Kazusdagi holat 27-modda 2-qism bilan ma’muriy sudga taaluqli.
Sudlovga tegishlilik- MSIYutK ning 28-moddasiga ko’ra, sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladi, bundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno. Kazusdagi holat Toshkent shahar ma’muriy sudiga tegishli. (chunki Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi mavjud emas)
Bu kazusdagi holatda Toshkent shahar soliq boshqarmasi va “GRATIS-BUILDINGS” MChJ ning vakillari muzokaraga chiqqanda, yana qo’shimcha hujjatlar olib kelishalari ham aytilgan. Shuning uchun sud sud muhokamasini keyinga qoldirish haqida ajrim chiqarishi kerak. MSIYutK ning 149-moddasida sud muhokamasining keying qoldirish asoslari keltirilgan. Tarafning qo’shimcha dalillar taqdim etish zarurati bilan bog’liq holda sud muhokamasini keying qoldirish haqidagi iltimosnomasi bo’yicha ham sud ajrim chiqargan holda sud muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin.
32. Tashlanmagan - Muxlisa
33-kazus
“Gulbuloq” fermer xo‘jaligi raisi B.Qaysarov 2022-yil 5-yanvar kuni tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilib tuman hokimining 2021-yil 21-avgustdagi o‘ziga ijaraga berilgan yerni hokimiyat balansiga qaytarish to‘g‘risidagi 213-son qarorini haqiqiy emas deb topishni va hokimning ushbu yerni boshqa fermerga ijaraga berish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishni taqiqlashni so‘radi. Tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi F.Egamov ariza bilan murojaat qilish muddati o‘tganligi sababli arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqardi. Bundan norozi bo‘lgan arizachi apellatsiya shikoyati keltirgan.
Sudning harakatlariga baho bering.
Javob.
Ma’muriy organ – tuman hokimligi
Arizachi – “Gulbuloq” fermer xo’jaligi raisi B.Qaysarov
Talab predmeti: 2021-yil 21-avgustdagi tuman hokimining 213-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish
MSIYuTKning 186-moddasiga ko’ra, Agar ushbu Kodeksda yoki o‘zga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin.
Ariza (shikoyat) berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
MSIYuTKning 118-moddasida protsessual muddatlarni o’tkazib yuborish oqibatlari keltirilgan. Unga ko’ra, Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat o‘tishi bilan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yo‘qotadi. Protsessual muddatlar o‘tgandan keyin berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar o‘tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud uni qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Kazus bo’yicha, fermer xo’jaligi raisi deyarli 6 oy vaqt o’tgandan keyin sudga murojaat etmoqda va u protsessual muddatni o’tkazib yuborgan. Ammo 24-sonli plenum qarorining 19-bandiga ko’ra, arizani qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni o’tkazib berilishi uni qaytarish uchun asos bo’lmaydi. bunday hollarda ish yurituviga ariza qabul qilinib, mazmunan ko’rib chiqilishi lozim.
Sud har bir ish bo‘yicha arizachi tomonidan qonun bilan belgilangan sudga murojaat qilish muddatlariga rioya qilinganligini aniqlashi, mazkur muddatlar buzilganda esa, manfaatdor shaxs ushbu holatga e’tibor qaratganligidan qat’i nazar ularning o‘tkazib yuborilishi sabablarini muhokama qilishi lozim.
Sudga murojaat qilish muddati arizachiga quyidagilar ma’lum bo‘lgan kunning ertasidan boshlanadi:
uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;
uning huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishga to‘siqlar vujudga keltirilganligi;
uning zimmasiga biror-bir majburiyat yuklanganligi.
Sudga murojaat qilish muddatiga rioya qilinishi masalasi ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega holat ekanligi sababli, uni tiklash yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi xulosalar, MSIYutK 156-moddasi birinchi qismining 2-bandiga ko‘ra, sudning hal qiluv qarorida asoslantirilishi lozim.
Agar sudga murojaat qilish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash sud tomonidan rad etilgan bo‘lsa, arizani qanoatlantirish rad qilinadi.
Demak, kazusdagi vaziyat bo’yicha tumanlararo sud arizani muddati o’tganligidan qat’iy nazar ish yurituviga qabul qilishi zarur edi. bunda quyidagi hal qiluv qarori qabul qilinishi lozim bo’lardi:
Do'stlaringiz bilan baham: |