Manaviyat asoslari Lotin pv doc


«Har qaysi xalq yoki millatning ma’navi-



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 «Har qaysi xalq yoki millatning ma’navi-
yatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy 
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, 
tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yod-
gorliklar eng muhim omillardan bo‘lib xizmat qiladi»
1
.
Shu-
ningdek, ma’naviy meros bir vaqtning o‘zida millat, davlat, mintaqa 
va butun insoniyatga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Imom 
Buxoriy va Imom Termiziyning diniy-ma’rifiy merosi, Abu Ali ibn 
Sinoning tibbiyotga oid yoki Mirzo Ulug‘bekning astronomiyaga doir 
kashfiyotlari nafaqat millatimiz va mintaqamizda istiqomat qilayotgan 
xalqlar, balki jahon sivilizatsiyasi, madaniyatidan o‘rin olgan bebaho 
ma’naviy meros hisoblanadi.
Ma’naviy meros moddiy merosdan farqli ravishda olamda va 
insonning ichki dunyosida ro‘y bergan, berayotgan yoki berishi mum-
kin bo‘lgan intellektual va psixologik holatlar, xatti-harakatlar amaliy 
faoliyat va uning natijalarini anglashga keng imkoniyatlar yaratishi 
bilan qadrlidir. Shu bilan birgalikda, ma’naviy merosni moddiy 
merosga qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki bizgacha yetib kel-
gan moddiy meros insonning ongiga ta’siri nuqtayi nazaridan ayni 
vaqtda ma’naviy merosga aylanishi ham mumkin. Masalan, uzoq 
1
Каримов
И
.
А

Юксак
маънавият
-
енгилмас
куч

Т
.: «
Маънавият
» 2008. 29-30 
бетлар



52
o‘tmishda yaratilgan va bizga qadar yetib kelgan tarixiy obidalar 
moddiy merosga mansub bo‘lsada, ulardagi muhandislik, bezak 
ishlari, qurilish tarixi va unga oid ashyolarning tayyorlanishi, 
bunyodkorlari va boshqa jihatlariga ko‘ra ma’naviy merosga aylanadi. 
Xuddi shuningdek, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish texnologiyalari 
va uskunalari moddiy merosga mansub bo‘lsada, bu boradagi 
an’analarning ajdodlardan avlodlarga o‘tishi ma’naviy meros tarzida 
amalga oshadi.
Shu jihatdan olib qaralganda, insoniyatning yozma manbalarda 
aks etmagan ko‘plab tabiiy ko‘nikmalari ma’naviy meros tarzida 
ajdodlardan avlodlarga o‘tib keladi. Yozuvning paydo bo‘lishi ma’na-
viy merosni saqlash va boyitish yo‘lidagi insoniyat erishgan eng katta 
yutuq hisoblanadi. Yozuv tufayli hozir ilm-fanda inson taraqqiyoti, 
jumladan, ma’naviy merosining besh ming yildan ortiq tarixi, yer va 
koinot jismlarining bir necha million yillik davri haqidagi ma’lumot-
lar jamlangan. Kishilar ongi, ichki dunyosi, tafakkur tarzi, his-tuyg‘u-
lariga ta’sir etib, ularni boyitish, rivojlantirish, yangi g‘oyaviy yo‘na-
lishlarga boshlashi ma’naviy merosning asl mohiyatini ifodalaydi. 
Shuningdek, bugungi kunda ma’naviy merosning odamlar hayot 
tarziga chuqur ta’sir etadigan qadriyat sifatidagi ahamiyati ham tobora 
yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
I.A. Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» 
asarida ta’kidlanganidek, «Sharq olamida, jumladan, o‘zimizning 
O‘rta Osiyo sharoitida jamoa bo‘lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim 
ahamiyat kasb etadi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-
birini qo‘llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tug‘diradi. Shu 
ma’noda xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan 
bo‘lsak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida 
shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir 
qismi sifatida namoyon bo‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni 
ko‘ramiz.
Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-
shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan 
boyitadigan va to‘ldiradigan xususiyatlarni olaylik. Qanchalik g‘alati 
tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o‘zi 
mushkul bir muammo. 
Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyo-
qarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu 


53
shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning, ma’naviy 
merosning amaliy ifodasidir.
Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushun-
chasini oladigan bo‘lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy 
ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu avvalo, insonning inson bilan, 
qo‘shnining qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila 
bilan, eng muhimi shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, 
yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga saxovat 
ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi va bunday 
xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim 
inkor eta olmaydi».
1
Demak, bunday qadriyatlar asrlardan asrlarga ma’naviy meros 
sifatida o‘tib kelayotir. Shu jihatdan olib qaraganda, jamiyat tafakku-
ridagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qad-
riyatlar, dunyoqarash, urf-odatlar, an’analar va munosabatlar kelajak 
avlodning ma’naviy merosini belgilaydi. Madaniy qadriyatlar va ma’-
naviy meros ming yillar mobaynida xalqimiz uchun qudratli 
ma’naviyat manbayi sifatida xizmat qilib kelgan.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomo-
nidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho 
ma’naviy va madaniy merosni qayta tiklash davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarildi.
Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz 
nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri 
bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproq-
dan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, 
sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari 
mana shu zaminda yaratilgan, sayqal toptan.
Milodgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, 
shu kungacha ko‘rku fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori-
atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmand-
chilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘l-
ganidan dalolat beradi. Davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimiy 
toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida 
saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan 
tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, 
1
Каримов
И
.
А

Юксак
маънавият
-
енгилмас
куч

Т
.: «
Маънавият
» 2008. 7-9 
бетлар



54
fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n 
minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir.
Xalqimizning haqiqiy ma’naviy merosi bo‘lmish iymon, insof, 
mehr-oqibat, andisha, or-nomus, kattaga hurmat, kichikka izzat, meh-
mondo‘stlik, yurtga va xalqqa sadoqat kabi fazilatlarini asrab-avay-
lab, kelajak avlodning qon-qoniga singdirish jamiyat kundalik 
hayotida doimo ustuvorlik kasb etishi to‘g‘risida so‘z ketar ekan, 
avvalambor, dindorlar, din peshvolari bilan yaqindan hamkorlikda, 
hamjihatlikda ish olib borish zaruriyati hisobga olinishi kerak bo‘ladi.
Insonning ruhiy poklanishi, axloqiy tarbiyasi, el-yurt tinchligini 
o‘ylashi, osoyishta faoliyat yuritishi va millatlar totuvligini saqlashi 
bilan bog‘liq qadriyatlarni ifodalovchi ma’naviy merosni o‘zlashti-
rishda din bilimdonlarining o‘rni o‘ziga xosdir.
Bundan tashqari, diyorimiz xalqi qadim zamonlardan o‘zlariga 
ma’lum bo‘lgan insoniyat bilan hamfikr bo‘lib keldilar, yaqindan 
aloqa bog‘lab yashadilar. Bunga ko‘plab misollar bor. Osiyoning 
qa’ridan Yaqin Sharqqa, Yevropa va Afrikaga olib boradigan Buyuk 
Ipak yo‘li, butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar, 
Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva singari davlat va shaharlar 
yaratuvchilari bo‘lmish ulug‘ ajdodlarimizning ijodiyoti o‘zining 
ulug‘vorligi va go‘zalligi bilan hozirgacha dunyoni lol qoldirgan 
ma’naviy meroslardir.
Prezident Islom Karimov ajdodlarimizning ruhi poklari va urf-
odatlari, bizning eng yaxshi an’analarimiz, ma’naviy merosning qayta 
tiklanishi, islohotlarning muvaffaqiyatga erishishi, mamlakatimiz 
taraqqiyotining muhim omillari ekanini alohida ta’kidlagan. Ma’lum-
ki, asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatpar-
varlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom 
dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. O‘z navbatida, bu 
falsafiy-axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib 
bordi. Bugun yaratilayotgan ma’naviy merosimiz ana shu falsafaga 
uyg‘un holda Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshband, 
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, 
Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning 
dono fikrlariga uyg‘un holda shakllanishi lozim. O‘zbekiston xalqi 
minglab-yillar davomida barpo etilgan ulkan ma’naviy me’ros bilan 
faxrlanadi. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, 


55
Termizning noyob tarixiy yodgorliklari, Buyuk Sharq mutafakkirlari 
al-Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, al-
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, 
Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur acarlari milliy- ma’naviy 
merosgina emas butun bashariyatning bebaho mulki hamdir.
Shunday qilib, madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutu-
g‘i jamiyat va inson ma’naviyatining rivojlanishida, ma’naviy 
barkamol avlodni voyaga yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning 
uchun mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq o‘tmishdan qolgan 
ma’naviy meroslarimizni tiklashga qat’iyan kirishildi. Mustaqilligi-
mizning o‘tgan yillari davomida ana shu boy merosimizni o‘zlash-
tirish orqali chinakam milliy tiklanishga erishdik. Millatimiz o‘zining 
haqiqiy ma’naviy qiyofasiga ega bo‘ldi. Ammo bu borada hali oldi-
mizda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan juda katta vazifalar turibdi. 
Ana shulardan biri hozircha bizga noma’lum, ammo dunyoning turli 
mamlakatlarida saqlanayotgan, jahon sivilizatsiyasida munosib o‘rin 
egallab kelgan juda ko‘p moddiy va ma’naviy merosimizni o‘z 
Vatanimizga keltirishimiz, ularni o‘rganishimiz, dunyoqarashimiz va 
ma’naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz lozimligidir. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish