Xozirgi davrning asosiy falsafiy ta’limotlari xaqida gap ketganda atoqli nemis olimi Artur Shopengauer (1788-1860) asos solgan «xayot falsafasi» va uning xozirgi ko‘rinishlari tilga olinadi. Uning fikricha, olamdagi barcha mavjud narsalarning namoyon bo‘lishi irodaga bog‘liq. Iroda esa ongsiz va ko‘r-ko‘rona intilishdan iborat. Masalan, xayvonot olamidagi instinktiv xatti-xarakatlar irodaning namoyon bo‘lish xolatlaridan biridir. Inson faoliyati ham ongsiz irodaning namoyon bo‘lishiga misol bo’ladi. Shu boisdan inson moxiyati irratsional, ya’ni aqlga zid, aqldan yiroq asosga ega. Aql esa tasnifiy narsadir. Inson xayoti, taqdiri doim aylanib turgan iroda gildiragiga bog’liq narsadir.Shopengauerning ushbu noan’anaviy falsafiy qarashlari uning shogirdi Fridrix Nitsshe (1844-1900) tomonidan rivojlantirilgan. Nitsshening fikricha, iroda ham turli bo’ladi. «Borliqning eng chuqur moxiyati xokimiyatga erishish uchun bo’lgan irodadir». Nitsshening «Zardusht tavallosi» asarida aytilishicha, inson vujudida maxluqlik va xoliqlik birlashib ketgan. U o‘z ortidan olomonni etaklashga qodir bo‘lgan irodasi kuchli shaxslarni tarbiyalash g‘oyasini ilgari surgan. Nitsshening ayrim fikrlari tushkunlik ruxida bo‘lib, chunonchi, u tsivilizatsiya va madaniyat tobora inqirozga yuz tutib, barxam topib borayotganini asoslashga xarakat qilgan. Bu, albatta, bejiz bo‘lmay, aslida XX asrda sodir bo‘lgan tushkunlik, parokandalik ham, texnikaviy va texnologik yuksalish ham falsafiy ta’limotlarda muntazam aks etib borganligi natijasidir.
Pragmatizm – foydali faoliyat, foydaga erishish yo‘llari va usullari xaqidagi falsafiy ta’limotdir. Pragmatizm falsafasining asoschilari aqshlik nazariyotchilar CH.Pirs, U.Jems, J.Dyui hisoblanadilar. «Praksis» lotin tilidan tarjimada «ish», «xatti-xarakat» degan ma’nolarni beradi. Pragmatizm insonga xayotdan o‘z o‘rnini topishga yordam berishni maqsad qilib qo‘yadi. Pragmatizm falsafasida qo‘llaniladigan o‘ziga xos termin va iboralarning ma’lum falsafiy jixatlari mavjud. Masalan, «foyda» tushunchasi ko‘proq umumnazariy falsafadagi «tajriba», «xaqiqat» tushunchalariga muvofiq keladi. Dyui fikricha, tajriba «foydali» natija berishi kerak. Jems «xaqiqat – bu foydali narsa yoki xodisadir», deydi.
Pragmatizm falsafasiga ko‘ra, olam o‘zgaruvchan. Tajriba – turli tasodif va kutilmagan vaziyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, ongimizdan tezkor qarorlar qabul qilishni talab etuvchi xodisalar majmuidir. Inson xatosiz faoliyat ko‘rsatishi uchun uning xatti-xarakatlarini boshqarib turuvchi intellekt zarur. Intellekt odamni qurshab turgan dunyodan nusxa oladi, unga moslashishga yordam beradi. Pragmatizm falsafasi – xozirgi zamon tadbirkorlari, ishbilarmonlari o‘rtasida, ayniqsa, g’arbda keng tarqalgan va ma’lum obro‘-e’tibor qozongan.
Do'stlaringiz bilan baham: |