3.4. Ta’lim-tarbiyaning shaxs ma’naviyatini
shakllantirishdagi roli
Ma’naviy
tarbiya
muayyan shaxs, jamoa, muayyan guruh, ja-
miyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, ma’naviy yetuk-
lik kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta’lim-tarbiya
jarayonini ifodalaydi. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur
bo‘lgan ma’naviy xususiyatlarni tarbiyalash uning eng asosiy qadriyat
sifatidagi mohiyatini ta’minlaydigan qadimgi va abadiy qadriyatdir.
Ma’naviy tarbiya masalasida hushyorlik va sezgirlik, qat’iyat va
mas’uliyat yo‘qotilsa, bu o‘ta muhim ish o‘z holiga, o‘zibo‘larchilik-
ka tashlab qo‘yilsa, muqaddas qadriyatlarga yo‘g‘rilgan va ulardan
oziqlangan minglab yillik milliy-etnik asoslarga ega millat ma’na-
viyati va tarixiy xotirasidan ayrilib, oxir-oqibatda umumbashariy
taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishi mumkin. O‘zbekistonning
taraqqiyot dasturi, uzoq va davomli maqsadlarni belgilashda xalqning
moddiy va ma’naviy olamini yuksaltirish, yosh avlodni ajdodlar qol-
dirgan o‘lmas merosni chuqur o‘rganish, anglash, qadrlash bilan
birga, umumbashariy qadriyatlar, zamonaviy ilm-fan cho‘qqilarini
egallash ruhida tarbiyalash masalasi ustuvor vazifa qilib olingan.
Chunki ertaga kattalar o‘rnini bosadigan yoshlar aynan shunday
oziqlangan zaminda voyaga yetgan taqdirdagina komil insonlar
bo‘lib, haqiqiy tayanch va suyanchga, yengilmas ma’naviy kuchga
aylanib, jahon maydonlarida har qanday bellashuv va sinovlarga
tayyor tura oladilar. Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydi-
71
gan qadriyatlar ma’naviy tarbiya tufayli ajdodlardan asta-sekin
tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi.
Ma’naviy tarbiya atamasi keng ma’noda inson shaxsini shakl-
lantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy
hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy
ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bun-
day tushunishda ma’naviy tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va
yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki
butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino,
radio, televideniye, ommaviy axborot vositalari va boshqa faoliyatni
ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi ma’naviy tarbiya
tarkibiga bu sohada ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi. Tor ma’no-
da, ma’naviy tarbiya muayyan shaxsning ma’naviy rivoji, dunyoqara-
shi, axloqiy qiyofasi, estetik didini o‘stirishga yo‘naltirilgan pedago-
gik faoliyatni anglatadi. Bunday ma’naviy tarbiya oila, tarbiyaviy
muassasalar hamda jamoat tashkilotlari doirasida amalga oshiriladi.
Har qanday ma’naviy tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq
holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki ta’lim va ma’lumot olish jara-
yonida shaxsning bilimi ko‘payibgina qolmay, balki ma’naviy-
axloqiy sifatlarining qaror topishi ham tezlashadi. Shu bois ota-
bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim-
tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti
hamda garovi deb bilganlar.
Prezidentimiz ta’kidlagani kabi «Ta’lim-tarbiya - ong mahsuli,
lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan,
ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim
omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni
o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘y-
lanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab, ta’lim-
tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonuni-
mizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik,
butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan
umummilliy masaladir»
1
.
«Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning «Tarbiya
biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo
falokat masalasidir» degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman.
1
Каримов
И
.
А
.
Юксак
маънавият
–
енгилмас
куч
.
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 61-
бет
.
72
Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida
millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi
vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va
dolzarb ahamiyat kasb etadi»
1
.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda ma’naviy tarbiyani amalga
oshiradigan o‘quv muassasalari va umumta’lim maktablarining mod-
diy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish eng
muhim va jiddiy masalaga aylandi.
«Shu maqsadda yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining
uzviy va mantiqiy davomi bo‘lmish
2004-2009-yillarda Maktab
ta’limini rivojlantirish umummilliy Davlat dasturi qabul qilindi.
Ushbu dasturga muvofiq, yurtimizda mavjud bo‘lgan o‘n
mingga yaqin umumta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, ta’lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashti-
rish, o‘qituvchilarning mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish
bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, oxirgi-yillarda ta’lim-tarbiya sohasida
amalga oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz
ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo‘lmay-
digan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy
yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak hech qanday xato
bo‘lmaydi»
2
.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, ma’naviy tarbiya har
qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadi. Chunki uning o‘sishi va taraqqiyoti uchun moddiy va ma’naviy
boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim.
Buning uchun yosh avlod ushbu boyliklarni yaratishda o‘z ajdod-
laridan yuqori darajaga ko‘tarilmog‘i darkor. Jamiyat taraqqiyotining
turli davrlarida ma’naviy tarbiya turlicha izohlab kelingan.
Sobiq ittifoq davrida hukmron mafkura ma’naviy tarbiyaga
sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan, bu jara-
yonda milliy xususiyatlar deyarli hisobga olinmagan edi. O‘zbekiston
istiqlolga erishgach, ma’naviy tarbiyaga bog‘liq jarayonlarga yangi
hamda sog‘lom tafakkurga tayangan holda qarash qaror topa boshladi.
Uni izohlashda g‘ayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz
1
Каримов
И
.
А
.
Юксак
маънавият
–
енгилмас
куч
.
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 62-
бет
.
2
Ўша
асар
, 64-
бет
.
73
kechildi. Ma’naviy tarbiyaning milliy va umuminsoniy asoslariga alo-
hida e’tibor qaratilmoqda. Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni
tarbiyalash masalasi bugungi O‘zbekiston uchun umummilliy, umum-
davlat miqyosidagi vazifa bo‘lib, bu ezgu maqsad yo‘lida amalga
oshirilayotgan ishlarni izchillik va qat’iylik bilan davom ettirish maz-
kur sohadagi asosiy mezonga aylandi.
Bu borada jamiyatni doimiy harakatga keltirib turadigan kuch -
milliy g‘oya, milliy manfaatga xizmat qiladigan qadriyatlarni, ilg‘or
demokratik qoida va tushunchalarni aniq-ravshan tasavvur etish,
ularni o‘rganish, borini asrab-avaylash, boyitish, rivojlantirish, xalqni,
avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ana shu bilim va ko‘nikmalar
bilan tarbiyalash - ma’naviy tarbiya sohasidagi eng ustuvor vazifa
hisoblanadi.
Masalani bu tarzda qo‘yilishining asosiy sababi shundaki, bu-
gungi yoshlar nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio, televideniye,
matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va
ma’lumotlarni olmoqdalar. Yoshlarga Internetdan, axborotlardan foy-
dalanish, axborot iste’moli madaniyatini o‘rgatishda dunyoning qaysi
burchagidan qanday ma’lumot kelmasin, qanday ma’naviy tajovuz
tahdid solmasin, har qanday holatda ham ma’naviy-ruhiy jihatdan
ogoh va hushyor turadigan, turli axborot xurujlaridan o‘zlarini yo‘qo-
tib qo‘ymaydigan barkamol shaxslarni shakllantirish bu sohadagi
ma’naviy tarbiyaning asosiy mezoni bo‘lmog‘i lozim.
Shu boisdan ham o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviy tarbiya-
siga javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi doimo oila, mahalla,
maktab va ta’lim muassasalari, umuman, barchaning diqqat
markazida turmog‘i lozim. Yoshlarni ham jismoniy, ham ma’naviy
jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashda zamonaviy tibbiyot, pedagogika,
psixologiya fanlari tavsiyalarini har bir oilada joriy qilish ayniqsa,
zarur. Har bir oila, ota-ona, eng avvalo, bola timsolida shaxsni
ko‘rishi, uning uchun shaxsga tegishli barcha huquq va erkinliklarni
ta’minlashi borasida o‘zining mas’ul ekanligini doimo his etib turishi
nihoyatda muhim. Istiqlol yillarida kamdan-kam mamlakatda mavjud
bo‘lgan noyob idora - mahalla ham milliy-ma’naviy qadriyatlarni
asrab-avaylashda, el-yurt tinchligi va osoyishtaligini mustahkam-
lashda, yoshlarning ma’naviy tarbiyasi va ularni komil inson etib
tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
74
Dunyoning pastu balandini ko‘rgan mahalla oqsoqollari, ulug‘
yoshli onaxonlar o‘zlarining hayot tajribasi bilan yoshlarga ma’naviy
tarbiya va saboq berib, xalq an’analari davomiyligini asrab-avaylab
kelayotgani ibratlidir. Bunda mahallaga xos hayot tarzi va turmush
madaniyati, qo‘ni-ko‘shni va mahalla-ko‘y o‘rtasidagi munosabatlar-
ning ta’siri katta. Xullas, ma’naviy tarbiyaning qirralari juda ko‘p.
Ma’naviy tarbiyada milliy g‘oya, milliy g‘ururni yuksaltirishga
xizmat qiladigan timsollar, ramzlarning har biri - katta bir darslik,
kuchli tarbiya vositasi hisoblanadi.
Bundan tashqari, buyuk ajdodlar tavallud sanalarini nishonlash
ham ma’naviy va tarixiy ahamiyatga ega. Bunday marosimlarni o‘tka-
zish orqali yoshlar yangi qadriyatlar asosida tarbiyalanadi, ular qal-
biga tarixni anglash va qadrlash, o‘tmishga hurmat bilan yondashish,
ularni asrab-avaylash, shu xalqqa mansubligi bilan g‘ururlanish tuy-
g‘ulari singdiriladi. Umuman olganda, ma’naviy jihatdan yaxshi tarbi-
ya olgan shaxs o‘z aqli, tafakkuri, mehnati, mas’uliyati bilan ongli
ravishda, ozod va hur fikrli inson bo‘lib yashaydi.
Ma’naviyat nisbatan umumiy bo‘lgan ijtimoiy baholar, me’yorlar,
mo‘ljallar, ideallar majmuyi sifatida, urf-odat va qabul qilingan rasm-
rusumlar hamda kishilar o‘rtasidagi mafkuraviy munosabatlar, ya’ni
ma’naviy madaniyat va ma’naviy muhit sifatida boshqa ijtimoiy
munosabatlarga, alohida shaxslar va guruhlar xulq-atvoriga, faoliya-
tiga cheklash yoki rag‘batlash, undash orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’naviyat eng avvalo, millatni, milliy madaniyatni, milliy turmush
tarzini muhofaza qiladi. U ijtimoiy-madaniy filtr vazifasini bajaradi va
milliy an’analarga yot, milliylikka putur yetkazuvchi, millatning
axloqiy, estetik, falsafiy qarashlariga, iymon-e’tiqodiga, adolat va
haqiqat to‘g‘risidagi tasavvurlariga mos kelmaydigan narsalarni qabul
qilmaslikka, aksincha, ularni siqib chiqarishga harakat qiladi hamda
milliy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan o‘zga xalqlarning yutuklarini,
tajribasini o‘zlashtirishga intiladi. Milliy turmush tarzini muhofaza
qilishga va rivojlantirishga kuchi yetmasa, inqirozga uchraydi.
Demak, ma’naviyat millat ichki dunyosining, qarashlarining va
qadriyatlarining voqeligi bo‘libgina qolmasdan, ularning yashovcha-
nlik darajasi, o‘z-o‘zini muhofaza qila olish va rivojlanish kuchini
namoyon etadi.
Shu boisdan ma’naviyat madaniy merosga, tarixiy an’analarga, diniy
va fuqaroviy urf-odatlarga nihoyatda g‘amxo‘rlik bilan yondashadi,
75
ularning unutilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Moddiy foydalilik yuksak
ma’naviyat uchun birinchi darajali emas. Ushbu ma’noda
ma’naviyat
hayotga, turmushga, ijtimoiy munosabatlarga va muammolarga,
o‘tmish va kelajakka oid hodisalarga keng miqyosda ijtimoiy-
madaniy mo‘ljallar nuqtayi nazaridan baho beradi hamda bu
baholarning mezonlari va me’yorlarini belgilaydi.
Ma’naviyat shunday me’yoriy (normativ) xossaga egaki, unga mos
ravishda jamiyatda narsa va hodisalarga, ijtimoiy aloqalarga nisbatan
muayyan munosabat shakllanadi. Bu me’yorlarga mos keladigan
hodisalarga, xatti-harakatlarga biz ijobiy munosabatda bo‘lamiz,
ularni ma’qullaymiz, imkon topilsa, amalda qo‘llab-quvvatlaymiz. Va
aksincha, ma’naviyatimizga mos kelmaydigan hodisalarni, xatti-
harakatlarni qoralaymiz va h.k.
Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Har qaysi millat yoki xalqning
ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o‘sib kelayotgan
farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi»
1
.
Ma’naviyatning me’yoriy xarakteri bizning u yoki bu hayotiy
pozitsiyani egallashimizni anglatadi. Ma’naviyat qanchalik boy va
rivojlangan bo‘lsa, uning me’yoriylik xossalari ham shunchalik erkin,
boy va rang-baranglik kasb etadi. Boy ma’naviyat turlicha fikrlarni,
qarashlarni, yondashuvlarni taqozo etadi, ammo ulardagi farqlardan
qat’iy nazar, albatta, ijtimoiy faollikni bildiradi. Ma’naviyat qancha
qashshoq bo‘lsa, u shunchalik fanatizmga moyil, o‘zgacha qarash-
larga va yondashuvlarga murosasiz, kazarmacha bir xillikni qaror
toptirishga harakat qiladi.
Millatning ma’naviyati hech bir shaxs, hech bir ijtimoiy guruh
tomonidan to‘laligicha o‘zlashtirilmaydi, Kishilarning va guruhlar-
ning amaliy faoliyatida ma’naviyatning faqat o‘zlashtirilgan qismi-
gina ro‘yobga chiqadi. O‘zlashtirilmagan ma’naviyat, tabiiyki, o‘zi-
ning me’yoriy va boshqa xislatlarini yuzaga chiqara olmaydi.
Ma’naviyatning me’yoriy xarakteri birinchi navbatda cheklashda
emas, balki muayyan faoliyatga, ya’ni ijodkorlikka, yaratuvchilikka
undashda namoyon bo‘ladi. Ma’naviyati boy xalqning rag‘bati o‘zini
tiyishga, kamsuqum bo‘lib turg‘unlikka intilishga emas, balki ijodkor-
likka, turmushni yangilashga, yanada ilg‘or yutuqlarni qo‘lga kiri-
1
Ислом
Каримов
.
Юксак
маънавият
-
енгилмас
куч
.
Т
.: «
Маънавият
», 2008
й
., 29-6.
76
tishga qaratilganligidadir. Boshqacha qilib aytganda, taraqqiyotga
rag‘bat asl ma’naviyatning me’yori, ijtimoiy mo‘ljalidir.
Ma’naviyat o‘zining muhofaza qilish, tanlash, cheklash, baho-
lash, undash kabi me’yorlash xossalaridan kelib chiqib, har qanday
alohida olingan qadriyatlarning, shu jumladan chetdan qabul qilingan
yutuqlardan ham muayyan tarzda foydalanishni taqozo etadi va
jamiyat a’zolarining ijtimoiy xulq-atvorini belgilaydi.
Ma’naviyatning ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) millatni muhofaza qilish;
b) o‘tmishga, bugunga va kelajakka oid hodisalarga baho berish,
bu baholarning mezonlari va me’yorlarini belgilash (aksiologik
vazifa);
v) jamiyatni va alohida shaxslarni muayyan hayotiy pozitsiyani
egallashga undash;
g) millatni taraqqiyotga, alohida shaxsni takomillashishga
rag‘batlantirish;
d) insonning o‘z shaxsiyati bilan ayniyatda yashashini, inson
tabiatini rivojlanishi, takomillashishini ta’minlash;
e) kishilar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga
solish (axloqiy va huquqiy me’yorlar orqali);
j) insonning tabiat va jamiyat bilan uyg‘unligini ta’minlash.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |