Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va
farog‘atga hech bir zahmatsiz yetkazadi.
Abu Lays As-Samarqandiy
4-mavzu.
Ma’naviyat, iqtisod va ularning o‘zaro bog‘liqligi
4.1. Ma’naviylik va moddiylikning uyg‘unligi
Inson jamiyat hayoti va faoliyatida moddiy hamda ma’naviy
asoslarning bir-biriga nisbatan mosligi, o‘zaro aloqadorligi va bog‘-
liqligini ifodalaydi. Islom Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch» asarida bu borada fikr yuritib, odamlarning hayotida
ma’naviy va moddiy asoslar qanday o‘rin tutishi, ularning qaysi biri
ustuvorlik kasb etishi haqida turli-tuman, ba’zan ziddiyatli qarashlar
mavjud bo‘lgani, bunday tushunchalar hozirgacha davom etayot-
ganini ta’kidlaydi.
«Misol uchun, deb yozadi muallif, - qadimiy hind, xitoy yoki
yunon faylasuflarini olasizmi, o‘rta asrlardagi Sharq va G‘arb Uyg‘o-
nish davri namoyondalarini olasizmi, islom olamida nom qozongan
mutafakkir zotlarni olasizmi – ularning ilmiy merosida moddiy va
ma’naviy olam o‘rtasidagi munosbatlarga keng o‘rin berilganini
ko‘rish mumkin».
1
Antik davr faylasuflari bo‘lmish Suqrot va Platon, Epikur, De-
mokrit, xitoy donishmandi Konfutsiy kabi allomalarning fiklari
falsafa tarixidan ma’lum. Ularning ayrimlari ruhiy olamni birlamchi
deb bilsa, ba’zilari moddiy olamni asosiy o‘ringa qo‘ygan. Ana
shunday tushuncha va tasavvurlar asosida keyinchalik materializm va
idealizm kabi ta’limotlar maydonga chiqdi.
«Bunday falsafiy yondashuvlarning har biri o‘z davridagi
mavjud siyosiy-ijtimoiy vaziyat, hukmron mafkura, jamiyatning
huquqiy-madaniy saviyasi, turli sotsial guruh va toifalarning qarash-
larini ifoda etishga xizmat qildi».
2
«Ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida bunday sof nazariy ma-
sala doirasidan chiqib, ma’lum bir tuzum yoki davlatning rasmiy
1
Каримов
И
.
А
.
Юксак
маънавият
-
енгилмас
куч
.
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 65-
бет
.
2
Ўша
асар
, 66-
бет
78
mafkurasi maqomini ham oldi. O‘rta asrlarda idealizm ustun qo‘yil-
gan bo‘lsa, sovet davrida materialistik qarash ustun qo‘yildi. Natijada
materiya birlamchi, ong esa ikkilamchi, degan tamoyil hukmron
dunyoqarash darajasiga ko‘tarildi. Oqibatda insonning ma’naviy
qadriyatlari, milliy va diniy tuyg‘ulariga bepisand qaraldi, toptaldi,
bunday biryoqlamalik jamiyat davlatlarining inqiroziga olib keldi».
1
«Mana shunday qarash va fikrlarni umumlashtirib, insonga xos
orzu-intilishlarni ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi
uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz
qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli
bo‘ladi».
2
Ko‘rinib turibdiki, moddiy va ma’naviy hayot tamoyillari bir-bi-
rini inkor etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi.
Yuksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va
jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday dialektik va uzviy bog‘liqlik
asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha
oladi. «Bularning barchasi ma’naviy qadriyatlarimiz, urf-odat va
an’analarimizdan
oziqlangan
iqtisodiy
taraqqiyot
yo‘limiz
jamiyatimiz hayotiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganining yorqin
ifodasidir. Eng muhimi, yurtimizda moddiy va ma’naviy
jarayonlarning o‘zaro mutanosib tarzda rivojlantirilayotgani siyosiy-
ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo‘lib
xizmat qilmoqda».
3
Iqtisodiy munosabatlar jarayonida shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro
manfaatlarni hisobga olish, halollik, poklik, bag‘rikenglik, ishonch-
lilik kabi fazilatlarning amal qilishini anglatadi. Ma’lumki, iqtisodi-
yotning o‘ziga xos obyektiv qonun-qoidalari, sir-asrorlari borki, ular
bilan hisoblashmaslik mumkin emas. Ularni mensimaslik nafaqat
iqtisodiy salohiyatning yetishmasligi, balki ma’naviy qashshoqlik
belgisi hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlarda ma’naviyat masalalari,
xususan, insoniylik talablari va me’yorlari yetarlicha hisobga olinma-
sa, texnokratik qarashlar ustunlik qilsa, ishlab chiqarishning o‘sishi,
iqtisodiy rivojlantirish bo‘lishiga qaramay, jamiyatda axloqiy muno-
sabatlar inqirozga uchraydi, o‘zaro ishonchsizlik kuchayadi. Bu esa
1
Каримов
И
.
А
.
Юксак
маънавият
-
енгилмас
куч
.
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 66-
бет
2
Ўша
асар
, 67-
бет
.
3
Ўша
асар
, 70-
бет
.
79
oxir-oqibatda ijtimoiy-iqtisodiy tanazzulga olib kelishi mumkin.
Ayrim kishilar erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’naviy-ma’rifiy
va axloqiy qadriyatlar qadrsizlanadi, madaniyat va ma’naviyat
ikkinchi darajali narsaga aylanadi, ma’naviy qashshoqlik avj oladi,
deb da’vo qiladi. Yerkin bozor iqtisodiyoti bilan ma’naviyatni bunday
qarama-qarshi qo‘yish mutlaqo o‘rinsiz, aksincha, yuqorida aytga-
nimizdek, ular bir-birlarini to‘ldiradi, chunki faqat ma’naviy sog‘lom,
kuchli jamiyatgina iqtisodiy islohotlarga tayyor bo‘lishi mumkin.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiyot va ma’naviyatning
o‘zaro dialektik bog‘liqligi va bir-biriga ta’siri qonuniyatidan kelib
chiqqan holda iqtisodiy va ma’naviy hayotning uyg‘un holda rivoj-
lanib borishiga alohida ahamiyat berilmoqda. «Ana shu haqiqatdan
kelib chiqqan holda, - deb ta’kidlaydi. Prezident I.A. Karimov, - biz
iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jara-
yonlarining ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan
tamomila uyg‘un ravishda rivojlanib borishini doimo davlatimiz va
jamiyatimizning e’tibor markaziga qo‘yib kelmoqdamiz».
1
Istiqlol
davrida iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarning o‘zaro mutanosib tarzda
rivojlanishiga erishilayotgani mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy barqa-
rorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Demak, ma’naviyat va iqtisod bir-birini inkor etmaydi, balki bir-birini
quvvatlab, o‘zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi.
Hozirgi kunda yurtimizda iqtisodiy islohotlarning yangi, yuqori
bosqichiga o‘tayotgan ekanmiz, bu fan, madaniyat va ma’naviyat
taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun,
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ularni amalga oshirish borasidagi
ishlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Iqtisod, ma’naviyat va
ma’rifatning o‘zaro chambarchas bog‘liq ekanini ota-bobolarimiz
teran tushunib yetgan. Shunga tayangan holda ular ma’naviyati
yuksak, komil inson haqida butun bir ma’naviy talablar majmuasini
ishlab chiqqanlar. Ma’naviyati yuksak kishi birovning haqiga, davlat,
jamoa mulkiga xiyonat qilmaydi, el-yurtiga, oilasiga sadoqatli bo‘la-
di, vatani, xalqi uchun hatto jonini ham ayamaydi. Buning aksi o‘la-
roq, ma’naviyati qashshoq kishilar nopok, firibgar, poraxo‘r, o‘g‘ri,
qallob, vatan va millat manfaatlariga befarq qaraydi. O‘zbekiston
yuksak darajada rivojlangan iqtisodiyoti bilangina emas, balki bilim-
1
Каримов
И
.
А
.
Юксак
маънавият
-
енгилмас
куч
.
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 69-
бет
.
80
don, ma’naviyati yetuk farzandlari bilan ham jahonni hayratga solishi
mamlakatimizdagi islohotlarning asosiy maqsadidir. Bunga esa iqti-
sod va ma’naviyat, ma’rifatni birga, o‘zaro mutanosib, mushtarak ri-
vojlantirishga ahamiyat berilganidagina erishish mumkin. Sivilizatsi-
yalashgan bozor munosabatlari faqat yuksak ma’naviyat va ma’rifat,
axloqiylik va vatanparvarlik negizida bunyod etilishi mumkin. Bu
borada hammmamiz mas’ul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim.
Negaki, ma’naviyatli va ma’rifatli, iymonli kishilargina halol mehnati
bilan boylik yaratadi. Izlanuvchan, insofli, mehnatsevar, tadbirkor, el-
yurt dardiga malham bo‘ladigan haqiqiy vatanparvarga aylanadi.
Shunday fuqarolarga ega bo‘lgan mamlakat va jamiyat iqtisodiy
taraqqiyot pog‘onalaridan uzluksiz yuqoriga ko‘tarilib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |