Estetik ong ijtimoiy borliqni baddiiy obrazlar asosida aks ettirib, kishilar fikri, his-tuyg‘ulari, ideallarini go‘zallik, nafosat va ulug“vorlik tushunchalari bilan barkamollashtiradi. Bunda dunyoni badiiy-estetik o‘zlashtirish vositasi bo‘lmish san’at beqiyos o‘rin tutadi. Masalan, o‘zbek xalq amaliy san’ati, musiqa va raqs, «Alpomish» va «Go‘ro‘g‘li» kabi epik dostonlar, ertaklar, rivoyatlar, badiiy adabiyot hayotni estetik bilish va baholashga, uning ziddiyatlarini anglashga, turmushni go‘zallik qonunlari yordamida yanada jozibali, mazmunli qilishga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |