Ma’mur qahhorov



Download 434 Kb.
bet37/59
Sana03.01.2022
Hajmi434 Kb.
#317291
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
Falsafa

Germenevtika (yunon. «tushuntiraman») falsafiy metod sifatida G’arbiy Evropada bundan yuz yilcha muqaddam paydo bo’lgan. Uni asosan inson voqelikni qanday talqin etishi, talqinlar xilma-xilligi keltirib chiqargan omillar qiziqtiradi, zero fikr taxlili – voqelik taxliliga yo’ldir.

Voqelik – bitta, lekin uning talqinlari nega xilma-xil va biri-ikkinchisiga o’xshamagan? Bu voqelikning serqirraligi bilan izoxlanadimi yoki fikr xilma-xilligi, ziddiyatligi bilanmi? Talqinlar rang-barangligi ijtimoiy-siyosiy tartiblar, demokratiya rivoji bilan nechog’lik bog’langan? Shu masalalarni taxlil eta borib, germenevtika jamiyatning demokratiyalashuvi, erkinlashuviga ham ko’maklashadi.

Xamma narsani o’rganish zarur, ammo imkon qadar xolis (ob’yektiv) o’rganish kerak – germenevtikaning asosiy talabi va shiori shunday. Misol tariqasida A.Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonida Xindistonga safar qilgan bir gurux ko’zi ojizlar xaqidagi xikoyatni olaylik. Ulardan «Fil qanday xayvon ekan?» deb so’ralganida filning tishini ushlagan kishi «Katta suyak ekan» deb, qulog’ini ushlagan kishi «Baxaybat yelpig’ich ekan» deb, oyoqlarini ushlagani esa «Katta xoda ekan» deb javob qilgan ekan. Bu ko’zi ojiz bandalarning har biri o’zicha haq, ammo xech biri fil haqida tug’ri tasavvur berolmaydi. Talqin, hozirgi misoldan ko’rinib turganidek, odamning jamiyatdagi mavqei, didi, bilimi, ruhiyati, u yashagan muxit va munosabatlarni, voqelikni aks ettiradi. Binobarin, dunyoni turlicha talqin etish mumkin bo’lganidek, talqinga, fikrga qarab odamga, jamiyatga, voqelikka baho berish ham mumkin.

Shuro davrida kommunistik partiya yakkaxokimligi uning markscha-lenincha mafkurasi yakkaxokimligini tug’dirgan, o’zga fikr va talqinlar ta’qib etilgan, erkin fikr bo‘g‘ilgan, binobarin, «qizil» mafkura timsolida tuzum qandayligini yaxshi tasavvur qilish mumkin bo‘lgan. Qayerdaki fikrlar xilma-xil va erkin bo‘lsa, bilingki, u erkin, demokratik jamiyatdir. Talqinlarning yagona emas, ko‘pligi va rang-barangligi shu jamiyatning ma’naviy rivoji alomatidir. Shunisi ham borki, talqin boshqa, tushunish boshqa. Har qanday talqin ham anglash, tushunish mahsuli bo’lavermaydi. Haqiqat bitta, ammo talqin ko‘pligi – tabiiy xol. Talqinlarni tahlil etib, zamirini ochib, inson va jamiyat taraqqiyotiga oid ko’plab chuqur xulosalarga kelish mumkin.

So‘nggi yillarda falsafa va fanda, tizimli obyektlar tahlilida strukturaviy-funktsional tahlil metodi yaxshi samara bermoqda va ommalashmoqda. Bu metod AQSHlik taniqli sotsiologlar R.Parsons va R.Merton nomi bilan bog‘liq. Uning zamirida tizimning funksional xususiyatlarini uning mavjudlik va tuzilmaviy xususiyatlaridan farqlash lozim, degan g‘oya yotadi. Mazkur metod asoschilari ushbu g‘oyani ijtimoiy tizimlar misolida yaqqol isbotlab berganlar. Undagi turli elementlarning bir-biriga funksional ta’siri strukturaviy darajalar xususiyatlariga bog‘liqligi aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, R.Mertonning fikricha, ijtimoiy-tuzilmaviy elementlar bilan ijtimoiy funksiyalar o‘rtasida qat’iy, bir ma’noli bog‘lanish yo‘q. Funksiyalar tizimga nisbatan qulay va noqulay (disfunktsiya), oshkora yoki latent (yashirin) bo’lishi ham mumkin. Barcha funksiyalar sotsial tizimning strukturaviy-funksional tahlili modelida, ya’ni paradigmasida mujassamlashtiriladi.

Jamiyat – bir butun ijtimoiy tizim, uning strukturaviy elementlari – iqtisodiyot, siyosiy hayot, sotsial turmush, mafkura, ma’naviyat va boshqalar – bir-biri bilan ham strukturaviy, ham funktsional bog‘langan. Chunonchi, iqtisodiyot boshqa hayot sohalari (elementlar)ga nisbatan belgilovchilik, ustuvorlik ahamiyatiga ega, ayni chog‘da tizim rivojiga siyosiy jarayonlar va ma’naviyatning ta’siri tobora kuchaymoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning «ma’naviyatni iqtisodiy-moddiy hayotdan ustun deb bilaman» degan jumlalarida asli xosila strukturaviy elementning funksional jixatdan ustunlik kasb eta olishi xaqidagi xulosaning tasdig‘ini ko‘rish mumkin.

Strukturaviy jixatdan «siyosat – iqtisodiyotning mujassamlashgan ko‘rinishi», «avval iqtisod, keyin siyosat» degan qoida to‘g‘ri. Ammo bozor isloxotlari, yangi davlatchilikka o’tish davrida siyosat funksional jixatdan iqtisoddan birmuncha ilgarilab ketayotganini, ko‘plab iqtisodiy muammolar kaliti siyosiy yechimlarda ekanini ham ko‘rmasdan ilojimiz yo‘q, binobarin, iqtisodiy rivojlanishning siyosiy negizlarini yaratish dolzarblashyapti. Iqtisodiy muammolarning yechimi – iqtisodiyotning o‘zidagina emas, u bilan funksional bog‘lanishdagi boshqa sohalarda, birinchi navbatda, siyosatda, xuquqiy isloxotlarda, ma’naviyat o‘zgarishlarida ekani ayonlashmoqda. Ikkinchi tomondan, siyosatning tom ma’nodagi siyosat bo‘lishi uchun unga mustahkam tagzamin – iqtisodiy asos kerak, demak, funksional jixatdan ham ular biri-ikkichisiga bog‘langan.

Xullas, strukturaviy-funksional taxlil narsa-hodisani ham tuzilishi, ham qismlarining bajaradigan ishi nuqtai nazaridan nimaligini bilish, anglash metodidir. Narsa-hodisa, obekt haqida bulardan na birinchisi, na ikkinchisi bergan ma’lumotlar xali to‘liq bo‘lmaydi, narsaning o‘zi haqidagi ma’lumot bo’lmaydi, shunga qaramay, uning yashash tarzi va qonunlari tug‘risida ozmi-ko‘pmi qimmatga ega ma’lumot hisoblanadi. Masalan, dastgoxning tuzilishi haqidagi ma’lumot-bir tomondan, ishlash prinsiplari haqidagi ma’lumot-ikkinchi tomondan muayyan qimmatga molik, ammo bu ma’lumotlar xali ushbu dastgoxning mohiyatini bildirmaydi. Shunga qaramay, ushbu obyektning mohiyatini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mustaqil O‘zbekistonda keng ko‘lamli isloxotlar jarayonida yangi jamiyat qurishga doir yangi-yangi fikr va g‘oyalar ro‘yobga chiqarilmoqdaki, bular strukturaviy-funksional taxlildan xosil bo‘lyapti va mazkur metodni yanada chuqurroq qo‘llash, nazariy ishlab chiqish vazifasini qo‘ymoqda.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Metod, metodika, metodologiya, dialektika, qonun, kategoriya, metafizika, eklektika, sofistika, dogmatizm, sinergetika, germenevtika, strukturaviy- funksional tahlil.

ADABIYOTLAR:

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. – T, Ma’naviyat, 2008.

2. Karimov. I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. — “Fidokor” gazetasi, 2000 yil, 8 iyun.

3. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T., O‘zbekiston, 1997.

4. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T., O‘zbekiston, 1997.

5. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q – T., 1998.

6. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T., 1999.

7. Qahhorov M.A. Falsafa. Ma’ruza matnlari. - Farg‘ona, 2000.





Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish