14-Ma’ruza
Mavzu: Asbestsement maxsulotlari ishlab chiqarish.
Ma’ruza rejasi.
15.1. Maxsulotlar turlari va ulardan foydalanish ko„lami.
15.2. Maxsulotlar xossalari.
15.3. Xom-ashyo materiallari va ularning manbalari.
Asbestotsement-asbest tolalari bilan kuchaytirilgan sement asosida olingan
kompozitsion material. Sement toshi siqilishga yaxshi ishlaydi, lekin cho„zilishga
yomon ishlaydi. 15% asbest tolasi qo„shilsa sement toshini fizik mexanik xossalari
oshib boradi, chunki asbest tolasi cho„zilishga yaxshi ishlaydi. Asbestsement
cho„zilishga mustaxkamligi yuqori, o„tga chidamliligi, o„zoq xizmat qilishi, suv
o„tkazuvchanligi yuqori, issiqlik o„tkazuvchanligi, elektr o„tkazuvchanligi
kichikdir.
Asbestotsementdan quyidagi buyumlar olinadi:
-tombop shifer, devorbop shifer;
-quvurlar, muftalar;
-ventilyasiya korobkalari, sanitar-texnik buyumlari;
-elektrdan muxofaza qiladigan buyumlar:
Asbest.
Asosan xrizotil asbest ishlatiladi, 3-6 navlari uzunligi 10 mm dan
ko„p, diametri 4000 mm. bular 50-24% bo„ladi, qolgani 50-76% esa changsimon
va boshqa qo„shimchalardan iborat. Gohida 10-15% asbest o„rniga bazalt, mineral
paxta yoki shlakli paxta qo„shiladi.
Asbest tolasining sirti yuzasi (15-30 g/m3) juda katta bo„lgani uchun ko„p suv
talab qiladi. Tayyorlangan asbestotsement bo„tqasida asbest bir me‟yorda tarqalishi
kerak. Sement qotayotganda undan chiqqan yaxshi maxsulotni asbest shilib oladi.
SHuni hisobiga sementni qotishi tezlashadi, va asbest bilan yaxshi yopishib
jipslashadi.
Asbestotsement buyum olish asoslari
Asbestotsement buyumlar olish quyidagi etaplardan iborat:
-asbestni mayda tolalarga ajratish ;
-asbestni so„zpenziyasini tayyorlash;
-asbestni so„zpenziyasidan yupqa qatlamni ajratib olish.
-undan buyumlarni qoliplash: shiferlar, listlar, quvurlar.
-bug„ kameralarida, suvi basseynlarida, avtoklavlarda, qotiriladi va kerakli
mustaxkamlikni olguncha issitiladigan xonalarda saqlanadi.
•
Asbestotsement xossalari
•
Asbestotsementni mexanik xossalari quyidagilarga bog„liq:
•
-asbest miqdori;
•
-asbest sifati (uzunligi, diametri)
•
-sement aktivligi;
•
-asbestotsement zichligi;
•
-qotish sharoiti.
•
Ajratilgan asbest tolasini cho„zilishga mustaxkamligi 700 MPa, armaturaga
tenglashadi. Asbestotsement tarkibida 15% asbest bo„lganda sement toshiga
qaraganda cho„zilishga 3-5 marta, egilishga 2-3 marta yuqori bo„ladi.
Ma’ruzani mustaxkamlash uchun savollar beradi.
1.Asbest-sement mahsulotlari olish uchun qanday xom-ashyo
ishlatiladi ?
2. Asbest-sement mahsulotlari olish texnologiyasini ayting
3. Asbest-sement suspenziyasi qaysi mashinalarda olinadi ?
4.Asbest-sement quvurlari etishtirish uchun kanday
xom-ashyo ishlatiladi ?
5.Varaq qoliplovchi mashina qanday tuzilgan va
qanday ishlaydi ?
6. Asbest sement quvurlari qaysi o„lchamlarda etishtiriladi ?
7. Asbest-sement quvurlarining afzalliklarini bilasizmi ?
8. Asbest-sement quvurlari qoliplovchi mashinalar qanday
tuzilgan va qanday ishlaydi ?
Mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yxati
1.
Qosimov E. Qurilish ashyolari. Oliy o„quv yurtlarining talabalari
uchun . - darslik. T.:«Mehnat»-2004, - 512 b.
2.
Mikulskiy V.G., Gorchakov G.I., Kozlov V. «Stroitelnыe materialы»,
M.1996 g.
3.
Samigov N.A., Samigova M.S. “Qurilish materiallari va buyumlari”.
Toshkent. “Mehnat ”, 2004y. 310b.
4.
Gorchakov G.I., Bajenov YU.M. «Stroitelnыe materialы», M. 1989 g.
5.
Juravlev M. I., Folomeev A. A. Mexanicheskoe oborudovanie
predpriyatiy vyajushix materialov i izdeliy na baze ix. M.: Vqsshaya shkola, 1983.
- 314 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |