Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq tuzilmasi va uni takomillashtirish


Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlash uslubiyoti



Download 168,5 Kb.
bet2/7
Sana27.06.2022
Hajmi168,5 Kb.
#708149
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi chala 1

2. Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlash uslubiyoti.
Tarmoqlarni prognozlashtirish uslubiyotida ikki xil yondashuv mavjud:

  • Meyoriy

  • tadqiqot.

Meyoriy yondashuvda umumiy iqtisodiyot vazifalaridan kelib chiqib tarmoqlarning rivojlanish maqsadlari belgilanadi. Bu maqsadlar: tarmoq mahsuloti jamiyat istemolini toliq qondirishi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotlar eksportini oshirish va boshqalar. Maqsadlar shakllanishi maqsad va vazifalar daraxti korinishida, rivojlanishning aniq yonalishlari ifodalanishi kerak. Bunday yondashuv iqtisodiy jarayon va voqeliklarni prognozlashni faollashtiradi.
Tadqiqot yondashuvda tarmloqdagi rivojlanish bosqichidagi tendensiya va voqelik qonuniyatlarni o’rganib, ushbu qonuniyatlar davomiyligi natijasida kelajakdagi kutilayotgan natijalar organiladi. Bu yondashuv prognozlashning nofaol usuliga xosdir. Tadqiqot yondashuv oxiri berk bo’lgan muammolarni va tarmoqlarning nomutanosib rivojlanish tendensiyalarini aniqlash imkonini beradi. Me’yoriy va tadqiqot yondashuvi natijalari ortasidagi uzulish kuzatilsa, ushbu uzilish sabablari va muammolari o’rganiladi, prognoz to’ldiriladi va natija yaqinlashtiriladi. Ularning uzilishining asosiy sabablari ishlab chiqarish tuzilmasining o’zgarishi va ilmiy texnik taraqqiyotini natijasida uning ishlab chiqarish samaradorligining oshishidir.
Ikkala yondashuv orqali tarmoqlarini iqisodiy prognozlash yagona uslubiyot bosqichlari orqali amalga oshiriladi, bular quyidagilar:
1. Tarmoqning oldingi va hozirgi holatini ifodalash va baholash;
2. Yondashuvi yordamida tarmoqlarning asosiy yonalishlarini prognozlash;
3. Me'yoriy yondashuv yordamida, tarmoqlarning rivojlvnishi asosiy yonalishlarini prognozlash, tarmoq rivojlanishini asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash;
4. Muammolarning sodir bolishi va rivojlanishini aniqlash;
5. Tarmoqlararo balans m’alumotlaridan kelib chiqib rivojlanish variantlarini tanlash;
Birinchi bosqichda asosiy orinda mavjud qonuniyatlarni ko’rib chiqilayotgan davr ichida rivojlanish tendensiyalari, ularning mavjud omillari bilan o’zaro aloqadorligi, mavjud tendensiyaning davomiyligi ehtimoli, uning ishonchliligi darajasi.
Prognozlashning asosiy unsurlari ikkinchi va uchinchi bosqichlar bo’lib hisoblanadi, chunki ular tarmoqning asosiy yo’nalishlarini prognozlashtiradi. Bu jarayonlar ham o’z navbatida bir necha bosqichlardan iborat: prognozni ishlab chiqish uchun vazifalarni shakllantirish; ob’ektni prognozlashtirish; prognozning ishonchliligini ekshirish.
Prognozlash vazifalarini belgilash uchun quyidagi hujjatlar mavjud: prognoz obektini aniqlash, prognoz maqsad va vazifasi, uni amalga oshirish tartibi. Topshiriq progonozni ishlab chiqishda asos boladi. Unda buyurtmachi va bajaruvchi ko’rsatiladi. Obektni ifodalash uchun uning maqsad va vazifalarini shakllantirish asosiy vazifa bolib hisoblanadi. Shakllantirilgan maqsad va vazifa obektning parametr va xarakteristikasini ifodalashi, boshqa obektlar bilan o’zaro aloqadorligi, rivljlanishini ifodalovchi, prognozlash jarayonida hisobga olinidigan chegaralar bolishi kerak. Tashkilotni prognozlashtirish qismida quyidagilar aniqlashtiriladi: kerakli malumotlar royxati, shu jumladan, bajaruvchiga buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan; prognoz qismlarini bajaruvchilar ortasidagi taqsimot; prognozni ishlab chiqish davri va uni bajarilish muddati; ishni moliyalashtirish tartibi va manbasi; har bosqichda hisobot berish va ishning yakuniy natijasi.
Ikkinchi bosqichda prognozning aniqliligi va ishonchliligini aniqlanadi. Bu erda ikki ta muammoni yechishga to’g’ri keladi: prognozning vazifasi manbasi va uning xususiyatini aniqlash; mavjud bilimlar asosida prognozning ishonchliligini aniqlash.
Tadqiq qilingan vaqt oralig’idan tashqari, o’rganiladigan jarayonni ko’rsatgichlarini barchasini tadqiq qilish ham prognoz natijasiga ta’sir ko’rsatadi. Ko’picha agregatlashtirilgan, umumiy ko’rsatgichlar natijani shakllanishiga sabab boladi. Prognozlash davrining ortishi bilan bu ko’rsatgichlar to’g’ri natija bermaydi va bashqa ko’rsatgichga o’z ta’sirini ko’rsata boshlaydi. Bir paytning o’zida ular o’zaro balanslashuvi kuchsizlanadi. Lekin bu bilan prognozlashtirish natijalari bilan kelajakni ifodalab bo’lmaydi begani emas. Faqat ularning aniqliligini oshirish uchun aniq bir uslubiy asosga asoslanib prognozlash lozim.
Xususiy va umumiy gipotezalar natijasida ya’ni malumotlarning yig’ilishi kuzatiladi, bu esa oz navbvtida prognoz jarayoni va natijalarini ozgarishiga tasir korsatadi.
Rivojlanish gipotezining asosiy elementlaridan biri, uni qabul qilish jarayonida inobatga olingan shartlardir. Bunday ko’rinishda omillarni olishimiz mumkin, ular tarmoqni ivojlanishiga tasir korsatadi. Bunday omillarning ikki xil guruhi mavjud: tashqi, iqtisodiyotning bir tarmog’ini bashqa tarmoqlar bilan bog’liqligini ifodalaydi, ichki, bir tarmoq rivojlanish qonuniyatlarini belgilaydi.
Tarmoqning tashqi aloqilari uning rivojlanishiga ikki xil ko’rinishga ega: miqdoriy, bunda iqtisodiy osish suratlari ifodalaniladi, sifat, bunda ishlab chiqarish jarayonini texnik texnologik jaranini baholaydi. Tarmoq ichki aloqalari, tarmoqni bir butunlikda korib chiqadi.
Tarmoqning har bir obektiga tasir korsatuvchi ichki va tashqi omillari mavjud.
Tashqi omillar prognozlatirilayotgan obekt o’zaro tasirda bolishini korsatadi. Tasir korsatishi turlicha bolishi mumkin: siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, tashkiliy. Tarmoq rivojlanishini ichki va tashqi omillarini inobatga olib prognozlash, uning eski konsepsiyasiga asoslanadi. Bunday ko’rinishdagi prognozlashda, tarmoq rivojlanishi quyidagicha bo’lishi mumkin: ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish orqali intensiv iqtisodiy o’sishga erishish, yangi samaradorligi yuqori bo’lgan texnika texnologiyani o’zlashtirish, mehnat samaradorligini oshirish uchun yangi mehnat qurollarini ishlab chiqarish, mavjud korxonalarda modernizatsiya jarayonini ushlab turish, mehnat resurslarini chegaralanganligini inobatga olish, ishlab chiqarishda qurilish muddatini kamaytirish va ularning quvvatini o’zlashtirish, xom ashyodan chiqindisiz yoki kam chiqindi chiqadigan texnologiyadan kompleks foydalanish, ishlab chiqarish korxonalarini hududiy qulay joylashtirish, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy texnik hamkorlik munosabatlarini olib borish va boshqalar. Barcha tarmoqlar uchun tashqi ta’sir sifatida kapital qoiylmalarning va mehnat resurslarining chegaralanganligidir.
Ichki ta’sir sifatida qazib oluvchi tarmoqlarda tabiiy resurslarning chegaralanganligi bolsa, qayta ishlovchi tarmoqlarda xom ashyo va materiallarning ozligidir. Ichki tasirga yangi texnika va texnologiyani ozlashtirish muddati, yangi kiritilgan quvvitlar kapital qurilishning muddati va boshqalar.
Tarmoqni rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini tahlil qilishda xalq xo’jaligi korsatgichlari bilan ozaro aloqadorligi va boshqa tarmoqlar bilan bogliqligi korib chiqiladi. Buning asosida maqsadli tarzda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va boshqaruv samaradorligini oshirish.
Tarmoqlarni prognozlashtirishda qoyiladigan asosiy uslubiy savollardan biri bu tarmoqning boshqa tarmoqlar ozaro aloqasi, prognozlashtirilayotgan tarmoqning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni. Bu jarayonda xo’jaliklar bilan tarmoqning bog’liqligi, tarmoqlar aro jo’natmalar, tarmoqning oraliq iste’moli, yalpi ishlab chiqarish, tarmoqning sotilgan va yakuniy mahsuloti va boshqa tarmoqlar bilan aloqalari organiladi.
Tarmoqlar aro prognozlashda ikki ta asosiy jihatini ajratish mumkin: inertsion (tadqiqot) va optimizatsion (me’yoriy), bu orqali prognozlashtirish davrida xalq xojaligida tarmoqlarning tizimi ozgarishini aniqlash mumkin.
Qisqa muddatli prognozlashda malumotlarning kerakli darajada bo’lishi imkoniyatining mavjud emasligidir. Shuning bilan bir qatorda bu trendni yarim yillik ekstropolyasiyalash orqali ham asosli prognoz natijalarini olish imkoni mavjud emas. Bu holda iqtisodiy prognozlashning ekspert usulidan foydalanish zarurati tugiladi.
O’rta muddatli va uzoq muddatli prognozlashda me’yoriy yondashuvda prognozlash, olinadigan prognoz natijalari nisbattan obektiv bolish imkoni mavjud. Shuningdek o’rta muddatli prognozda shartlar (cheklovlar) qoyiladi uzoq muddatliga nisbatan. Shartlaring sababi shundaki, u mavjud o’sish qonuniyatlariga amal qilinishi kerak. Shundan kelib chiqib, orta muddatli prognozlashda minimal o’sish varianti o’rnatiladi, prognoz boshidagi ishlab chiqarish hajmi saqlanib qoladi, yoki ishlab chiqaruvchilar va korxonalarning qurollanishi sharoitida eng minimal osishi saqlanib qoladi.
Uzoq muddatli prognoz uslubiyotining yana bir xususiyatlardan biri shundaki uning muammoli maqsadliligida, u esa tarmoqning uzoq muddatga mo’ljallangan maqsadini belgilaydi. Agar o’rta yoki qisqa muddatli prognozda mavjud imkoniyatlardan foydalanilsa, uzoq muddatlida esa tarmoqning tub ildizida turgan muammolar korib chiqiladi. Bunda asosan tarmoqning iqtisodiyot rivojlanishidagi kelajakdagi yoliga e’tibor qaratiladi. Bu yo’nalishlar mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi asosiy yo’nalishi bilan bogliq bolishi kerak.
Tarmoqning iqtisodiy rivojlanish yo’nalishini aniqlash uchun umumiy aloqalar va tarmoq korsatgichlar o’rtasidagi rivojlanish va xalq xojaligidagi ko’rsatgichlariga ta’siri, shuningdek boshqa tarmoqlar ko’rsatgichlar bilan o’zaro tasiri korib chiqiladi.
Jarayonlarni o’zaro bogliqligini aniqlashda quyidagi ko’rsatgichlardan foydalaniladi: umumiy mahsulotlar dinamikasi, milliy daromad, iste’mol fondi, aholining daromadlari darajasi, jamg’arma fondlar va kapital qoyilmalar o’sish surati, tarmoqlarning o’sish dinamikasi, tarmoq iste’moli va boshqalar. Tarmoqlarning rivojlanishini uzoq muddatda prognozlashda, ushbu tarmoq mahsulotlarini xalq xo’jaligi tomonidan istemol hajmini aniqlash muhimdir. Bu iste’mol bir tomondany etishtiriladigan mahsulotning samaradorligini oshirishi va iste’mol tuzilmasini ozgarishini tarmoqning rivojlanish darajasini aniqlasa, ikkinchi tomondan xalq xojaligining ayrim ko’rsatgichlarini ozgarishi malum mahsulotlarga bolgan iste’molni ozgarishini aniqlaydi.


Download 168,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish