Ma’mur qahhorov



Download 434 Kb.
bet12/59
Sana03.01.2022
Hajmi434 Kb.
#317291
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
Falsafa

Mirzo Abdulqodir Bedil (1644 - 1721) Xindistonda yashab, ijod etgan buyuk turkiy shoir. Uning «Chor unsur», «Irfon» nomli asarlari chuqur falsafiy mazmunga ega. Bedil xudoni olamning o‘zida deb talqin etuvchi «Vaxdati - mavjud» oqimiga mansub. U tabiatning abadiyligini, materiya bilan ruxning birligini tan olgan xolda hamma narsaning asosida xudo yotadi, deb hisoblagan. Bedil fikricha, moddiy olamning asosi xavodir. U abadiy, o‘zgaruvchan, rangsiz va engildir. U yuqori va quyi tomonlarga harakatlanadi. Rux moddiy dunyodan tashqarida emas, u tabiatdan kelib chiqadi, xavoning o‘zidan tabiiy rux, o‘simliklar ruxi, inson ruxi va xayvoniy rux xosil bo‘ladi.Bilish, Bedil fikricha, xis – tuyg’ulardan boshlanadi. Olamni to‘g‘ri aks ettirishda tafakkurning roli nixoyatda katta. Jamiyatga qarashlarda Bedil inson, davlatning kelib chiqishi, davlatni boshqarish, dexqonchilik va uning jamiyat xayotidagi ahamiyati xususida fikr yuritadi. Insonlar irqi, dini, millatidan qa’tiy nazar xurmat-extiromga munosibdirlar deydi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonni rus chorizmi istilo etdi. Mustamlakachilar bilan birga o‘lkaga Evropa va rus madaniyati kiriib kela boshladi. Yangi ta’lim-tarbiya muassasalari, jadidchilik harakati yo‘zaga keldi. Ahmad Donish (1827 - 1897), Berdah (1827 - 1900), Furqat (1859 - 1909), Muqimiy (1850 - 1903), Zavqiy (1853 - 1921), Anbar Otin (1870 - 1914), Hamza (1889 - 1929) kabi ma’rifatparvarlar etishib chiqdilar. Ular mamlakatni odilona boshqarish uchun isloxot zarurligi, xalq manfaati, boshqaruvchilarning bilimdon, aqlli bo‘lishi, o‘z atrofidagilar bilan kelishib davlatni idora qilishi, illatlarga nisbatan murosasiz bo‘lish g‘oyalari bilan chiqdilar. Ular maktab va maorif ishlarida faol qatnashib, ma’rifat, bilim egallash, baxtli va farovon xayotga intilish g‘oyalarini ijtimoiy-falsafiy jixatdan asoslashga urindilar.

Ma’rifatchilik harakati jadidchilikning vujudga kelishida muxim o‘rin tutadi. Jadidlar Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot, xalq manfaatlari uchun kurashdilar. Milliy – ozodlik harakati va milliy burjuaziyaning vujudga kelishi bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketdi. Munavvar Qori, Avloniy, Bexbudiy, Fitrat, Chulpon singari jadidlarning faoliyati g‘oyat samarali bo‘ldi. Ularning ko‘plab adabiy-badiiy asarlarida millat va Vatan taqdiri, Turkiston xalqlarini asriy qoloqlikdan qutqarish, xalqning o‘zligini tanishi, yaxshi axloq va odob qoidalarini singdirish, mamlakatni xom ashyo qaramligidan xalos etish, ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltirish masalalari ijtimoiy – falsafiy nuqtai – nazardan taxlil etilgan va muxim umumlashmalar chiqarilgan.

O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritishi, sharq, jumladan o‘zbek xalqi falsafiy merosini xolisona va xaqqoniy ilmiy tadqiq etish uchun imkoniyat yaratdi. Ushbu meros qudratli ma’naviy nazariy vosita sifatida mustaqillik qadriyatini mustaxkamlashga xizmat qilmog’i kerak.


TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Veda, astika, nastika, dao, tsi, zardushtiylik, buddaviylik, mazdak, moniylik, islom falsafasi, islomiy maxzablar, tasavvuf, tasavvuf tarikatlari, Navioiy, komil inson, Bobur, ma’rifatparvarlik, jadidchilik, jadidlar falsafasi.


TAKRORLAR UCHUN SAVOLLAR:

1. Qadimgi xindistondagi veda falsafiy maktablari qanday ta’limotlarni ilgari surgan?

2. Konfutsiy qanday g‘oyalarni targ‘ib qilgan?

3. «Avesto» qaysi diniy falsafaning muqaddas kitobi hisoblangan?

4. Moniylik va mazdakizm zardushtiylik bilan qanday bog‘langan?

5. O‘rta asrlar arab falsafasi haqida so‘zlab bering.

6. Markaziy Osiyo «Uyg‘onish davri» qaysi mutafakkirlar nomi bilan bog‘liq?

7. Temuriylar davri mutafakkirlari ko‘proq falsafaning qay sohalari bilan shugullanishgan?

8. Movarounnahrda XVII-XVIII asrlarda yashab, ijod etgan faylasuflar xaqida qisqacha so‘zlab bering.

9. XIX asrda Turkiston ma’rifatparvarligining yirik vakillari kimlar?

10. Jadidlar va jadid falsafasi xaqida nimalar bilasiz?
ADABIYOTLAR:

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. – T, Ma’naviyat, 2008.

2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.- T., 1998.

3. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. – «Fidokor» gazetasi, 2000, 8 iyun.

4. Mo‘minov I.M. O‘zbekistonda tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixidan lavxalar. – T. , Fan 1998.

5. Falsafa. O‘quv qo‘llanma. E.Yu.Yusupov taxriri ostida. - T., 1999.

6. Filosafiya . pod red. M.Abdullayeva. – Fergana, 2000.

7. Qahhorov M.A. falsafa asoslari. – Qo‘qon, 1998.

8. Yo‘ldoshev S.Antik falsafa. – T., 1999.


Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish