SANOAT MILLIY IQTISODIYOTNING YETAKCHI TARMOGI VA UNI PROGNOZLASH
2.1. Sanoatning milliy iqtisodiyotdagi roli va uning tarmoqlari.
Sanoat - moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, yetakchi tarmogidir. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq istemol tovarlarining kopchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlaming barcha turlari, bino va inshootlaming konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; yerosti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, osimlik va hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng istemol mollari tayyorlanadi va hokazolar.
Sanoat xalq xojaligining barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan taminlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sogliqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoataing taraqqiyot darajasiga bogliq.
Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. Shu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik 50iqori boIsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli boladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi. Sanoat sohasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bolgan konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirshning ilgor usullari - mahalliylashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikatsiyalash, kooperativlash-tirish va kombinatsiyalashtirish sohasida ustunlik qiladi. Sanoat va ayniqsa, uning eng muhim sohasi bolgan ogir sanoat mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy-texnika vositalarini ozi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda jamiyat azolari ortasidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini
takomillashtirib ham boradi.
Sanoat qishloq xojaligi ishlab chiqarishni qayta qurishning negizi hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan taminlash orqali fermer, shirkat, dehqon xojaliklarini va boshqa shakllarda faoliyat korsatayotgan subyektlami iqtisodiy va madaniy jihatdan yuqori darajaga kotarishga, shahar bilan qishloq ortasidagi muhim tafovutlami yoqotishga, dehqon mehnatini
industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi. Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini taminlovchi muhim sohadir.
Chunonchi, mamlakatimiz mudofa qobiliyatini mustahkamlashda
sanoatning roli va ahamiyati beqiyosdir. Barcha mamlakatlaming siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, xojalik jihatidan hamkorligi sanoat sohasida ham oz ifodasini topadi. Tabiiy va mehnat resurslaridan, fan va
texnika yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayishida
sanoatning ahamiyati kattadir. Sanoat uchun fan-texnikaning uzluksiz taraqqiyoti va ishlab chiqarishning yutuqlari bilan qurollanishi darajasining osishi xarakteriidir. Unda elektrlashtirish va elektronizatsiyalash, kompyuterlashtirish va kimyolashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurish sohasidagi ilgor yutuqlardan keng foydalaniladi. Ularni faqat tinchlik maqsadlarida qollaydi.
Sanoat oz navbatida malum tarmoqlarga bolinib, ular quyidagilarni oz ichiga oladi:
1. Elektr energetika
2. Yonilgi sanoati
3. Qora metallurgiya
4. Rangli metallurgiya
5. kimyo va neft-kimyo sanoati
6. mashinasozlik va metallni qayta ishlash .
7. Ormonchilik, yogochni qayta ishlash va selyuloza-qogoz.
8. qurilish materiallari.
9. yengil sanoat.
10. oziq-ovqat sanoati.
Sanoat taraqqiyotida yoqilgi-energetika majmuasining orni alohida. Uning tarkibiga energetika, neft va neftni qayta ishlash, gaz va gaz kondensati, komir qazib olish va boshqa bir qator kichik sohalar kiradi. Bu majmua sanoat ishlab chiqarishining 1\4 qismini tashkil etadi. Ozbekiston Respublikasi jahonda gaz ishlab chiqaruvchi 10 ta mamlakatdan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |