Yigitlikda yig‘ ilmning mahzanin,
Qarilik chog‘i harj qilgil ani.
Sharqning yana bir alloma shoiri A.Jomiy bunday deydi:
Eng zarur bilimni qunt bilan o“rgan,
Zarur bo‘lmaganin ahtarib yurma.
Zarurini hosil qilgandan keyin
Unga amal qilmay umr o‘tkarma.
Shunday qilib, “ongli odam” degan ibora o‘z ongi, tafakkurini zamonaviy empirik va nazariy bilimlar, milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar bilan boyitgan, ta’lim va tarbiya ko‘rgan kishiga nisbatan qo‘llaniladi. Bugungi mustaqil O‘zbekiston ahli “Kuch-bilim va tafakkurda” ( I.A.Karimov ) ekanligini anglab etgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ma’naviy-ma’rifiy islohotlar natijasida ongli, irodali, mustaqil fikr va e’tiqodga ega yangi avlod etishib chiqmoqda.
IV.Insonning tabiati murakkab va ziddiyatlidir. Bu turli mutafakkirlar, falsafiy ta’limotlar tomonidan qadim-qadimdan qayd etib kelinadi. “Sotsial darvinizm”, «antroposotsiologiya», «jamiyatning organik tuzilishi» singari konsepsiyalarga asosan odam instinktiv, sof biologik mavjudot, unda ijtimoiy jihatlar yoq yoki bo`lgan taqdirda ham juda kam miqdordadir.
Insonning tabiatini biologik tur sifatida bu xilda biryoqlama talqin etuvchi konsepsiyalarni “biologizatorlik”, ya’ni biologiyalashtiruvchi konsepsiyalar deb nomlash qabul qilingan. Bu hilda fikrlovchi olimlar uchun inson tabiati xuddi instinktlar kabi o‘zgarmasdir, ular yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, hujayraviy tuzilish kabi biologik qonun va tamoyillarni butunlay boshqa muhit bo‘lmish jamiyat hayotiga to‘g‘ridan-to‘gri tadbiq etadilar. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi sifatiy farq yo‘qqa chiqariladi. Insonni biologik mavjudot deb bir tomonlama talqin etishda esa turli irqqa, millatga mansub kishilar o‘zaro notengligi, insonning tabiatini o‘zgartirib bo‘lmasligi, binobarin, jinoyatchilik, ahloqiy tubanlik singari instinktiv xatti-harakatlar tabiiy holatlar sifatida oqlanishi lozimligi haqida hulosalar kelib chiqadi.
Shu bilan birga inson tabiatini biologizatorlik nuqtai- nazaridan bir yoqlama tabiiy-biologik tur sifatida baholash qanchalik noto‘gri bo‘lsa, uni faqat ijtimoiy hislatlar yig‘indisi sifatida ta’riflash ham shunchalik biryoqlamalik bo‘lur edi. Chunki biologizatorlik yondoshuvida insondagi ijtimoiylik hususiyatlari asossiz nazardan soqit qilinib, hatoga yo‘l qo‘yilsa, “sotsiologizatorlik” konsepsiyalarida insondagi tabiiy-biologik hususiyatlar xuddi shunday nazardan chetda qoladi va bir yoqlamalikka yo‘l qo‘yiladi.
Inson tabiati ziddiyatli ekanligini din ham qayd etadi. Islom diniga ko‘ra, hudo odamga ham hayvonlik, ham shaytonlik, ham farishtalik jihatlarini bag‘ishlagan deyiladi. Masalan, hayotni faqat yeb-ichish deb bilgan nafs bandalarida hayvonlik hususiyatlari ustun, qing‘ir hayotga o‘rgangan kishilarda shaytoniylik ko‘proq, halol rizq topib yashayotgan odamlarda esa farishtalik hislatlari ustundir.
Inson tabiatining ziddiyatliligi haqida mashhur tasavvufchi alloma Shayx Aziziddin Nasafiyning quyidagi fikrlari ham diqqatga molik: “Inson hayvon turlaridan biri. Aynan hayvon ruhi tarbiya topib, talim va tahsil ko`rib, takrorlash, taqvo va zikr tufayli darajalar bo`ylab rivojlanadi va har bir daraja, martabada yangi nomga molik bo`ladi.” Odam jisman hayvonga monand, - degan edi mutafakkir shoir Abdurahmon Jomiy, -shu bilan birga u biror maxluqotda uchramaydigan nutq, til va tafakkur sohibidir. Jomiy insonni “hayvoni notiqa”, ya’ni nutqqa ega mavjudot deb atagan.
“Inson-ijtimoiy mavjudot” degani inson tabiatidagi biologik jihatlarning ahamiyatini yo‘qqa chiqarishni bildirmaydi. Dastlab biologik tur sifatida mavjud bo‘lgan odam evolyutsiyaning ma’lum bosqichida mehnat, jamoaviylik, nutq va ong tufayli tabiatdan ijtimoiy vujud sifatida ajralib chiqdi, ijtimoiylashdi, ammo uning biologik jihatlari yo`qolib ketmadi, shaklan va mazmunan o‘zgardi, holos. Muhimi-unga nisbatan tabiiy tanlanish qonuni o‘z belgilovchilik ahamiyatini yo`qotdi. Odam o‘zida biologik va ijtimoiy jihatlarni birlashtirgan murakkab sotsiobiologik vujudga aylandi. Inson irodasi, hayvolarnikidan farqli o‘laroq, ong nazorati ostidadir. Odam o‘z ehtiyojini qondirish bilan cheklanmasdan, boshqalar uchun ham hayotiy muhim ne’matlar yaratadi. U barcha jonzotlardan ma’naviy ustunligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |