____- son «6» aprel 2022 yil
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tuman Kengashining oltinchi chaqiriq qirq to’qqizinchi sessiyasini chaqirish to'g'risida
“Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunning 17 moddasiga muvofiq,
QAROR QILAMAN:
1. Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tuman Kengashining oltinchi chaqiriq qirq to’qqizinchi sessiyasi 2022 yil 21 aprel kuni soat 11-00da tuman hokimligi katta majlislar zaliga chaqirilsin.
2. Sessiya ishida Xalq deputatlari Kengashining rejasida ko'rsatilgan va qo'shimcha takliflar bo'yicha masalalar ko'rib chiqilsin.
3. Mazkur qarorni ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilish vazifasi tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari E.Xodjayev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi A.Karimdjanov
Do'stlaringiz bilan baham: |