Oltin qazib olish sanoati. Markaziy Osiyoda, xususan, hozirgi 0 zbekiston yerlarida miloddan avvalgi VI-V asrlardayoq oltin qazib olingan va tindan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasalgani mavjud arxeologik
topilmalardan malum. Tugma (erkin uchraydigan) oltin konlarini ozlashtirishga qadar oltin asosan sochma konlarda juda ibtidoiy usullarda oltin zarralari aralash qumni qoy terisi qore-jagan yogoch togoralarda yuvib, ajratib olingan. Sochma oltin olish X-XI asrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, Sox, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganlagi haqida malumotlar bor.
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati - iqtisodiyot uchun mashina va mexanizmlar, jihozlar, agregat va apparatlar, asbob-uskunalar, madaniy-maishiy mollar, shuningdek, mudofaa ahamiyatiga ega bolgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi o g ir sanoat tarmoqlari majmuidir. Ushbu
sanoat butun xalq xojaligini texnika bilan taminlashda moddiy asos hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, xalqning moddiymadaniy farovonligi va mamlakat qudrati mashinasozlik sanoati taraqqiyotiga bogiiq. Uning ahamiyati, eng avvalo, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga va insonlar hayotining barcha sohalariga joriy etish asosida q o i mehnatini mashina mehnatiga aylantirish, yengillashtirish, mashinani mashina bilan yaratish,
tejamkorlikni taminlash va mehnatning mazmuni va xarakterini ozgartirishdan iborat. Mashinasozlik sanoati mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning samaradorligini yuqori darajaga kotarishga imkoniyat yaratadi.
Qurilish materiallari sanoati. Respublika qurilish materiallari ishlab chiqaradigan kop tarmoqli sanoatga ega. Sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq yopqich va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama material (plita)lar, noruda qurilish materiallari, qurilish
keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, boglovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigena jihozlari, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud. 0 zbekistonda tabiiy xom
ashyodan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq otmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom gisht, guvala, yogoch sinch, oddiy tuproq(loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiali bolib kelgan. Xumdonlarda pishirilgan gisht, sopol, chinni koshin, ganch, yonilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qollanilgan.
Yengil sanoat. Hozirgi davrda 0 zbekiston yengil sanoati kop tarmoqli industrial kompleks bolib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlaridan tashqari, toqimachilik, trikotaj, sho)a toqish, tikuvchilik, konpoyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ishlab chiqarish sohalarida 300 ga yaqin yirik korxonalar bor. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida yengil sanoat hissasi 13,0 % ni tashkil etadi. Bu tarmoqda 145 mingga yaqin xodim ish bilan band.
Do'stlaringiz bilan baham: |