5. Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish.
Ma’mu-
riy buyruqbozlikka, fondlarni (xomashyo, moliyaviy mablag‘lar, tay-
yor mahsulotlarni) yuqoridan taqsimlashga asoslangan xo‘jalik
yuritishning samaradorligi mahsulot sifatiga va foyda olishga emas,
balki mahsulot hajmi ko‘rsatkichlariga qarab baholanadigan rejali
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga «inqilobiy sakrash», «falaj
terapiyasi» orqali o‘tish O‘zbekiston sharoitida mumkin emas edi.
Chunki rejali iqtisodiyotda, birinchidan, bozorning tegishli infratu-
zilmalari bo‘lmaydi, aholining iqtisodiy tafakkuri va psixologiyasi
ham bozor munosabatlariga mos kelmaydi. Ikkinchidan, O‘zbekiston-
da bandlik darajasi va ishlovchiga to‘g‘ri keladigan boqimandalarning
ko‘pligi «falaj terapiya»si usullarini inkor qilar edi. Shu bois o‘zbek
101
modeli obyektiv iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlardan kelib chiqib
radikal, inqilobiy usulni qo‘llamadi. Mazkur tamoyilni olg‘a surishda
O‘zbekistonning o‘tish davridagi iqtisodiy ahvoli va imkoniyatlari,
demografik vaziyati, aholining mentaliteti hisobga olindi. Obyektiv
talablar eng avvalo xalq xo‘jaligining eng muhim ustuvor tarmoq-
larini, bazis sohalarni rivojlantirishni taqozo etadi. Bu ish islohotlar-
ning huquqiy asoslari va kafolatlarini vujudga keltirish, aholini
ijtimoiy himoyalash va uning yangicha iqtisodiy tafakkurini shakllan-
tirish bilan birga olib borilishi lozim. «Faqat farmonlar, farmoyishlar
chiqarish bilan bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. U uzoq
tarixiy taraqqiyotning natijasi bo‘lib, tegishli infrastrukturani va
huquqiy asosni yaratishnigina emas, shu bilan birga qadriyatlar
tizimida chuqur o‘zgarishlarni, xo‘jalik faoliyati va amaliy muno-
sabatlarni asoslashni ham ko‘zda tutadi».
1
O‘zbekistonda aynan ana shunday yo‘l tutildi. Bunday siyosat
yuritish nafaqat mablag‘lardan samarali foydalanish imkonini berdi,
shuningdek, odamlarning safarbarligini oshirdi, ijtimoiy larzalarning
oldini oldi, mulkchilik shakllarini bosqichma-bosqich rivojlantir-
moqda. Xususiylashtirish jarayonida korxonalarning mulk shaklini
o‘zgartirishga tayyorgarligi, ishlab chiqarish xususiyatlari, xalq
xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati, moliyaviy ahvoli kabilar hisobga
olindi. Shunga qarab korxonalar bosqichma-bosqich davlat tasarrufi-
dan chiqarildi, ba’zi muhim korxonalarda davlat mulkining ma’lum
ulushi saqlab qolindi, ba’zilari esa to‘liq jamoaga berildi, ko‘pchilik
korxonalar ochiq yoki yopiq yoxud mas’uliyati cheklangan hissa-
dorlik jamiyatiga aylantirildi va hokazolar. Ayrim korxonalarning
mulk shakli bir necha bosqichda o‘zgartirildi, davlat ulushi muttasil
kamayib bordi. Davlat ulushi aksiyalari paketi xususiy tadbirkorlarga
sotildi, hattoki bepul berildi. Korxonalar aksiyalarining bir qismi chet
elliklarga ham sotildi va sotilmoqda.
Qishloq xo‘jalik korxonalari to‘g‘risida ham shunday deyish
mumkin. Bugungi kunda ularning mulki negizida fermer va dehqon
xo‘jaliklari tuzildi. Dastlab fermer xo‘jaliklari orasida yiriklari kam,
ko‘pchiligi 20-25 ga yer maydoniga ega edi. Asta-sekin ular orasidan
1
Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистон
:
миллий
истиқлол
,
иқтисод
,
сиёсат
,
мафкура
.
Асарлар
тўплами
1-
жилд
,
Т
.:
Ўзбекистон
, 1996
й
., 315-
б
.
102
ishbilarmonlari ajralib chiqa boshladi. Bu fermer xo‘jaliklarining
birlashib, yiriklashishiga olib kelmoqda.
Nafaqat mulkchilik shakllari bosqichma-bosqich rivojlantiril-
moqda, shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar ham bosqich-
ma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ustuvorlik xalq xo‘jaligining
poydevorini va harakatlantiruvchi kuchini tashkil etuvchi sohalarga
hamda qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatiga berilgan.
Ilgari bizning qaram iqtisodiyot ko‘proq arzon xomashyo
yetkazib berishga mo‘ljallangan edi. Endi uni ko‘proq tayyor
mahsulot ishlab chiqarishga moslashtirish, unda tuzilmaviy, tarkibiy
o‘zgarishlar qilish, ilgari mavjud bo‘lmagan ishlab chiqarish turlarini
vujudga keltirish lozim. Ammo, buning uchun avvalo iqtisodiyotning
bazis sohalarini rivojlantirish zarur. Bazis sohalari - bu energetika
(neft-gaz va elektr energetikasi), konchilik va xomashyo sanoati,
transport va aloqa tarmoqlaridir. Tollimarjonda yirik issiqlik elektr
stantsiyasi barpo etildi. Qashqadaryoning yangi neft va gaz konlariga
chet elning zamonaviy asbob-uskunalarini o‘rnatib, qazib chiqarish
ko‘paytirildi, Qorovulbozorda yuksak texnologiyalarga asoslangan
neftni qayta ishlash zavodi qurilib, ishga tushirildi, Farg‘ona va
Oltiariqdagi zavodlar qayta rekonstruksiya qilindi. Bular O‘zbekis-
tonning energiya mustaqilligini ta’minlab, iqtisodiyotining barqaror
rivojlanishi, yangi qurilajak ishlab chiqarish quvvatlarini energiya
bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoit yaratdi. Mustaqillikning
dastlabki yillarida faqat neft mahsulotlari olish uchun 600 ming tonna
paxta tolasini sarflar edik. Transport borasida nafaqat mamlakat
ichkarisida yirik ishlar qilindi («Uchquduq-Qo‘ng‘irot», «Toshguzar-
Boysun-Qumqo‘rg‘on» temir yo‘llari, qator avtomobil yo‘llari,
xalqaro havo yo‘nalishlari), shuningdek, O‘zbekiston Buyuk Ipak
yo‘lini zamonaviy sharoitda tiklash bo‘yicha qator tashabbuslar bilan
chiqib, xalqaro miqyosda ham ma’lum ishlarni amalga oshirmoqda.
Yangi konlarning ishga tushirilishi yoki Qo‘ng‘irot soda zavodi,
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi kabi ulkan korxonalar mamlakat
bozorini yangi mahsulot turlari bilan ta’minlashga, mamlakat eksport
salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Ishlab chiqarishga yuksak
texnologiyalarni olib kiruvchi sohalar - avtomobilsozlik, elektronika,
asbobsozlik va hokazolar rivojlanishi, ayrimlarining ilk bor mamla-
katimiz xalq xo‘jaligida vujudga kelishi tuzilmaviy o‘zgarishlarga
misoldir. Bu o‘rinda Asaka, Samarqand avtomobil zavodlari, yangi
yengil sanoat korxonalari va o‘nlab boshqa katta-kichik korxonalarni
103
eslash kifoya. Traktorsozlik, samolyotsozlik, boshqa tarmoqlar, chet
el kompaniyalari bilan turli shakldagi texnologik va iqtisodiy aloqalar
rivojlanmoqda.
Ishchi va mutaxassislarimiz orasida yangi malakalarni egalla-
ganlar paydo bo‘lyapti, millatning texnik saviyasi yuksalmoqda, dun-
yoqarashi kengaymoqda. Har bir viloyatda paxta tolasini qayta ishlab,
tayyor mahsulot darajasiga olib boradigan korxonalar barpo etilishi,
tayyor mahsulotlar, xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan yuzlab,
minglab katta-kichik korxonalarning yildan yilga ko‘payib borayot-
gani iqtisodiy mustaqilligimiz mustahkamlanib borayotganidan,
o‘zbek modeli evolyutsion rivojlanish yo‘lini tanlaganligi to‘g‘rili-
gidan dalolat beradi. Shu bois davlatimiz rahbari «...biz, avvalgidek,
davlat va jamiyatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishda o‘zbek
modelining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan bosqichma-bosqichlik
tamoyiliga bundan buyon ham qat’iy amal qilamiz»
1
, - deb ta’kidladi.
Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish o‘zidan oldingi
tamoyillardan kelib chiqadi va ularni to‘ldiradi. Umuman, besh
tamoyilni bir-biridan ajratish mumkin emas. Mazkur besh tamoyil
o‘zbek modelining nazariy konseptual o‘zagini tashkil etadi. Model-
ning o‘zi esa, tabiiyki, ancha murakkab tuzilishdan, turli aspektlardan
va ayni paytda yaxlit tizimdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |