Arizachi: D.Mirsoatov
Javobgar : Bo`stonlik tuman hokimi
Nizo predmeti: Bo`stonlik tuman hokimining 2020-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarorini haqiqiy emas deb toppish
200-modda. Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellatsiya protesti keltirishga haqli.
SUDLAR TOMONIDAN MA’MURIY ISHLARNI APELLATSIYA TARTIBIDA KURISH AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING
QARORIning 2-bandi:
2. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 200-moddasiga muvofiq, apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish:
arizachi, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillari shikoyati;
taraflar va uchinchi shaxslarning huquqiy vorislari shikoyati;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning shikoyati bo‘yicha, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno;
ishda arizachi sifatida qatnashgan davlat organlari va boshqa shaxslarning arizasi bo‘yicha (MSIYutK 47-moddasi birinchi qismi);
prokurorning protesti bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
Apellatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek, MSIYutK 200-moddasi birinchi qismiga muvofiq, sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati bo‘yicha ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida ko‘rsatilmagan hollarda ham, uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, shu jumladan, advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lsagina, sud hujjati ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilishga haqli (MSIYutK 62-moddasi ikkinchi qismi).
Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Berilgan kazusimizdagi holatda Suyarov Mirsoatovning qo’shnisi hisoblanib Mirsoatovning foydasiga chiqarilgan hal qiluv qaroridan norozi bo’lib ma’muriy sudga apelyatsiya shikoyati bermoqda. MSIYutK 200-moddasi birinchi qismiga muvofiq, sud hujjati stidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati bo‘yicha ham qo‘zg‘atilishi mumkinligi to’g’risidagi qoidadan kelib chiqib agar chiqarilgan hal qiluv qarori asosida Suyarovning huquq va majburiyatlari haqidagi masalani hal etilgan bo’lsa, Sud u tomonidan berilgan apelyatsiya shikoyatini ish yurituviga qabul qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |