Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Ma’naviy qadriyatlar – 
Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat 
- yengilmas kuch» asarida har tomonlama va chuqur ta’riflab berilgan. 
Inson ma’naviyati va axloqiy qiyofasiga daxldor bo‘lib, jamiyat 
a’zolarini tarbiyalashga, ularning ma’naviy barkamolligini ta’min-
lashga xizmat qiladigan qadriyatlar tizimini ifodalovchi tushuncha 
ma’naviy qadriyatlar hisoblanadi (masalan, urf-odatlar, an’analar, Va-
tanni sevish, o‘z xalqi va millatini hurmat qilish, ota-onasini e’zoz-
lash, tinchlik va totuvlikni saqlash va h.k.). Ma’naviy qadriyatlar 
muayyan sharoitlarda shakllanadi va shu ma’noda milliy muhit ularni 
yaratish hamda saralashning asosiy manbayidir. Ma’naviy qadriyat-
larni anglash kishining o‘z millati, yurti, eliga tegishli qadriyatlarni 
asrab-avaylashga xizmat qiladi, o‘ziga ishonch va hurmatni mustah-
kamlaydi, Vatan istiqboliga katta umid bilan qarashga undaydi. 
Muayyan millat ma’naviy qadriyatlarni qanchalik asrab-avaylasa, 
uning taraqqiyotida ma’naviy va moddiy omillar uyg‘unligi shun-


57
chalik mustahkam va barqaror bo‘ladi. Fanda ma’naviy qadriyatlar-
ning qator funksiyalari o‘rganiladi. Ular avvalo, jamiyat a’zolarini 
o‘zini o‘zi tarbiyalashga, ajdodlardan meros qolgan qadriyatlar va 
ideallarga munosib bo‘lishga undaydi. Bu jarayonda ikki xil holat 
kuzatiladi. Birinchisida ma’naviy qadriyatlar jamiyat a’zolari 
tomonidan ongli tarzda yaratiladi, ya’ni odamlar o‘zlarida mavjud 
bo‘lgan ma’naviy me’yorlar va mezonlar haqidagi tushunchalar 
asosida ularga mos keladigan qadriyat va ideallarni yaratadi. Bunday 
sa’y-harakatlar jamiyat a’zolarining ma’naviy faolligini oshiradi, 
izlash, izlanish va yaratuvchanlikka chorlaydi. Ikkinchi holatda esa, 
jamiyat a’zolari tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, turli urf-odatlar yoki 
boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar jarayonida olingan taassurotlar 
ham ma’naviy qadriyatlarning takomillashuviga xizmat qiladi. 
Ma’naviy qadriyatlarning shakllanishida har ikki holatning ta’siri 
kuzatiladi. Ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy ong shakllariga mos 
keladigan madaniy, ma’rifiy, axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy va boshqa 
turlarga bo‘linadi. Ular insonning aqli, kamoloti, dunyoni bilish 
maqsadi, bilimlarining haqiqatga moc kelish darajasini aniqlash 
mezoni yoki biror ideal tarzida ham namoyon bo‘ladi. Ma’naviy 
qadriyatlarning inson tarbiyasi va jamiyatdagi o‘rniga doir asosiy 
funksiyasi ham ana shular bilan bog‘liq. Ma’naviy qadriyatlarning 
yana bir muhim jihati shuki, ularning ba’zilari insoniyat tarixi 
davomida asta-sekin shakllanadi va takomillashib boradi. Ularning 
miqdori va sifatining ortishi jamiyat a’zolarining tafakkur 
darajasining yuksalishi hamda insoniyat taraqqiyoti qanchalik 
ilgarilab ketganining ko‘rsatkichi hamdir. Masalan, uzoq o‘tmishda 
ba’zi qadriyatlar, gazeta, radio, televidiniye to‘g‘risida umuman 
tasavvur bo‘lgan emas. Bunday yangi ma’naviy qadriyatlar asrlar 
davomida shakllanib, takomillashib, boyib borgan. Ma’naviy 
qadriyatlar va qadriyat mezonlari millat ma’naviyati va unga mansub 
kishilarning xulq-atvorini tartibga solish va to‘g‘ri yo‘naltirish funk-
siyasini ham bajaradi. Bunday o‘ziga xos ma’naviy boshqarishning 
samaradorligiga erishish nihoyatda muhim. Zero, ma’naviy 
qadriyatlari bo‘lmagan millat yo‘q, millat ma’naviy qadriyatlarning 
sohibi, bunyodkori va asrab-avaylab saqlab turuvchisidir. Agar har bir 
millat o‘z ma’naviy qadriyatlarini asramasa, bu qadriyatlarning saqla-
nib qolishi qiyin. Millatning tanazzuli ma’naviy qadriyatlarni unu-


58
tishdir, ma’naviy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, buguni, 
kelajagi, urf-odat va an’analari, uni tashkil etgan avlodlar tafakkuri, 
ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til hamda milliy madaniyat bilan uzviy 
bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi bilan mamlakatimizda
ma’naviy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi. Zero, ma’naviy qadriyatlar 
mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning irodasini mustahkam qiladi-
gan, unga kuch bag‘ishlaydigan asosiy omillardan biridir. Xalqimiz-
ning asrlardan asrlarga meros bo‘lib kelayotgan ma’naviy qadriyatlari 
uzoq tarixiy jarayonda shakllanib, rivojlanib kelgan. Aniqrog‘i, uch 
ming yildan ziyodroq davrni qamragan xalqimiz tarixi davomida 
yaratilgan. Bizning ma’naviy qadriyatlarimiz ana shu taraqqiyotga 
uzviy bog‘liq bo‘lib, ular millatimiz shakllangan makon va ona yurtga 
ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, muomalada 
mulozamat, hayo, andisha kabi ko‘plab tushunchalarda ifodalangan. 
Ma’naviy qadriyatlarimizda jahonning boshqa xalqlariga o‘xshamay-
digan urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an’analar ko‘plab 
uchraydi. Sobiq tuzum sharoitida ma’naviy qadriyatlar masalasi ko‘p
 
hollarda e’tibordan chetda qolib ketgan edi. Mustaqillik tufayli haqi-
qiy ma’naviy qadriyatlarimizni, ularning jamiyat ijtimoiy, ma’naviy-
ma’rifiy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini anglash, ulug‘ ajdodla-
rimizning ma’naviy, ilmiy merosini o‘zlashtirish, farzandlarimizni 
ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalab voyaga yetkazish, ana shu 
bebaho boylikni asrab-avaylash va boyitgan holda kelgusi avlodlarga 
bekamu ko‘st yetkazish imkoniyati yaratildi. Bu esa ma’naviy qadri-
yatlar boqiyligi va davomiyligini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish