Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
 
4.2. Taraqqiyotning «o‘zbek modeli» tushunchasi 
 
Insoniyat XX asr davomida ilm-fanda, ijtimoiy taraqqiyotda 
misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Ammo
aynan shu 
asrda ikki marta jahon urushini, bir qancha inqiloblarni, bolshevizm 
va fashizm balolarini, kurrai zaminga, tiriklikka xavf solgan ikki 
qarama-qarshi siyosiy tuzumlar o‘rtasidagi harbiy-yadroviy raqobatni 
boshidan kechirdi. 
XX asrning o‘ziga xos qiyofasini, insoniyat tarixidagi ahami-
yatini belgilovchi xususiyatlaridan biri bu mustamlakachilik tuzumi-
ning kapitalistik va sotsialistik ko‘rinishlarining yemirilishidir. 
Mustaqillikka erishgan mamlakatlarning hammasi ham bir xil 
sur’atlarda rivojlanayotgani yo‘q. Ularning ayrimlari ijtimoiy taraq-
qiyotning qudratli oqimiga tushib oldi, ko‘pchiligi turli iqtisodiy 
qiyinchiliklarga duch kelmoqda, ba’zi birlari haligacha qashshoq-
likdan chiqa olmayapti. Yuksak sur’atlarda rivojlanayotgan mamla-
katlarning xoh u sobiq mustabid, xoh sobiq mustamlaka mamlakat 
bo‘lsin, tajribasi o‘rganilganda, ularning har biri taraqqiyotning o‘z 
milliy modelini yaratganini ko‘ramiz. Bugun «shved modeli», «yapon 
modeli», «Janubiy Koreya modeli» va shu kabi atamalarni uchratish 
mumkin. 
Sobiq sovet mustabidligidan xalos bo‘lgan mamlakatlar ham 
mustaqil taraqqiyotning o‘zlariga ma’qul shakllarini izlab topishga 
harakat qilmoqdalar. Sobiq sovet respublikalarining ijtimoiy-siyosiy, 


81
iqtisodiy vaziyati, rivojlanish sur’atlari, tabiiyki bir xil emas. Buning 
albatta, har xil sabablari bor. Ularning barchasida deyarli ko‘pmulk-
chilikka tayangan bozor iqtisodiyotini joriy qilish, huquqiy demok-
ratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosiy maqsad, 
deb e’lon qilingan bo‘lsada, bu maqsadga erishishning nazariy 
konsepsiyalari, amaliy yo‘llari turlicha tushunilmoqda. Binobarin, 
milliy rivojlanish uchun tanlangan yo‘l, usullar, omillar, vositalar ham 
har xil. Shunday ekan, har qaysi mustaqil mamlakat o‘zi uchun 
rivojlanishning samarali «milliy modeli»ni yaratishga intilishi tabiiy. 
Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston shunday modelni yarata 
olgan mamlakat hisoblanadi. 
Buni jahonda 2008-yilda yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz 
sinovi ham tasdiqladi. 
Milliy taraqqiyot u yoki bu darajada milliy g‘oya bilan bog‘liq. 
Milliy g‘oyasi aniq ifodalanmagan, ya’ni o‘zining eng oliy maqsadi 
va ijtimoiy idealini belgilay olmagan xalq ularga erishish 
mexanizmini (taraqqiyot modelini) ham yarata olmaydi. Bunday 
xalqning taraqqiyoti ko‘p jihatdan stixiyali, umumiy oqimdagi barcha 
tasodiflar va tebranishlar ta’sirida kechadi. 
Aksincha, milliy g‘oya nechog‘li aniq ifodalangan va omma 
ongiga singgan bo‘lsa, u milliy taraqqiyot modelining davlat 
siyosatini belgilovchilar tomonidan shunchalik aniq shakllantirilishiga 
va ongli ravishda qo‘llanilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir, 
shuningdek, keng ommaning mazkur modelga ijobiy hissiy va aqliy 
munosabatda bo‘lishida, unga ixlos bilan qarashida, uni tashabbus 
bilan qabul qilishida, amalda qo‘llab-quvvatlashida namoyon bo‘ladi. 
Aholini, birinchi galda yosh avlodni milliy g‘oya, vatanparvar-
lik, O‘zbekiston bilan faxrlanish, milliy va umumbashariy qadriyat-
larga sodiqlik ruhida tarbiyalashda taraqqiyotning o‘zbek modeli 
mazmunini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, targ‘ib 
etish muhim ahamiyatga ega. Bu bugungi hayotimizga, erishayotgan 
yutuqlarimizga, Prezidentimizning nazariy va amaliy ijodkorligiga 
munosib baho berish, ularning qadriga yetish uchun ham kerak. 
Bundan tashqari, o‘zbek modeli to‘g‘risida mulohaza yuritish, tadqi-
qot olib borish unga o‘z imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishda xa-
laqit berayotgan turli omillarni aniqlashga, ularning ta’sirini kamay-
tirish choralarini ko‘rishga yordam beradi. 


82
Jahonda davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida 
sobiq sovet respublikalari orasida O‘zbekiston o‘zining ijtimoiy-
iqtisodiy barqarorligi va iqtisodiyotining rivojlanishi bilan ajralib 
turibdi. Endilikda chet ellardagi nufuzli iqtisodiy va siyosiy nashr-
larda, olimlar va ekspertlarning maxsus tadqiqot va ma’ruzalarida, 
siyosiy arboblar nutqlarida «Taraqqiyotning o‘zbek modeli» iborasi 
tez-tez uchray boshladi. 
O‘zbek modelining nazariy konseptual asoslari Prezident Islom 
Karimov asarlarida o‘z aksini topgan. O‘zbek modelining ko‘pchilik 
boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati shuki, u faqat 
iqtisodiy rivojlanish modeligina emas, balki keng ma’noda milliy 
tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modeli hamdir. Shu sababdan u 
iqtisodiyot bilan bir qatorda davlat va jamiyat qurilishi, ijtimoiy hayot 
va ma’naviyatni ham qamrab oladi. 
O‘zbek modeli tushunchasi, avvalo, O‘zbekistonning mustaqil 
milliy taraqqiyoti qanday bo‘lishi lozimligini asoslaydigan, uni 
muayyan maqsadlarga yo‘naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar 
va mo‘ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga 
qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi (davlat 
siyosati deganda hokimiyatning bo‘g‘ini faoliyati nazarda 
tutilmoqda). 
Demak, taraqqiyot modeli o‘zining nazariy va amaliy asoslariga 
ega. Taraqqiyot modelining nazariy tomoni mamlakatning yuzaga 
chiqqan va potensial imkoniyatlari, ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanish darajasi, infratuzilmasi holati, tabiiy boyliklari, 
demografik vaziyati, aholining ongi, bilimi, kasbiy salohiyati va 
hokazolar hisobga olingan holda rivojlanish konsepsiyasini, oddiy til 
bilan aytganda, ushbu mamlakatga mos va xos yo‘lni asoslaydi. U bir 
necha nisbatan mustaqil yo‘nalishlardan iborat: iqtisodiy siyosat 
tamoyillari va makroiqtisodiy nazariya; davlat qurilishi va jamiyatni 
demokratlashtirish tamoyillari, me’yorlari, baholari; mulkdorlar 
sinfini shakllantirish va ijtimoiy stratifikatsiyani (jamiyatning 
ijtimoiy-sinfiy, tabaqaviy tuzilmasini) takomillashtirish tamoyillari; 
milliy g‘oya, milliy mafkura konsepsiyasi va ma’naviy-madaniy
rivojlanish masalalari; tashqi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar 
tamoyillari va hokazo. 
Modelning amaliy tomoni ham bir necha yo‘nalishlarga ega: 


83
– islohotlarning huquqiy bazasini yaratish va mustahkamlashga 
qaratilgan davlat siyosati; 
– nazariy xulosalarni, mo‘ljallarni amalga oshirish yuzasidan 
hukumatning tashkilotchilik ishlari va aniq mexanizmini o‘zida aks 
ettirgan farmonlar, qarorlar, maqsadli dasturlar (shu jumladan, sano-
atni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa dasturlar) qabul qilishi; 
– bevosita ularning hayotga tatbiq etilishi; ya’ni amaldagi inves-
titsiya siyosati; soliq siyosati; moliya-kredit siyosati; iqtisodiy-tuzil-
maviy siyosat; fond bozorini, qimmatli qog‘ozlar bozorini shakl-
lantirish va rivojlantirish; iste’mol bozoriga ta’sir ko‘rsatish va sh. k; 
– farmonlar, hukumat qarorlarining to‘g‘riligiga odamlarni 
ishontirish, ularni birlashtirish, ularda eski tuzum inertsiyasini engib 
o‘ta oladigan iroda hosil qilish borasidagi targ‘ibiy-tashviqiy va 
tarbiyaviy ishlar. 
Nazariy jihatdan puxta va to‘g‘ri asoslanmagan siyosat xatolar-
dan xoli bo‘lmaydi, jamiyatning hamma tomonlari nisbatan uyg‘un 
rivojlanishini ta’minlay olmaydi. Bunday holda rivojlanishning 
busbutun shakllangan milliy modeli vujudga kelmaydi, va aksincha, 
puxta va qat’iy amaliy siyosat bilan mustahkamlanmagan nazariy 
xulosalar va mo‘ljallar esa ma’rifiylik, targ‘ibot darajasida qolib 
ketaveradi. Bunday holda ham model vujudga kelmaydi. 
Xo‘sh, o‘zbek modelining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda 
ko‘rinadi? 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, iqtisodiy taraqqiyot masa-
lalari bilan bir vaqtning o‘zida milliy davlatchiligini va madaniy-
ma’naviy merosini tiklash, rivojlantirish, jamiyatning ijtimoiy-sinfiy 
tuzilmasini takomillashtirish va mustaqil rivojlanish talab qiladigan 
yangi kadrlar korpusini shakllantirish masalalarini hal qilishi lozim 
bo‘ldi. 
Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, 
Xitoy modellari ko‘proq iqtisodiy modellar edi. Bu modellarda siyo-
siy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlar alohida ajralib turgan emas. Chunki 
mazkur mamlakatlarning birortasida milliy davlatchilikni, madaniy 
merosni va ona tilini tanitish masalasi qun tartibida dolzarb qilib 
qo‘yilgani yo‘q (faqat Janubiy Koreyada davlat qurilishi dolzarb 
bo‘lgan). 


84
Shunday qilib, o‘zbek modeli iqtisodiy jihatlar bilan bir qatorda 
davlat qurilishi, jamiyatni demokratlashtirish; mulkdorlar sinfi va 
o‘rta sinfni shakllantirish, ijtimoiy-sinfiy tuzilmani takomillashtirish 
va kadrlar tayyorlash; madaniy meros va umuman, ma’naviyat bilan 
bog‘liq jihatlarni qamrab oladi. Bu uning o‘ziga xos xususiyatlaridan 
biridir. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, birdaniga taraqqiyot kon-
sepsiyasini va modelini yaratishga kirishdi, o‘z tarixiy an’analariga, 
xalq xo‘jaligining mavjud darajasiga hamda potensial imkoniyatla-
riga, salohiyatiga xos va mos yo‘lni izlay boshladi. Shu bois o‘zbek 
modeli o‘tish davriga xos vazifalarni, ya’ni mustaqillikni mustahkam-
lash, mustaqillik bilan bog‘liq ayrim siyosiy va ijtimoiy institutlarni 
yaratish va takomillashtirish, mulkni xususiylashtirish, makroiqti-
sodiy barqarorlikka erishish kabi «dastlabki» masalalarni hal qilish 
vazifalarini bajardi va endi faol demokratik yangilanishlar va 
mamlakatni modernizatsiya qilishni davom ettirmoqda. 
Siyosiy mustaqillik, ya’ni davlat mustaqilligi milliy mustaqil-
likning ilk shaklidir. Shu bilan bir qatorda, siyosiy mustaqillik milliy 
mustaqillikning boshqa shakllariga erishishda zaruriy shart-sharoit va 
bosh omildir. Faqat davlat mustaqilligiga erishilib, milliy mahsulot, 
milliy daromad qo‘lga kiritilgandagina, milliy manfaatlarga mos 
iqtisodiy va ijtimoiy siyosat olib borish, milliy manfaatlarni ko‘z-
lovchi huquq tizimini shakllantirish, milliy qadriyatlarga, madaniy 
merosga munosabatni ijobiy tomonga o‘zgartirish, ish yuritishni
 
ona 
tiliga ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Shunday imkoniyat vujudga 
kelsada, ammo muammolar o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolavermaydi. 
Buning uchun keng ma’nodagi milliy davlat barpo etilishi lozim. 
Chunki mustamlaka davlatda hokimiyat organlari to‘liq bo‘lmaydi, 
borlari esa mustaqil faoliyat ko‘rsatishga moslashmagan. Masalan, 
sobiq sovet davrida O‘zbekistonda milliy armiya yo‘q edi, 
diplomatlar korpusi shakllanmagan, emissiya bilan shug‘ullanadigan 
banki yo‘q edi. O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning mustaqil 
subyekti emas edi. Davlat idoralari va amaldorlar mustaqil faoliyat 
yuritishga emas, balki Moskva ko‘rsatmalarini bajarishga moslashgan 
edilar. Shu bois o‘zbek modeli davlat qurilishi masalalarini o‘z ichiga 
olmasdan iloji yo‘q edi. 
O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bilan bir vaqtda 


85
mas’uliyatni zimmasiga olib, mustaqil qaror qabul qila oladigan, 
xalqaro munosabatlarda mustaqil ishtirok etib, mamlakatimiz 
manfaatlarini himoya qila oladigan davlat idoralari shakllantirila 
boshlandi. Bu jarayon ham, tabiiyki, bosqichma-bosqich rivojlan-
tirildi. Davlat qurilishi bilan bog‘liq kadrlar masalasini hal qilish 
uchun O‘zbekiston Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi 
akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, qator 
yangi oliy o‘quv yurtlari, harbiy akademiyalar ochildi. Ko‘plab kadr-
lar chet ellarga malaka oshirishga va o‘qishga yuborildi. 
Davlat qurilishi ilgari mavjud qonunlarni, boshqaruv tizimini 
shunchaki takomillashtirishga emas, balki tubdan yangi milliy 
davlatni barpo etishga qaratilgan. Aynan milliy davlat «o‘zbek 
modeli» samarali faoliyat ko‘rsatishini har tomonlama ta’minlovchi 
(huquqiy jihatdan ham, tashkilotchilik jihatdan ham va h. k.) omildir. 
O‘zbek modelida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy jihatlar juda katta 
ahamiyatga ega bo‘lsada, iqtisodiy soha asos va yetakchi hisoblanadi. 
Modelning iqtisodiy qismi o‘tish davrida quyidagi strategik 
yo‘nalishlarni qamrab oldi: 

mulkchilikning turli shakllarini qaror toptirish; ularning teng 
huquqliligini va o‘zaro muvozanatini ta’minlash; 

xalq xo‘jaligida tuzilmaviy o‘zgarishlar qilish; uni xomashyo 
yetkazib berishdan ko‘proq tayyor mahsulot chiqaruvchi tuzilmaga 
aylantirish; 

milliy valyutani barqarorlashtirish va oqibatda uning to‘liq 
konvertatsiyasini ta’minlash; 

bozor infratuzilmasini va munosabatlarini to‘liq vujudga 
keltirish; 

tashkiliy va bunyodkorlik vazifalarini amalga oshirish uchun 
oqilona miqyosda chet el investitsiyalarini jalb etish; 

xususiy mulkchilik rivojlanishi jarayonida investitsiyalarning 
asosiy qismi davlat zimmasidan korxonalar va xususiy kapital 
zimmasiga o‘tishi uchun shart-sharoit yaratish; 

jahon iqtisodiyotiga to‘la huquqli integratsiya bo‘lish; buning 
uchun transport va kommunikatsiya masalalarini hal qilish. 
O‘zbek modelining ustuvor yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy 
islohotlarga muvofiq ravishda jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasini 
rivojlantirish va kadrlar tayyorlash masalasidir. 


86
Respublikada ishlab chiqarishning biz uchun butunlay yangi 
tarmoqlari vujudga kelyapti, mavjudlari kengayib, qayta jihozlanib, 
zamonaviy texnologiyalarga ko‘chirilmoqda. Bu korxonalar uchun 
yuksak malakali ishchilar, injenerlar, menejerlar zarur. Sobiq Ittifoq 
davrida O‘zbekistonga yangi qurilayotgan zavod va fabrikalar uchun 
ko‘plab ishchi va mutaxassislar ko‘chirib kelinar edi. O‘zbeklar 
orasida zamonaviy sanoat bilan bog‘liq ishchilar va mutaxassislar 
salmog‘i aholi tarkibidagi o‘zbeklar ulushiga nisbatan kam edi. 
Mustaqillik sharoitida yuksak texnologik ishlab chiqarishga mahalliy 
aholini maksimal darajada jalb qilish, mamlakatimizning ilmiy-
texnikaviy saviyasini ko‘tarish boshlandi. Bu borada puxta o‘ylangan 
siyosat amalga oshirilmoqda. Misol uchun, mamlakatimizda barpo 
etilgan avtomobilsozlik zavodlarida, «Sho‘rtangazkimyo» majmua-
sida va boshqa zamonaviy korxonalarda ishlaydiganlar zarur malaka 
olishlari uchun chet ellarga amaliy stajyorlikka va o‘qishga borib kel-
dilar. Bugun bu korxonalarda deyarli to‘liq mahalliy aholi ishla-
moqda. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko‘ra, yangi tipdagi kasb-
hunar kollejlari tizimi paydo bo‘lgani masalani strategik jihatdan hal 
qilish namunasidir. Ishchilar sifat jihatdan o‘smoqda, chunki tarkibida 
yuksak malakali mutaxassislar qatlami kengaymoqda. Aynan shu 
qatlam mamlakatimiz xalq xo‘jaligiga ilmiy-texnika taraqqiyoti 
yutuqlarini olib kirishni ta’minlaydi. Bu - birinchidan. Ikkinchidan, 
jamiyatda ko‘pmulkchilik rivojlanmoqda. Demak, mulk shakllariga 
muvofiq, mulkdorlar sinfi shakllanadi. Mamlakatimizda mulkdorlar 
sinfi vujudga kelishi ko‘plab avlodlarning tadbirkorlik tufayli 
sarmoyasining tabiiy-tarixiy to‘planishi negizida emas, balki bir avlod 
umri davomida davlat mulkining taqsimlanishi va shaxsiy tadbirkorlik 
rivojlanishi negizida yuz bermoqda. Mulkdorlar sinfi mamlakatimizda 
bir avlod umri davomida asosan shakllanib bo‘lishi lozim. Chunki biz 
o‘tish davrini 50-60-yil davomida o‘tkaza olmaymiz. Shu bois mulk-
dorlar sinfi vujudga kelishi va rivojlanishi jarayoniga ta’sir ko‘rsatish 
o‘zbek modelining asosiy xususiyatlaridan va vazifalaridan biridir. 
Davlat o‘ziga qarashli korxonalarni xususiylashtirish, yiriklarini 
aksiyalashtirish, tadbirkorlikning, ayniqsa, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning oyoqqa turishi uchun turli imtiyozlar tizimini 
yaratish orqali mulkdorlar sinfi, xususan o‘rta sinf vujudga kelishini 
tezlashtirmoqda. 
Nafaqat kichik tadbirkorlik va tijorat bilan shug‘ullanuvchilar, 


87
fermerlar, dehqonlar, shuningdek, turli korxonalarning aksiyalarini 
sotib olgan kishilar, yuksak malakali ishchilar, ziyolilar daromadlari 
va jamiyatdagi mavqelariga ko‘ra o‘rta sinfga mansub bo‘lishlari lo-
zim. Rivojlangan mamlakatlarda o‘rta sinf son jihatdan eng katta 
qatlamdir. Bizda ham shunday bo‘lishi kerak. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, aynan 
o‘rta sinf jamiyat barqarorligining, demokratiya va fuqarolik 
jamiyatining asosiy tayanchidir. 
Milliy davlatchilikni tiklash, ko‘pmulkchilikka asoslangan va 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qaror toptirish, kadrlar 
tayyorlash, jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasini rivojlantirish, 
o‘tish davrida aholining nochor qatlamlari ijtimoiy muhofazasini 
ta’minlash zarurati o‘zbek modelida davlatning yetakchi o‘rin tutishi-
ni taqozo etadi. Bu ham uning boshqa modellardan farq qiladigan 
xususiyatlaridan biridir. 
O‘zbek modelining ma’naviy jihatlari shundaki, agar xalqning 
ongi qoloq bo‘lsa, u o‘z milliy manfaatlarini yaxshi anglay olmasa, 
siyosiy guruhbozlik va urug‘-aymoqchilik tufayli bo‘linib yotgan 
bo‘lsa, turli-tuman iqtisodiy va ijtimoiy, huquqiy chora-tadbirlar 
kutilgan samara bermaydi. 
Shunday ekan, o‘zbek modelining ma’naviy jihati, eng avvalo, 
jamiyatda yangicha ong, tafakkur, yangicha dunyoqarash va ijtimoiy 
psixologiya shakllanishini taqozo etadi. Chunki yangicha ijtimoiy 
ongni shakllantirish jarayonida mehnatga munosabat, eng avvalo, 
industrial mehnatga munosabat takomillashadi. Yangi avlodda 
muttasil malakasini oshirishga ehtiyoj, agar zarurat tug‘ilsa, kasb-
korini almashtirishga, mehnat bozori talablariga moslashishga tayyor 
turish psixologiyasi qaror topadi. Xalqimiz asta-sekin raqobat 
sharoitida mehnat qilish va yashashni o‘rganadi, uning ijtimoiy 
safarbarligi va siyosiy faolligi yuksaladi. 
O‘zbek modelining ma’naviy jihati, shuningdek, madaniy 
merosni, jumladan, diniy merosni qayta baholashni va ayrim soxta 
qadriyatlardan voz kechib, aholi keng qatlamlarini o‘tmish madaniyati 
asl durdonalaridan bahramand etishni, vatanparvarlikni, milliy 
g‘oyaga, milliy mafkuraga sodiqlikni, har bir fuqaroda milliy 
mushtaraklik tuyg‘usini tarbiyalashni qamrab oladi. Umumtaraqqiyot 
barchaning va har bir shaxsning manfaatini ko‘zlashi va buni 
fuqarolar yaxshi tushunishlari kerak. Qolaversa, aholi Yevroosiyo 
konfederatsiyasi, Buyuk Turon, Buyuk Xuroson, Islom xalifaligi kabi 


88
sun’iy yoki anaxronik (tarixan o‘z umrini o‘tab bo‘lgan) g‘oyalarga, 
inson huquqlarini va soxta demokratiyani niqob qilib olgan, aslida 
buyuk davlatlarning geostrategik maqsadlariga xizmat qiladigan 
aldovlarga chalg‘imasligi, uchmasligi zarur. Taraqqiyot modelining 
samaradorligi bevosita milliy mushtaraklik tuyg‘usi, milliy iroda, 
milliy ongning yetukligi, sog‘lom milliy g‘ururning mavjudligi bilan
 
bog‘liq. 
Mustaqillik har bir shaxsdan va butun millatdan o‘zidagi mutelik 
va loqaydlik psixologiyasini engishni talab qiladi. «Bersang – yey-
man, ursang - o‘laman» qabilida ijtimoiy jarayonning befarq kuzatuv-
chisi bo‘lib turishi bilan yoki o‘z kuchiga, aql-zakovatiga ishon-
masdan, chetdan «katta og‘a» axtarib, uning moddiy, ilmiy-texnikaviy 
himmati, harbiy-siyosiy otalig‘i yordamida o‘zining muammolarini 
yechishga urinadigan xalqning milliy taraqqiyot modeli bo‘lmaydi. 
«Katta og‘a», «homiy» millat topishga intilgan xalq o‘z milliy 
manfaatlarini, haq-huquqini qisman cheklaydi, ichki va tashqi siyosat 
yuritishda «katta og‘a»ning xohish-irodasini, yo‘rig‘ini hisobga oladi. 
Shu boisdan mustaqillikka erishgan xalq, millat o‘zligini anglay 
olmasa, o‘z oldiga buyuk maqsadlar qo‘ya bilmasa, milliy g‘oyasini 
ishlab chiqa olmaydi.
Siyosiy mustaqilligini yo‘qotmagan yoki mustaqillikka erish-
ganiga 20-25-yil bo‘lgandan keyin milliy modelini yaratgan xalqlar 
bundan qisman istisno bo‘lishi, ya’ni milliy g‘oyasini aniq ifodala-
masdan, iqtisodiy taraqqiyot modelini yaratishi mumkindir. Lekin, 
bizning sharoitimizda milliy g‘oya va taraqqiyotning milliy modeli yo 
birgalikda shakllanadi yo umuman shakllanmaydi. Shunday qilib, 
«o‘zbek modeli»ning ma’naviy tomoni juda muhim rol o‘ynaydi. 
O‘zbekiston - ko‘p millatli davlat. Ba’zi kishilarda o‘zbek 
modeli yurtimizda yashovchi boshqa xalqlarga qay darajada aloqador, 
degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Chunki milliylikni aksariyat 
kishilar an’anaviy tor tushunishga, ya’ni biror-bir etnosga mansublik 
deb hisoblashga o‘rganib qolishgan. Aslida «millat» va «milliy» 
tushunchalari ikki mazmunda ishlatiladi. Birinchisi tarixan odatiy 
tushunish bo‘lgan etnik mansublik. Bunda bir tilda so‘zlovchi, bir 
hududda yashovchi, umumiy iqtisodiy hayot orqali birlashgan, 
madaniyati va urf-odatlari, psixologiyasi mushtarak yoki yaqin 
bo‘lgan kishilarning tarixiy birligi (millat), unga taalluqli hodisalar 
nazarda tutiladi. Masalan, milliy til, milliy raqs, milliy san’at, milliy 


89
taomlar, milliy kurash, milliy adabiyot kabi atamalar muayyan xalqqa 
mansublikni bildiradi. 
Ikkinchisi, «millat» tushunchasi etnik kelib chiqishidan qat’iy 
nazar, muayyan mamlakatning barcha fuqarolarini (Amerika millati) 
yoki davlatning o‘zini bildiradi (BMT-Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
aslida xalqlarning emas, balki davlatlarning tashkilotidir). Keng 
ma’noda «milliy» tushunchasi muayyan etnosga emas, muayyan 
mamlakatga, davlatga mansublikni anglatadi. Bizda ham atamani 
shunday keng ma’noda qo‘llash tobora izchil tus olib bormoqda: 
milliy daromad, milliy byudjet, milliy yalpi mahsulot, milliy bayroq, 
milliy xavfsizlik, milliy taraqqiyot va hokazolar. Bu tushunchalarning 
barchasida aniqlovchi so‘z «milliy» mamlakatga oidlikni ifodalaydi. 
Milliy mustaqillik deganda faqat etnik mustaqillik emas, ya’ni 
O‘zbekistonda faqat o‘zbeklarning, Qozog‘istonda faqat qozoqlar-
ning, Ukrainada faqat ukrainlarning mustaqilligi emas, balki muayyan 
davlatning, unda yashovchi barcha xalqlarning umumiy mustaqilligi, 
o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilashi tushuniladi. 
O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi ham yurtimizda 
yashovchi barcha xalqlarni, millatidan, dinidan, tilidan, ijtimoiy 
holatidan qat’iy nazar, umumiy maqsad, umumiy ravnaq va mustaqil 
taraqqiyot yo‘lida jipslashtiruvchi, uyushtiruvchi, safarbar etuvchi 
umumiy g‘oyalar, me’yorlar, ideallarni (omillarni) ifodalaydi. Milliy 
g‘oya, milliy mafkura tushunchasi barcha xalq uchun umumiy bir 
qadriyat ekanligini Islom Karimov «Tafakkur» jurnali bosh muharriri 
savollariga javobida va keyingi ma’ruzalarida, chiqishlarida teran va 
har tomonlama ochib bergan. Milliy g‘oya va milliy mafkura 
O‘zbekistonning buyuk maqsadini ifodalab, ozod va obod kelajakka 
olib boruvchi yo‘lni asoslashga, yoritishga, xalqning bu yo‘ldan 
adashmay borishiga undashga qaratilgan. Taraqqiyot modeli esa o‘sha 
buyuk maqsadga borish mexanizmidir. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish