XX asr oxiri - XXI asr boshlari jaxon falsafasining asosiy ta’limotlarini ta’riflash va tasniflashga kelganda, shuni aytish mumkinki, ular nixoyatda xilma-xildir. G‘oyaviy-mafkuraviy plyuralizm, fikrlar xilma-xilligi natijasida ularning xar biri, ikkinchisini takrorlamasdan, o‘ziga xos mustaqil oqim sifatida amal qilib kelmoqda. Xozirgi davrning asosiy falsafiy ta’limotlariga pragmatizm, ekzistentsializm, neopozitivizm, neotomizm va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, ularga qaraganda birmuncha torroq miqyosda tarqalgan fenomenologiya, tanqidiy ratsionalizm, falsafiy antropologizm va boshqa oqimlarni ham tilga olib o‘tish mumkin. Yangi davrga moslashish natijasi o‘laroq dunyoga kelgan postpozitivizm, neokantchilik kabi falsafiy oqimlarning muxlislari ham anchagina.
Do'stlaringiz bilan baham: |