Mavzu: adabiyot so'z san'ati



Download 46 Kb.
bet1/3
Sana13.09.2021
Hajmi46 Kb.
#173160
  1   2   3
Bog'liq
Adabiyot so'z san'ati



MAVZU: ADABIYOT - SO'Z SAN'ATI

San'at voqelikni obrazlar vositasida aks ettiradi. Obraz esa borliqdagi narsalarni oddiy aks ettirishdan iborat emas, balki badiiy aks ettirishdan iboratdir. Ijodkorning fikr, tuyg'u, sezgi va kechinmalari singdirilgan hayot manzarasi tasviri badiiy obraz deyiladi.

San'atning turlari ko'p. Ulardan eng muhimlari tasviriy san'at (musavyirlik), nutsiqa, kino, me'morchilik, raqs, haykaltaroshKk va badiiy adabiyotdir. Obrazlilik hamma san'at turlari uchun xos. Biroq ulaming har binning o'ziga xos obraz yaratish vositalari mavjud. Obrazlilik badify adabiyotda so'z, musiqada ohang, rassomchilikda rang-bo'yoq, haykaltaroshlikda tosh, raqsda harakat orqali arnalga oshiriladi. Badiiy adabiyotda obraz yaratuvchi yagona vosita so'z bo'lib, bu so'z oddiy so'z emas, balki muayyan his-tuyg'uni, holat va harakatni, manzarani o'quvchilar qalbiga ta'sir etadigan darajada ifodalovchi badiiy so'zdan iborat bo'ladi. Obrazli so'zga asoslanuvchi, hayotni muayyan obrazlar vositasida aks ettiruvchi adabiyot esa badiiy adabiyot deb yuritiladi.

«Adabiyot» arabcha so'z bo'lib, «odoblar yig'indisi», boshqacha aytganda «odoblar xazinasi» degan ma'noni bildiradi. Badiiy adabiyotni "ma'naviyat xazinasi", "ma'naviyat ko'zgusi", "ruhiyatni shakllantirish vositasi" ham deyishadi.

Mantiqiy va badiiy tafakkuraing o'zaro mushtarak xususiyatlari bilan birga, jiddiy farqli jihatlari ham bor. Ikkovida ham inson, voqelik, ularga daxldor hodisa, holat, jarayon aks etadi va ular haqida ma'lumot beriladi, shular xususidagi fikr, tushvmchalar ifodalanadi. Mantiqiy tafakkurning o'ziga xos xususiyati shundaki, bunda har bir fikr, tushuncha bir-biri bilan o'zaro mustahkam bog'lanishda bo'ladi va keyingisi awalgisining ehtiyojidan kehb chiqadi. Mulohaza va hukm qat'iy izchillik asosiga quriladi. Mantiqiy tafakkur ma'lumot beradi, dalillaydi.

Badiiy tafakkur esa voqelikni, ijthnoiy turmushni, asosan, insonni, uning ruhiyatini badiiy obrazlar vositasida aks ettiradi. U hayotni, insonni qanday bo'lsa shundayligicha aks ettmbgina qolmaydi, balki nafosat, muhabbat, xohish, orzulardan kelib chiqib ulami qayta yaratadi va hatto boyita oladi. Demak, mantiqiy tafakkurning asosiy xususiyati aniq tushunchalar, ma'lumotlar, dalillar, isbotlar, xulosalar orqali fikr yuritishda bo'lsa, badiiy tafakkurning asosiy xususiyati obrazlar, badiiy san'at, taxayyul vositasida fikr yuritishda namoyon bo'ladi. Mantiqiy tafakkur ko'proq ma'lumot, e'tirof, ilm, fan uchun xos bo'lsa, badiiy tafakkur san'atning barcha turlari va badiiy adabiyot uchun xosdir. "Bir tomchi ko't yosh" mantiqiy tafakkurga ko'ra hayajondan paydo bo'luvchi bir tomchi suyuqlikdir. Badiiy tafakkurda esa kinch, armon, sevinch va hokazolar ifodasi bo'lishi muinkin. Chunki bu yerda u bir tomchi suyuqlik emas, badiiy obrazga aylanadi. Badiiy adabiyot ilmiy adabiyotdan hayot haqiqatini jonli va jozibali tasvirlashi bilan keskin farqlanadi.

Hayot fanda ilniiy abstraksiyalar, axborotlar tarzida aks etsa, adabiyotda u badiiy obraz qiyofasida gavdalanadi. V. G. Belinskiy ta'biri bilan aytganda fan «nima bo'lganini» tushuntirsa, adabiyot «qanday blganini» tasvirlaydL Adabiyot hayotning in'ikosi bo'lgani bilan uning suratga tushiriigan aynan nusxasi emas. Hayotdagi hodisa va shaxslar faoliyati aslida qanday kuzatilgan bo'lsa, shu holatda ko'chirib olinmaydi.

Adabiyotning vazifalari boy va rang-barang Biroq zaro kuchli aloqada bo'lgan asosiy vazifasi tarbiyavly, estetik, ma'rifiy yo'nalishlarda namoyon bo'ladi.

Badiiy adabiyotning tarbiyaviy vazifasi deyilganda bar bir asarda bevosita yoki bilvosita z ifodasini topajak axloqiy va u bilan aloqador xislatlarning kitobxon ma'naviy dunyosini shakUantirishga ko'rsatajak ta'siri nazarda tutiladi. Lekin axloq inasalasining adabiyotdagi vazifasini faqat pand-nasihatdan iborat deb tushunmaslik kerak. Bu o'rinda u kitobxonni insonparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik, adolat ruhida tarbiyalash singari vazifalarni ham nazarda tutadi. Badiiy adabiyotning quyidagi uch vaztfasini alohida ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) Hayotning haqqoniy badiiy in 'ikosini yaratish; 2) Inson obrazini yaratish, uning ichki olamini tasvirlash, tabiati va ruhiyatidagi go 'zallik kurtaklarining tashqi olam ta 'sirida g 'uncha tugishi va gullashi jarayonini ko'rsattsh; 3) Tarixiy tmishdagi, shuningdek, hozirgi davrdagi ibratli voqealar va ajoyib kishilar hayotini aks ettirish orqali kishilarga emotsional ta'sir tkazish, zavq-shavq baishlash, ularni tarbiyalash, ularning barkamol insonlar bo 'lib shakllanishidafaol ishtirok ettsh.

Adabiyotning bosh vazffasi esa inson qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka naftatni uyotishga qaratilgan. Yozuvchining qurofi so'z bo'lib, u so'zlardan mohirlik bilan foydalangan holda shunday hayotiy manzaralar chizadiki, asaiiarai qiyotgan quvchi xuddi sha voqealarda ishtirok etayotgandek, ulami o'z ko'zi bilan ko'rib turgandek bo'ladi, qahramonlar bilan birga shodlanib, birga ma'yuslanadi. San'at asarlari ta'sirida quvchilarda tuilgan bunday tuyular estetik tuyu deyiladi.

Badiiy asarlarda tasvirlangan tarixiy shaxslar, ularning hayoti va faoliyati bilan boliq voqea-hodisalar tarixiy haqiqat deb ataladi. Yozuvchi tarixiy shaxs hayotini aks ettirganda ham, umumlashtirish yo'li bilan qahramonni tasvirlaganda ham ularning hayotdagi fe'1-atvorlari, boshidan kechirganlarini qanday bo'lsa, shunday tasvirlamay, balki ularni muayyan nuqtai nazardan bir oz zgartirsa, ba'zi voqealarni zidan qo'shsa, ba'zilarini rushirib qoldirsa, bu badiiy to'qima deyiladi. Hissiyot va ruhiyatni tarbiyalash bilan bir qatorda kitobxon dunyoqarashi, tafakkurini stirish, ijtimoiy turmush, janiiyat, inson va шниг qalbidagi xohish, ziddiyat, intilishlarga doir bilimlarm chuqurlashiinsh hamda yangicha shuuriy izlanishlarni uyg'otish ham muhimdir. Bulaming uzviy yaxlitlikda amalga oshiriluvida badiiy adabiyotning ma'rifiy vazifasi namoyon bo'ladi.

Oiirnlarning ko'rsatishlaricha, badiiy asarlar qanday maqsadda yarali-lishiga (kuylash uchunmi, sahnada ko 'rsatish uchunmi yoki о 'qish uchunmi) va nimani ifoda etishiga (tuyg'uni, tuyg'uning yuzaga kelishiga sabab bo 'Igan Voqeani yoki obrazlarning bevosita harakatlarini) qarab quyidagi 3 turga bo'linadi:


Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish