Mazmun – narsaning barcha tomon, xossa va elementlari majmui, shakl – uning ifodalanish uslubi. Mazmun shaklda ifodalanadi, shaklni taqozo qiladi va belgilaydi. Chunonchi, kiyim odamga qarab bichiladi. Mazmun o‘zgarsa, shakl ham shunga monand o‘zgarib boradi. Ko‘pincha bir mazmunni bir necha shaklda ifodalash mumkin va lozim bo‘ladi. Chunonchi, bir syujetni xikoyada yoki romanda yoki she’r yoki kinofilm janrlarida ifodalash mumkin. Shu bilan birga mazmun nechog‘lik to‘laqonli ifodalanishi shaklga, tug‘ri shakl tanlashga ham bog’lik. Biroq shaklga urg’u berish, shaklni mutloqlashtirish shaklbozlikka (formalizmga) olib kelishi mumkin (Masalan, rasmiyatchilik, qog‘ozbozlik, byurokratizm va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |