Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 Davlat - bosh islohotchi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

2. Davlat - bosh islohotchi.
Totalitar tuzumdan voz kechilgan-
dan keyin birdaniga o‘zini-o‘zi nisbatan tartibga soladigan yetuk 
rivojlangan iqtisodiy mexanizm vujudga kelib qolmaydi. Shu boisdan 
ma’muriy-buyruqbozlikka, markazlashgan iqtisodiyotga asoslangan 
tuzum qoldiqlarini yemirish, bartaraf etish, turli ziddiyatlarni, qarshi-
liklarni yengish, yangi munosabatlarni qaror toptirish uchun muayyan 
o‘tish davri kerak. Ziddiyatlarga boy o‘tish davri sharoitida 
iqtisodiyotni, islohotlarni o‘z holiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. 
O‘zbek modelining mazkur tamoyilini ilmiy asoslar ekan, Islom 
Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: «O‘tish davrida davlat xalq xo‘ja-
ligining, ayniqsa, uning asosini, tizimini belgilaydigan tarmoqlarning 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi, narx-navolarni tartibga solib turishi, 
soliq solish va qarz berishda imtiyozlar yaratishi, shuningdek, bevo-
sita yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ana shu tarmoqlarga madad berishi 
lozim».
1
1
Каримов
И
.
А

Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат

мафкура

Асарлар
тўплами
. 1-
жилд

Т
:. 
Ўзбекистон
, 1996. 302-
б



94
Islom Karimovning bu so‘zlari davlatning bosh islohotchi sifa-
tidagi vazifasi nimadan iborat ekanligini ochib beradi va ayni paytda 
turli ijtimoiy guruhlarning, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, alo-
hida shaxslarning islohotchilik tashabbuslari va faoliyatlari cheklan-
masligini, aksincha, davlat ularga yordam berishini bildiradi. 
Sotsializm davrida hamma narsa - nafaqat boshqaruv, hatto mulk 
ham davlatlashtirilgan edi. Davlat ijtimoiy hayotning barcha sohala-
rini qattiq yalpi nazoratga olgan edi. Ijtimoiy hayotning yalpi nazorat 
qilinishi va aholining ongi to‘liq boshqarilishi totalitarizm deyiladi. 
Lekin, o‘zbek modelida davlat bosh islohotchi bo‘lishi uning 
sotsializm davridagidek, boshqaruvni yuz foiz qo‘lga olib yalpi 
nazorat o‘rnatishini yoki rejali markazlashgan iqtisodiyot tamoyil-
larini, usullarini saqlab qolishini bildirmaydi. Balki ishlab chiqarish 
korxonalari ichki faoliyatiga davlat aralashmasdan, mahsulotga 
buyurtma berish, soliq imtiyozlari, investitsiyalar va shu kabi usullar 
orqali ular faoliyatini rag‘batlantiradi va hokazo. 
Ma’lumki, hamma ishni birdaniga bajarib bo‘lmaydi. Jumladan, 
barcha katta-kichik sohalarda bir vaqtning o‘zida bir xil sur’atlarda 
islohotlar o‘tkazish mumkin emas. Shu bois davlat har bir muayyan 
davr uchun islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi. Bunga 
jamiyatning moliyaviy, moddiy, intellektual - aqliy va kadrlar 
resurslarini safarbar etadi. Boshqalarning islohotchilik tashabbuslarini 
rag‘batlantiradi. Davlatning bosh islohotchi bo‘lishiga yana bir sabab 
o‘tish davrida, ayniqsa, uning dastlabki yillarida iqtisodiyotda tuzil-
maviy o‘zgarishlar qilishga qaratilgan investitsiya siyosati ko‘proq 
byudjet hisobidan yoki davlatning kafolatlari asosida chetdan olingan 
qarz hisobidan moliyalashtiriladi. 
Xususiy mulkning kamquvvatligi, ortiqcha mablag‘ning yo‘qligi 
bois investitsiya yukini davlat o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi. 
Bunday sharoitda davlat bosh islohotchi bo‘lmasa, investitsiya uchun 
ajratilgan mablag‘ o‘z manziliga yetib bormasligi va boshqa maqsad-
larda o‘zlashtirib yuborilishi yoki ochiqchasiga o‘g‘irlanishi ehtimol-
dan xoli emas. Buni ko‘plab mamlakatlar tajribasi tasdiqlab turibdi. 
O‘zbekistonda esa investitsiya amaliyotida davlat ishtirokining yuqo-
riligini ko‘rish mumkin.
O‘tish davrida davlatning bosh islohotchi va asosiy investor 
bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Chunki moliyaviy va moddiy mab-


95
lag‘lar yetishmaydi, muayyan sohalarni isloh qilib, yangilik yara-
tishga qodir mutaxassislar ham ko‘p emas, ularni o‘qitish, tayyorlash 
kerak. Eng asosiysi aholining manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy 
muhofazaning puxta o‘ylangan tizimini ham o‘tish davrida jamoat 
tashkilotlari va hali qattiq oyoqqa turib olmagan xususiy biznes emas, 
davlat vujudga keltirishi mumkin. Davlat bu borada xususiy tadbir-
korlar, jamoat tashkilotlari kuchlarini, imkoniyatlarini uyushtiradi. 
Bunday sharoitda umummilliy manfaatni ko‘zlaydigan
 
davlatning 
bosh islohotchi bo‘lishi nafaqat maqsadga muvofiq, balki yagona 
to‘g‘ri yo‘ldir. 
Misol uchun Rossiya Federativ Respublikasini olib ko‘raylik.
Mablag‘lar talon-toroj qilindi, o‘g‘irlandi. Siyosiy partiyalar hamda 
o‘zlarining tor iqtisodiy manfaatlari tufayli birlashgan korchalonlar 
guruhlari aravani har qaysisi o‘zi tomon tortishga harakat qildi. 
Jamiyatning real tayyorgarligini hisobga olmasdan, dastlabki-
yillarda iqtisodiyotni haddan tashqari erkinlashtirib yuborish 
Rossiyada islohotlar jilovining davlat qo‘lidan chiqib ketishiga sabab 
bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, og‘ir iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib 
kelayotgan suiiste’molchiliklarni keltirib chiqardi. Hattoki, ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga va byudjet sohasi xodimlariga oylik 
maosh sifatida yo‘naltirilgan mablag‘lar, shu jumladan, chetdan 
olinayotgan investitsiyalardan qanday foydalanilayotganini davlat 
nazorat qila olmay qoldi. Rossiyada xalq xo‘jaligini qayta qurish 
nihoyatda ziddiyatli va stixiyali ravishda kechdi.
O‘zbekistonda davlat bosh islohotchi sifatida islohotlarning bir 
tomondan, huquqiy bazasini izchil rivojlantirmoqda, bu borada jahon-
ning ilg‘or tajribasini hisobga olmoqda, ikkinchi tomondan - ustuvor 
yo‘nalishlarni belgilab, asosiy resurslarni ularga yo‘naltirmoqda. Bu 
islohotlarni amalga oshirishda turli boshboshdoqliklarning oldini 
olishga, jamiyatning izchil yangilanishini ta’minlashga imkon ber-
moqda. 
O‘zbek modeli jamiyat tayyorgarligini hisobga olib, iqtisodi-
yotni ham, davlat qurilishini va siyosiy hayotini ham erkinlashtirishga 
intilmoqda. Bu borada Islom Karimovning «O‘zbekiston XXI asrga 
intilmoqda» asarida olg‘a surilgan g‘oyalar diqqatga sazovordir. 
Iqtisodiyot sohasini erkinlashtirishning maqsadini Prezidentimiz 
quyidagicha belgilagan: «birinchi navbatda davlatning boshqaruv 


96
rolini chegaralash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy 
erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk 
miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqeyi va huquqlarini 
mustahkamlash»...
1
Shunday qilib, o‘zbek modeli qotib qolgan, o‘zgarmas tamoyil-
larga emas, balki hayot talablariga moslashuvchan, qayishqoq 
tamoyillarga asoslangan. 
Davlatning bosh islohotchi bo‘lishi turli davlat idoralari ustidan 
jamoat nazoratini kuchaytirishni taqozo etadi. Chunki agar ijroiya va 
sud hokimiyati idoralari haddan ortiq byurokratlashib ketsa, ularda 
ta’magirlik va korrupsiya kuchaysa, bu islohotlar
 
yo‘lida qo‘shimcha 
qiyinchiliklar tug‘diradi. Afsuski, bunday holdan hech bir davlat 
sug‘urtalangan emas. 
Davlat bosh islohotchi vazifasini muvaffaqiyatli ado etishi 
uchun o‘zi ham uzluksiz takomillashib borishi zarur. O‘zbekistonda 
davlat hokimiyatining har uchala bo‘g‘ini isloh qilinib borilmoqda. 
Mamlakat Parlamenti uchinchi chaqiriqdan boshlab ikki Palata

Qonunchilik palatasi va Senat tizimida faoliyat olib bormoqda. 
Senatga Prezident vakolatlarining bir qismi berildi. Ijroiya 
hokimiyatdan markazning ayrim vakolatlari mahalliy hokimiyat 
organlariga o‘tkazilmoqda. Ayni paytda o‘zini-o‘zi boshqarish organ-
lari, siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlari roli oshirilmoqda. 
Qonun hujjatlari bilan davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlari 
o‘rtasidagi vakolatlar aniq chegaralab qo‘yilgan. 
Davlat hokimiyatining uchinchi tarmog‘i sud-huquq tizimi isloh 
qilinayotir va liberallashtirilmoqda. Jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik ishlari 
bo‘yicha ixtisoslashtirilgan alohida sudlar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston 
davlat qurilishi va jamiyatni demokratlashtirish borasida o‘z yo‘lidan 
bormoqda. Chunki Islom Karimov to‘g‘ri ta’kidlaganidek: «demokra-
tiyani va turli «ochiq jamiyat modellari»ni eksport qilib bo‘lma-
ganidek, davlat qurilishining universal loyihasini ham tashqaridan 
import qilish yoki tiqishtirish mumkin emas».
2

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish