Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq tuzilmasi va uni takomillashtirish.
Mundarija:
Kirish.
Asosiy qism.
I Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq tuzilmasini prognozlash
1.1. Tarmoq rivojlanishini prognozlashning ahamiyati
1.2. Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlash uslubiyoti.
1.3. Tarmoqni iqtisodiy prognozlash usullari va modellari.
II Sanoat milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmogi va uni prognozlash.
2.1. Sanoatning milliy iqtisodiyotdagi roli va uning tarmoqlari.
2.2. Sanoat tarmogi tahlili va uni prognozlash.
MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY TARMOQ TUZILMASINI PROGNOZLASH.
1. Tarmoq rivojlanishini prognozlashning ahamiyati
Iqtisodiyot tarmoqlarini prognozlashning qiyinchiligi shundagi, tarmoqlar mahsulotiga bolgan istemol hajmini aniqlashdadir. Shuning uchun bunday prognozlashni ishlab chiqishda uning barcha komponentlari yaxshilab baholash kerak. Iqtisodiyotdagi aniq bir mahsulotga bolgan iste’molni aniqlash, bu sohani prognozlashning asosidir. Buning uchun sohaning butun iqtisodiy tahlil qilish, va iqtisodiyot tarmoqlari qonuniyatlarini ko’rib chiqish kerak. Jamiyatda ushbu mahsulotga bolgan iste’mol talabini qondirilishi va ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash kerak. Samaradorlikni baholashda bir qator korsatkichlar tizimidan foydalaniladi, ular ishlab chiqarish omillari holatini korsatib beradi, ular quyidagilar:
mehnat unumdorligi
fond qaytimi
kapital quyilmalar qaytimi korsatkichi
material sig’imi
Ishlab chiqarish resurslarini prognozlashtirishda asosiy fond va ishlab chiqarish kapital qoyilmalarga kerak bo’ladigan mehnat va moddiy resurslarga bo’lgan talabni aniqlashdan iboratdir. Ushbu prognozning aniqligiga qarab tarmoq ishlab chiqarishini rivojlanish darajasi va hajmi rejalashtiriladi. Iqtisodiyotda mavjud iste’mol hajmi bilan ishlab chiqarishning umumiy hajmi teng bolishi kerak. Buning uchun tarmoqlarning ishlab chiqarish imkoniyati va foydalanish darajasini bilish kerak. Ushbu ko’rsatkichni prognozlashtirish tarmoqning ishlab chiqarish kuchini va undan ma’lum muddat mobaynida foydalanishini aniqlash imkonini beradi. Bir paytning o’zida ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar tarmoq yo’nalishi, tarmoqda ilmiy texnika taraqqiyoti darajasi, boshqa tarmoqlar bilan aloqasi va boshqa omillar inobatga olinadi.
Tarmoqlarini prognozlash, qamrab olish darajasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: alohida tarmoqlarni prognozlash, shu jumladan, uning rivojlanish qonuniyati, tarmoq tarkibidagi ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi, tarmoqning mintaqalar aro rivojlanishi, bir paytning o’zida tarmoq bilan bog’liq tarmoqlarni va iqtisodiyotdagi barcha tarmoqlarni prognozlash.
Maqsadga yo’naltirilganligiga qarab tarmoqlarni prognozlash
bir maqsadga yo’naltirilgan
bir-biriga bog’liq maqsadga yo’naltirilgan
kompleks prognozlashga bo’linadi.
Prognozlashtirishning umumiy vazifasi shundaki mavjud holatni yoki jarayonni qancha muddat oralig’ida rivojlanishini aniqlashdir. Tadqiqot usuli singari tarmoqlarni prognozlash ham kelajakda kutilayotgan miqdor va sifat korsatkichlari ma’lumoti asosida kelajakdagi rejalarni tuzishga yordam beradi. Shuningdek prognozlashtiriladigan natija kelajakda rivojlanishnig eng maqbul yoli yoki optimal yechimi sifatida qaraladi.
Prognozni ishlab chiqish darajasiga kora: aniq taklif berishga olib borilgan prognoz; rivojlanish konsepsiyasiga yo’naltirilgan prognoz; aniq izlanish yo’nalishiga yo’naltirilgan umumiy taxminlarga asoslangan prognozlarga bolinadi.
Kelajakni ko’rish usuliga ko'ra prognozlar nofaol (passiv) va faol (aktiv) bo’lishi mumkin. Nofaol prognozlashtirish bu mavjud qonuniyat, o’sish darajasi asosida kelajakda kutilayotgan o’sish tendensiyalari ko’rib chiqiladi, ya’ni oldingi natijalarga asoslanib kelajakda shunaqa natijalarni kutish. Nofaol prognoz jarayonni inert holatda qanday natijalarga erishishini ko’rsatadi. Nofaol prognozdan farqli ravishda faol prognozda rivojlanishning yangi maqsadlaridan kelib chiqib mavjud tendensiyaning o’zgarishi, iste’mol dinamikasi, resurslarni qayta taqsimlanishi, rivojlanishning yangi yo’nalishini paydo bolishi va boshqa bir qator omillar inobatga olinadi. Umuman progonozlashtirish davrini tanlashda ishlab chiqarish sikli davomiyligi, tarmoqdagi ilmiy texnika taraqqiyoti davomiyligi (shu jumladan mahsulot turi va assortimentining yangilanishi, ishlab chiqarish jarayoni texnika texnologiyaning yangilanishi) va bashqa bir qator omillarga bog’liqdir. Prognozlash natijalariga omillarning ta’sir etishiga qarab prognozlashtirish davri tanlanadi. Quyidagi ishlab chiqarish sikllari farqlanadi: ilmiy texnika sikli 20-25 yil; demografik sikl 20-25 yil; kapital sikli 15-20 yil; qurilish sikli 7-10 yil va boshqalar.
Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlashtirish nuqtali, ya’ni ma’lum yillar ishlab chiqiladi (1993, 2003, 2013) va intervalli, malum oralig’ida (1998-2010) boladi.
Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlash quyidagi talablari mavjud:
ishonchlilik, zamonaviyligi va axborotni yetarliligi asosida prognozlashtirish;
har tomonlama ilmiy asoslangan nafaqat tarmoqda balki iqtisodiyot uchun;
prognozda ilmiy-texnika, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ifodalash va baholash;
prognoz natijalarini aniq ifodalash, alternativ echimlarni baholash.
Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlashtirishning bir qator prinsplari mavjud: birinchidan umumiy iqtisodiyot va tarmoqlar prognozining bir-biriga mos kelishi. Bir tomondan, tarmoqning rivojlanishi umumiy iqtisodiyotga tasir korsatadi, shu bilan jumladan YAIM, iste’mol, investitsiya. Ikkinchi tomondan, har bir tarmoq unga talab qilinadigan mehnat hajmi, mahsulot tayyorlashning o’ziga xosligi, texnika texnologiyaning qo’llanishi va omillarning oziga xos qonuniyati asosida rivojlanadi. Bu qismda ishlab chiqarish tarmoqlari, iqtisodiyot bilan o’zaro aloqada bolib, u iqtisodiyot rivojlanishining asosiy omili boladi. Bu munosabat tashkilotning iqtisodiy prognozida namoyon boladi. Demak, iqtisodiyot tarmoqlarini prognozlash, butun mamlakat iqtisodiyotini prognozlashga asos boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |