Umrlar bor, tiriklikda o‘likdir,
Umrlar bor, mangulikda tirikdir.
Ayrimlar tom ma’noda yashamaydilar, yashamoqqa urinadilar, holos. Bundaylar umri samarasiz, hayoti izsiz kechadi, nomu-nishon qolmaydi. Vaholanki, har daqiqa g‘animat: hayot gashtini surish, yangiliklar qilish, jamiyatda o‘z o‘rningni topish, hamma-hammasiga ulgurish kerak. Buning uchun umrni mazmun bilan to‘ldirish yashashga ishtiyoq aslo so‘nmasligi kerak. Har bir tongni o‘z hayoting ibtidosi deb bil va quyoshning har botishini o‘z hayoting intihosi deb tushun,-deydi donishmandlardan biri. Har bir kuning qandaydir hayrli ish bilan, o‘z ustingdan biron-bir g‘alaba qozonish yoki nimanidir o‘rganish bilan nishonlansin.
Shu ma’noda hayot, AQSHlik taniqli faylasuf J.Santayana iborasi bilan aytganda, tomosha ham, bayram ham emas, mashaqqatli ishdir, katta san’atdir. Hayotning ma’nosi arshi-a’loda emas,hayotning o‘zida—mehnatda, tarbiyada, turmushda, adabiyot, ilm-fan, ijtimoiy-siyosiy faoliyatdadir. Bu faoliyat yuksak umuminsoniy ahloq, ijtimoiy ideallar va manfaatlar bilan sug‘orilmas ekan, hayotga ma’no bag‘ishlay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |