Diolog nutq - nutqning eng qadimiy turlaridan hisoblanadi. Diolog- bu 2 yoki undan ortiq kishilarning bevosita muloqotdir. Diolog gaplashish tarzida amalga oshiriladi. Dialogik nutq - nutqning ancha sodda formasi: Birinchidan, u qo‘llab - quvvatlanishi mumkin. Diolog davomida suhbatdoshlar fikrini aniqlovchi, konkretlashtiruvchi savollar bilan bir-birlariga murojaat qilishlari mumkin, biri ikkinchisining fikrini davom ettirishi mumkin. Bu esa dialog qatnashchilariga o‘z fikirlarini to‘la bildirish imkonini beradi, shuningdek, suhbatdoshiga tushunarli bo‘lishiga imkon yaratadi.
Ikkinchidan, diolog uning qatnashchilari bir-birlarini idrok qilishlari va emotsional aloqa o‘rnatishlari sharoitida olib boriladi. Suhbatdoshlar bir-birlariga imo-ishora, mimika, tovushning intanatsiyasi bilan ta’sir etadilar. Muhokama qilayotgan predmetni birgalikda kuzatadilar.
Uchinchidan, dialogik nutq situativlik xususiyatiga ega.
Biror bir mavzuga qaratilgan diolog suhbat deb ataladi. Suhbatda uning qatnashchilaridan biri yoki butun guruh o‘z oldilariga ma’lum bir savolni aniqlash va muhokama qilishmaqsadini qo‘yadilar. Odatdagi diologda bunday maqsad mavjud bo‘lmay, u suhbatdoshlarning niyatlari va muloqotning holatiga yo‘naltiriladi. Suhbat davomida ma’lum bilimlar xabar qilinishi, eshituvchilarga-tinglovchilarga muayyan ta’sir ko‘rsatilishi mumkin.
Monolog nutq - uzoq vaqt davom etadigan, fikr yoki bilimlar tizimining ma’lum bir ketma-ketlikda, o‘zaro bog‘lanishda band etilishidir. Manalogik nutq bir kishi ishtirokida amalga oshiriladi. U doklad, ma’ruza, so‘zga chiqish, hikoya tarzida bo‘lishi mumkin. Manalogik nutq diologik nutq asosida taraqqiy etgan. Diologik nutqdan farqli, manologik nutq uzlusiz bo‘lib, bunda lektor yoki doklatchi boshqalarga ta’sir o‘tkazadi. Tinglovchilarning reaksiyalari asosidagina u nutqning qanchalik tushunarli bo‘layotganligi va ularga qanday ta’sir etatganligi haqida xulosa chiqarishi mumkin. Manologik nutq auditoriya bilan aloqa o‘rnatish yordamida olib boriladi.
Monologik nutqda diologik nutqdan farqli ravishda uning ma’nosi tubdan o‘zgaradi. Manologik nutq-o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan gaplardan iborat bo‘lishi lozim. Bundan nutqning tempi va tovushga bir qator talablar qo‘yiladi: nutq dona – dona qilib, ifodali, tushunarli qilibban etilishi lozim.
Yozma nutq - og‘zaki nutqdan keyinroq vujudga kelgan. Madaniyat rivojining dastlabki bosqichlarida kishilar u yoki bu hodisa haqidagi ma’lumotlarni uzoq muddat davomida saqlash ehtiyojini his qila boshlaydilar. Shu tariqa ideografik nutq vujudga keladi. Ideografik nutq voqealarni rasmlar yordamida ifoda etishidir.
Keyinchalik iyeografik yozuv vujudga keladi. Iyeroglif – predmetlarning belgilari bo‘lib, predmet yoki fikrni bildiradi.
Biz hozir foydalanadigan yozuv ancha keyinroq kelib chiqqan. U alfavit yozuvi deb ataladi va og‘zaki nutq bilan uzviy bog‘langandir. Bundan tovushlar harflar (grafemalar) bilan ifodalanadi. Har bir tildagi tovushlar (fonemalar) miqdori chegaralangan bo‘lganligi uchun harflarning unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdoridan har qanday fikrni ifodalash mumkin. Yozma nutq tufayli biz jahon madaniyati durdonalari, Sheksper, Pushkin, Navoiy asarlari bilan tanishish imkoniga egamiz.
Ichki nutq boshqa kishilar bilar muloqotda bo‘lishika qaratilgan emas. Buni uning nomi ham ta’kidlab turibdi.
Ichki nutq-bu kishinig o‘zi bilan gaplashishi. Ichki nutq yordamida tafakkur qilish protsessi amalga oshiriladi, harakatlarning plani vujudga keladi.
Ichki nutqning asosiy belgisi – uning talaffuz emasligidir. U atrofdagilarga eshitilmaydi.
Ichki nutq kishining o‘ziga qaratilgan bo‘lib, qisqrtirilgan formada bo‘ladi. Chunki kishining o‘z fikirlari o‘ziga to‘la tushunarli va shuning uchun keng og‘zaki tuzilishni talab etmaydi.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, aqliy masalalarni hal qilishda nutq organlarining aktivligi ortadi. Ammo ichki nutqda yetarlicha tugallangan fikr tashqi nutqda ham aniq ifodalanmaydi. Ichki nutq tashqi nutqning asosida shakillanadi. Tashqi nutqning ichki nutqqa o‘tishi interlarizatsiya deb ataladi.
Bunday o‘tish taxminan 3 yoshli bolalarda kuzatiladi va bolaning o‘zi bilan o‘zi gaplashishida namoyon bo‘ladi. Sekin-asta bu gaplashish qiskarib, tashki nutq formasida bo‘la boshlaydi.
Ichki nutqning tashqi nutqqa o‘tkazilishi eksteriorizatsiya deb ataladi. Eksteriorizatsiya ko‘nikmasi uzoq mashqni talab etadi. Ichki nutqda fikr kishining o‘ziga tushunarli bo‘ladi, biroq kishi bu fikrni boshqa kishilarga bildirmoqchi bo‘lsa, ko‘pincha uni tushunmasliklari mumkin-ki gapirayotgan odam hoxlagan fikrini aytmagnaligini his qilishi xam mumkin. Bu qiyinchiliklar shu bilan bog‘liqki, ichki nutqda kishining o‘zi uchun tushunarli bo‘lgan qisqa farmada ifodalanuvchi fikr tashqi nutqqa o‘tkazalatganda keng gramatik va mantiqiy formaga, ya’ni boshqa kishilar uchun tushunishga oson bo‘lgan formaga o‘tishi zarur. Shuning uchun ham ta’lim protsessida o‘quvchilarning og‘zaki javoblari va yozma ishalari katta ahamiyatga ega-yu ular fikr, his va niyatlarni eksteriorizatsiya qilishga o‘rgatadi.
Muloqot jarayonini tashkil etishda o‘zaro ta’sir muhim ahamiyatga ega. Bu esa yuqorida ta’kidlab o‘tilgan refleksiya, identifikatsiya va stereotiplashish xususiyatlarining namoyon etilishi darajasiga qarab turlicha kechishi kuzatiladi. Shu bois, turli darajada shakllangan kichik guruhlarda guruhiy jipslikning asosiy omili bo‘lgan shaxslararo munosabatlarning ijobiy tarzda namoyon etilishini ta’minlash uchun o‘zaro ta’sirning samarali yo‘laridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Muloqotga kirishuvchilarning o‘zaro yaqinligi bilan, bir-birlari bilan muloqotdan qoniqish xosil qilganligining yuksak darajasi, javob tariqasidagi xis-tuyg‘ular va afzallikning o‘zaro taxmin qilinishi bilan belgilanadigan o‘zaro munosabatlar va o‘zaro birgalikdagi xarakatning barqaror individual-tanlash tizimi sifatidagi do‘stlik kishilar munosabatining aloxida shakli sifatida yuz beradi.
Do‘stlikning rivojlanib borishi uning o‘zaro xamjixatlikning zarurligini, oshqoralik va ochiqlikni, ishonchni, o‘zaro faol yordamlashuvni, samimiylikni va xistuyg‘ularning beg‘arazligini qaror toptiruvchi yozilmagan qonun - qoidaga amal qilishini taqozo etadi. Do‘stona muloqot o‘rnatish va do‘st tutinish muammosi o‘spirinlik yoshida ayniqsa dolzarb masalaga aylanadi.
Pedagoglarning kuzatishlari, o‘spirinlarning sir saqlanadigan kundaliklari, ularning “Do‘stlik va muxabbat to‘g‘risida”gi mavzularda o‘tkaziladigan suhbatlarga qiziqishlari ana shundan dalolat beradi. Do‘st orttirishga bo‘lgan extiyoj o‘spirinlik yoshi uchun xos xususiyat xisoblanadi.
O‘spirin odatda do‘stona muloqotning ulchovi xaqida yetarli darajada aniq - ravshan tasavvurga ega bo‘lmaydi, bu yoshda u ko‘proq intiladigan aloxida juftlashgan xolda do‘stlashuvdan ko‘ra ko‘proq o‘z tengdoshlari bilan kengroq manodagi muloqotga kirishishni taqozo etadigan o‘rtoqlik ancha keng tarqalgan bo‘ladi. O‘zaro do‘stona yaqinlik belgisiga ko‘ra birlashgan ulfatlar, tadqiqotlardan malum bo‘ldiki, muayyan bir kasb atrofida guruhlar ajrala boshlaydi.
Do‘stlik muloqoti o‘rnatgan va tariflangan bo‘g‘inlarda, eksperimentlar natijasida olingan malumotlarning guvoxlik berishicha, yoshlarning o‘zlari qaysi kasbni egallash niyatida ekanliklarini aniqlagan, bo‘lg‘usi kasb xaqidagi, uning imkoniyatlari va istiqbollari, unga tayyorlanish yo‘llari kabilar xaqidagi axborot bilan bir-birlarini boyitgan xolda olib boradigan yashirin kasb tanlash ishi yuz beradi.
O‘spirinlarda juftlashgan tarzdagi do‘stona muloqot andozasi, garchi faqat shunday bo‘lmasa xam, ko‘pincha jinslar o‘rtasida yuz beradigan ishqiy munosabatlarda, ilk yoshlik muxabbatining dastlabki ko‘rinishlarida kurtak yozadi.
Muloqotning perseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baxo berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suxbatdosh bilan bo‘ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi. Muloqot ishtiroqchilari o‘z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, xis-tuyg‘ularini, xulq-atvorining sabablarini faxmlab yetishga xarakat qiladi.
Shaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fel-atvori va xatti-xarakatlari, ular qo‘llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu malumotlarga tayangan xolda o‘zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib etish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar xaqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to‘g‘ri keladi.
Taniqli psixolog S.L.Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik xayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo‘ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi malumotlari moxiyatini guyo “o‘qib”, yani “mag‘zini chaqib” chiqamiz, shu yo‘sinda matnning ichki psixologik jixati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday o‘qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no xosil bo‘ladi.”
Muloqotning perseptiv jihati - bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baxolanishi demakdir. Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtiroq etadi. Kishining qiyofasi, xatti - xarakati asosida suxbatdosh xaqida tasavvur xosil qilinadi.
Bir-birini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g‘oyat muximdir:
a) identifikatsiya;
b) refleksiya;
Identifikatsiya so‘zining manosi lotinchadan olingan bo‘lib, “tenglashtirish”, “aynan o‘xshatish”, bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini subektning o‘z tarifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o‘xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o‘zaro birgalikda xarakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o‘zining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga uringan xolda uning ichki xolati, niyatlari, o‘y-fikrlari, mayllari va xis-tuyg‘ulari xaqida taxmin qiladilar.
Refleksiya - (lotincha aks ettirish) - o‘z fikr va kechinmalarini taxlil qilish va muloxaza yuritish, yani muloqotga kirishuvchining suxbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kishini kishi tomonidan idrok qilishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o‘xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks etirar ekan, shu bilan birga o‘zini xam aks ettiradi, agar kishi o‘zi muloqotga kirishadigan kishilar xaqida to‘liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo‘lsa, ular bilan bexato aniqlikda o‘zaro ta’sir o‘rnatishi mumkin. Biroq subekt xamma vaqt bunday aniq malumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar xatti-xarakatining sabablarini o‘ylab chiqishga majbur bo‘ladi. Boshqa kishining xarakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, xis-tuyg‘ular, intilish va fikrlashning o‘ylab chiqarilishi kauzal atribusiya deb ataladi. O‘qituvchilar tomonidan bola xarakatlarining shunday sababini talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyinlashtiradi.
Muloqotning kommunikativ tomoni uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g‘oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo‘lib, til xizmat qiladi. Til shaxslar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lib, uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va xoka’zolarni bir birlariga yotkazadilar.
Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan ikki turi farklanadi: yozma nutk hamda ogzaki nutk.
Og‘zaki nutkning o‘zi dialogik va monologik turlarga bo‘linadi. Dialogik nutkning mazmuni, uning harakteri, davomiyligi muloqotda kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir birlariga bo‘lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi bilan o‘quvchining, siyosiy rahbarlarning, diplomantlarning, ko‘chada uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir- biridan fark qiladi.
Monologik nutk esa, bir kishining boshqa kishiga yoki shular guruhiga nisbatan murojaati bo‘lib, uning psixologik to‘zilishi, fikrlarning mantikan tugal bo‘lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun qoidalariga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayorlayotgan o‘quvchi tayorgarlik paytidan boshlab, ma’ruza qilib bo‘lgunga kadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, unga ko‘p kuch va vaqt sarflaydi.
Dialogik nutkga nisbattan bu nutq turi murakkab hisoblanadi. Odamlar muloqot jarayonida so‘zlardan tashkari turli xil harakatlardan, qiliklardan, holatlardan, qo‘lgu, oxanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliklar, mimika, oxanglar, tuxtashlar, (pauza), hissiy holatlar qo‘lgu, yigi, kuz qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o‘zaro muloqotning nutksiz vositalari bo‘lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni tuldiradi, bazan esa nutkli muloqotning o‘rnini bosadi.
Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda kuzlar to‘knashuvi, nigoxlarning roli keyingi muloqotning takdiriga kuchli tasir ko‘rsatishi, maxsus tadqiqotlar jarayonida o‘rganilgan. Bularning barchasi muloqotning hissiy tomondan boy, mazmundor bo‘lishini taminlab odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yordam beradi. Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda xududiy xususiyatlari borligini ham alohida ta’kidlab utmogi lozim.
Masalan, o‘zbek halqining muloqot jarayoni boy, o‘zaro munosabatlarining bevosita harakteri unda shunday vositalarning ko‘prok ishlatilishi bilan bog‘liq. Bolalarning o‘z yigisi bilan onasiga o‘z hiskechinmalari o‘z xohishlarini bildirishlarini ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog‘liq. Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo‘lsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarning turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvoxi bo‘lishi mumkin.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutkka e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik chog‘laridanok nutk madaniyatiga o‘rgatish, nutqlarini o‘stirish choralarini kurish zarur. Yetakchi esa shunday nutk madaniyatiga ega bo‘lishi kerakki, u avvalo uning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishni ta’minlasin, qolaversa, o‘quvchilarda nutqning o‘sishiga imkoniyat bersin.
Muloqotning - interaktiv tomoni bu xususiyati kishilarning muloqot jarayonida birgalikda faoliyatda bir-birlariga amaliy jixatdan bevosita ta’sir etishlarini ta’minlaydi. Shu tufayli odamlar xamkorlikda ishlash, bir birlariga yordam berish, bir-birlaridan o‘rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin. Shu tufayli ukituvchi bola shaxsiga maqsadga yo‘nalgan holda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bema’ni, maqsadsiz, quruq gaplardan iborat bo‘lmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvorlarini, ularning ustanovkalarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.
Jamiyat mikyosida oladigan bo‘lsak, odamlarning turli sharoitlarda uzlarini tutishlari, xulq-atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog‘liqligini kurish mumkin. Bunga sabab jamiyatga qabul qilingan turli normalar, qonun-qoidalar. Chunki o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib boradiki, ularni har bir kishi norma sifatida kabo‘l qiladi.
Masalan, o‘smir bola, umuman yoshlar jamoat joylarida kattalarga o‘rin bo‘shatib berishlari kerakligi ham xulq-atvorning normasi. Shu normaga amal qilish yoki qilmaslik ijtimoiy na’zorat tizimi orqali boshqariladi. YA’ni yo‘qoridagi sharoitda agar usmir bola avtobusda kariyaga joy bo‘shatmasa, jamoatchilik usha zaxoti uni tartibga chakiradi. Demak, har bir shaxs turli sharoitlarda turlicha rollarni bajaradi, bu rollarning qanday bajarilayotganligi, odamlarning kutishlariga mos kelishligi ijtimoiy nazorat tizimi orqali kuzatib turiladi.
Shuning uchun ham muloqotga kirishgan kishilar doimo o‘z xulq-atvorlarini, qolaversa, o‘zgalarning xulqatvorini na’zorat qilib, harakatlarda bir-birlariga moslashadilar. Lekin ba’zan shunday bo‘lishi ham mumkinki, rollarning ko‘pligi, rollarning ziddiyatligiga olib kelishi mumkin. Masalan, maktab ukituvchisining o‘zi ukiyotgan sinfda farzandi bo‘lsa, dars paytida shunday ziddiyatlarni boshdan kechirish mumkin, ya’ni bir vaqtning o‘zida ham ota, ham ukituvchi rolini bajarishga majbur bo‘ladi. yoki xulqi yomon o‘quvchining uyiga kelgan ukituvchi bir vaqtning o‘zida ham ukituvchi ham mexmon rollari o‘rtasida qiynaladi.
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o‘zaro muloqotlari kutishlar tizimi orqali boshqariladi. Masalan, xoxlaydimi yoki xoxlamaydimi, ukituvchi roliga zid bo‘lmasligi kerak. o‘z rollariga mos harakat qilgan, doimo me’er mezonida ish tutgan kishining harakatlari odobli harakat deb aytiladi.
Masalan, ukituvchining odobi, o‘z kasbining ustasi ekanligi, bolalar kalbini tushuna olishi, ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning odobga ega ekanligining belgisidir. Odobsiz odam buning aksidir. Demak, o‘zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanilmasligi mumkin. YA’ni ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga nakadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha xech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. Boshlangich sinf o‘quvchilariga anchagina o‘yinchoklar berib, ishlarning ichida faqat birtasiga, kizil, yog‘och o‘yinchokka tegmasligi aytilgan. Bolalar yolgiz qoldirilib, harakatlari pinxona kuzatilgan.
Shu kuticha tepasiga esa shu bolalarning ukituvchisi so‘rati qo‘yilgan. Bu seriyada birinchisiga qaraganda "takikni buzuvchilar"soni keskin kamaygan. Demak, bu narsa ukituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yakqol isbotlab turibdi. Shaxslararo, ta’sir haqida gap kyotganda, ukituvchi obrusining roli haqida ham aytish lozim. Chunki, obruli odam doimo usha obru kozongan guruhida o‘z mavqeiga ega va ta’siriga ega bo‘ladi. Shaxs obrui uning boshqa shaxslarga irodaviy va emotsional ta’sir kursata olish qobiliyatidir. Ma’lumki, obru amal yoki hayotiy tajriba bilangina orttirilmay, uning xakikiy asosi - shaxsning odamlar bilan to‘g‘ri munosabati, undagi odamiylik hislatlarining, boshqa ijobiy hislatlarining uygunlashuvidir. Psixologik obru ta’sir ko‘rsatishning eng muhim mezonidir.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o‘zaro bir - birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom - alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol - ahvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz.
Endi katta xayotga kirib kelayotgan o‘quvchilar uchun boshqalar bilan to‘g‘ri muloqatga kirishish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu omilgi xisobga olgan xolda muloqotning yana bir muhim vazifasini kurib chiqamiz – yani muloqot odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‘li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko‘plab izolyatsiya, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‘izlikka mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o‘tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar ekan.
Shaxsning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o‘tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma - yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq, tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. To‘g‘ri, bu hamkorlikda o‘sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya hissi bo‘lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo‘lib qoladi.
Shunday qilib, muloqot o‘quvchilarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini hisobga olsak, o‘quvchilarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi bilim olish unumdorligi xamda samaradorlikning muhim omillaridandir.
Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko‘rinishlariga kelsak uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o‘sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo‘ladi.
Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, o‘qituvchining o‘quvchi bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha suhbatdoshlarnnng fikr-o‘ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi.
Masalan, sinfdoshlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo‘lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida o‘quvchilarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko‘proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, o‘quvchida ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko‘ngilligi, suhbatlashish yo‘llarini bilish, til topishish qobiliyati, o‘zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda ta’lim sohasida barcha insonlar rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot yo‘nalishiga ko‘ra, uning:
• ijtimoiy yo‘naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot);
• guruhdagi predmetga yo‘naltirilgan (o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot — mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a’zolarining muloqoti);
• shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o‘z muammolarini ochish maqsadida o‘rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o‘rtasida amalga oshiriladigan murakkab o‘zaro ta’sir jarayoni) turlari farqlanadi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma - yuz» bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, va shunga o‘xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do‘stona bo‘lishi; subyekt - subyekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki subyekt - obyektli (monologik) bo‘lishi mumkin.
Har bir muloqot turining o‘z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yo‘l-yo‘riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa odamlar bilan doimo muloqotda bo‘ladiganlarning burchidir.
Muloqot jarayonining murakkab psixologik tabiatini bilish, turli sharoitlarda samarali munosabatlar o‘rnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga kiruvchi har bir element yoki bo‘laklar bilan alohida tanishib chiqamiz.
Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g‘oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo‘lib til xizmat qiladi. Til shaxslar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lib, uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va hokazolarni bir-birlariga yetkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan 2 turi farqlanadi:
yozma nutq hamda og‘zaki nutq. Og‘zaki nutqning o‘zi dialogik va monologik turlarga bo‘linadi.
Dialogik nutqning mazmuni, uning xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi bilan o‘quvchining, hissiy rahbarlarning, diplomatlarning, ko‘chada uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir-biridan farq qiladi.
Monologik nutq esa bir kishining boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga nisbatan murojaati bo‘lib, uning psixo¬logik tuzilishi, fikrlarning mantiqan tugal bo‘lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud.
Masalan, ma’ruzaga tayyorlanayotgan o‘quvchi tayyorgarlik paytidan boshlab, ma’ruza qilib bo‘lgunga qadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, unga ko‘p kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutqqa nisbatan bu nutq turi murakkabroq hisoblanadi. Til vositasida olib boriladigan muloqot verbal, ya’ni so‘zli deyiladi.
O‘quvchilar muloqot jarayonida so‘zlardan tashqari, ya’ni verbal vositalardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan holatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliqlar, mimika, ohanglar, to‘xtashlar (pauza), hissiy holatlar, kulgu, yig‘i, ko‘z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o‘zaro muloqotning nutqsiz vositalari bo‘lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to‘ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o‘rnini bosadi, bunday vositalarni noverbal vositalar deyiladi.
Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda xududiy xususiyatlari borligini ham alohida ta’kidlab o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o‘zaro munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko‘proq ishlatilishi bilan bog‘liq. Bolalarning o‘z yig‘isi bilan onasiga o‘z his-kechinmalari hamda xohishlarini bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog‘liq. Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo‘lsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarining turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo‘lish mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo‘yicha fikrni tasdiqlamoqchi bo‘lishsa, boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo‘lsa, aksincha, bosh siltashar ekan. Ma’lumki, o‘zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi.
Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan, o‘quvchi qizlar ko‘proq hissiyotlarga boy bo‘lganliklari sababli, suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, o‘g‘il bollar o‘rtasida esa doimo fazoviy masofa bo‘ladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o‘tqazib o‘qitgandan ko‘ra, ularni yuzma-yuz o‘tkazib davra qurib o‘qitgan ma’qul emish, chunki bunday sharoitda o‘quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bo‘lar ekan hamda emotsiyalar almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo‘lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo‘lar ekan.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik chog‘laridanoq nutq madaniyatiga o‘rgatish, nutqlarini o‘stirish choralarini ko‘rish zarur. Pedagog esa shunday nutq madaniyatiga ega bo‘lishi kerakki, u avvalo uning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishni ta’minlasin, qolaversa, bolalarda nutqning o‘sishiga imkoniyat bersin.
Muloqotning bu xususiyati kishilarning muloqot jarayonida birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarinn ta’minlaydi. Shu tufayli odamlar hamkorlikda ishlash, bir-birlariga yordam berish, bir-birlaridan o‘rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon etishlari mumkin. Shu tufayli o‘qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo‘nalgan holda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bema’ni, maqsadsiz, quruq gaplardan iborat bo‘lmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvorlarini, ularning ustanovkalarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |