maqsadlarga xizmat 
qiladi, bu yo‘lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Bu maqsad va vazifa-


69
lar pirovard natijaga erishishning yo‘llari, vosita va usullarini bel-
gilaydi. Ma’lumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyida-
gilarda namoyon bo‘ladi: odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish; 
shu g‘oya atrofida uyushtirish; g‘oyani amalga oshirish uchun safar-
bar etish; kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantirish; g‘oyaviy 
tarbiyalash; g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; harakat dasturi 
bo‘lish.
Ana shu umumiy jihatlardan tashqari, milliy istiqlol mafku-
rasining mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan o‘ziga xos maqsad va 
vazifalari ham bor. Islom Karimov ta’kidlaganidek,
 
«Xalqni buyuk 
kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda 
yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning 
yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashga 
chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va 
an’analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil 
insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu 
muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish - 
milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir».
1
 
Ushbu maqsad bir-
biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda namoyon bo‘ladigan bir qator vazifa-
larni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bu vazifalarning eng asosiy-
laridan biri mustaqil va erkin tafakkurni shakllantirishdir. Milliy 
istiqlol mafkurasining yana bir vazifasi jamiyatda sog‘lom ma’naviy 
muhit yaratishdan iborat. Bu esa o‘z navbatida, hurfikrli, mutelik va 
jur’atsizlikdan xoli insonni tarbiyalash vazifasi bilan bog‘liq. Faqat 
hurfikrli, o‘z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insongina 
mutelik va jur’atsizliqdan xoli bo‘ladi. Ana shunday insongina ozod 
va obod vatanni barpo etadi, erkin va farovon hayotni yarata oladi. 
Milliy istiqlol mafkurasining umumbashariy tamoyillari - uning 
umuminsoniy mazmunidan kelib chiqadi.
Prezidentimiz Islom Karimov asarlari asosida tayyorlangan 
«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida 
mafkuramiz tayanadigan quyidagi umumbashariy tamoyil va qoidalar 
ko‘rsatilgan: qonun ustuvorligi; inson haq-huquqlari va hurfikrlik; 
turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash; diniy 
bag‘rikenglik; dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik; o‘zga 
1
Каримов
И
.
А

Ватан
равнақи
учун
ҳар
биримиз
масъулмиз

Асарлар
тўплами
. 9-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон
2001. 222-
бет



70
xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish va h.k. Ushbu 
qadriyatlar asosida shakllangan istiqlol mafkurasi, o‘z mohiyatiga 
ko‘ra, xalqaro talablarga, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi 
tamoyillariga mos keladi, ularni milliy darajada namoyon bo‘lishi 
uchun imkon yaratadi. Shu bilan birga, u mamlakatimizda yasha-
yotgan barcha millat va elat, din va qatlam vakillarining umumiy 
maqsad-muddaolarini ifodalaydi, xalqimiz o‘tmishi va kelajagini bir-
biri bilan bog‘laydi, uning azaliy orzu-istaklarini amalga oshirishga 
xizmat qiladi. Bu esa mazkur mafkuraning jahondagi demokratik 
jarayonlar, tinchlik va barqarorlik, inson huquqlari va vijdon erkinligi 
kabi umumbashariy qadriyatlar mazmuniga mosligini ko‘rsatadi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish