Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumta’lim fanlarini o‘qitish vositasida o‘quvchilarni muloqot madaniyatini shakllantirish mazmuni va texnologiyasining o‘ziga xosliklari namoyon bo‘ladi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va joriylashuvi. Toshkent shahar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan olib borilgan tajriba-tadqiqotlar samaradorligini aniqlashda matematik-statistik tahlil qilish.
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi: kirish, uch bob, oltita paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
I BOB. UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1§. Muloqot madaniyatini shakllantirishning muammosining pedagogik-psixologik adabiyotlarda o‘rganilishi
Mamalakatimizda mustakillik bilan boshlangan davr xalqimiz xayotining barcha soxalarida milliy ruximizga mos va xos bo’lgan isloxotlarni amalga oshirish uchun keng istiqbollar ochdi.
Uzbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy yunalishlaridan biri ta’lim tarbiya jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirishdir. Albatta bu muammoni xal etish ko’p jixatdan pedagoglar, ularning ma’naviy va nazariy saviyasiga, o’qituvchining o’quvchiga bo’lgan munosabatiga, ularni erkin rivojlanishiga, pedagogik mahoratiga va yangi pedagogik texnologiyalarni yaratishga bog’liqdir.
O’zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy yunalishlaridan biri ta’lim tarbiya jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirishdir. Albatta bu muammoni xhal etish ko’p jihatdan pedagoglar, ularning ma’naviy va nazariy saviyasiga, o’qituvchining o’quvchiga bo’lgan munosabatiga, ularni erkin rivojlanishiga, pedagogik mahoratiga va yangi pedagogik texnologiyalarni yaratishga bog’liqdir.
Qur’oni karimda insonni aytadigan so’zini, xar bir xatti xarakatini, qiladigan ishini tartibga soluvchi kator xukmlar bor. Islom meyor, me’zon va mutanosiblikni mushtarak etuvchi bir manzuma sifatida insonning og`zidan chikadigan xar bir kalimani muayyan asoslar bilan izga soladi.
Qur’oni Karimda «u biror bir kalimani so’zlay boshlar ekan, yonida uning suzlarini taftish qiluvchi nazoratchi turadi» degan oyat mavjud. Oyatning mazmuni shundan iboratki, og’zidan chiqayotgan xar qanday so`zlar odamlar orasida tezlik bilan o`z baxosini oladi. Shunday ekan inson yoqimli, foydali, zaruriy mavzularda so`zlamog`i, bexuda va ma’nisiz so`zlardan extiyot bo`lmog`i lozim. Ollox taolo Qur’oni karimda aytadiki: ollox taolo yomon so`zlarni oshkora aytilishini suymaydi. Agar mazlum tomonidan bo`lsa joizdir. Ollox eshitguvchi bilguvchi bo`lgan zotdir. (Niso.s).
Xadisi sharifda takidlanishicha: «So`zning foyda zararini o`ylagan kishi odamlar oldida buyuk o`rin olgani kabi Ollox taolo qoshida xam marxamatga tegishli odam bo`ladilar. Aqli bor odam har vakt har vakt o’ziga zarar keltiriladigan so’zlardan saqlanur…» Demak shirin muomala xar bir kishiga quvonch , bemorga najot va malxam bag`ishlaydi, sovuq so`z esa odamni xasta qilishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, muomala madaniyatini egallagan kishi el yurt oldida obro’li bo’ladi.
Tasavvuf ilmi bilan uyg`unlashgan Sharq pedagogikasida muloqot madaniyati, shirinsuxanlik, odamoxunlik ta’limoti uzoq tarixga ega.
Markaziy Osiyoda ilk maktab madrasalar q
Qadimgi Yunonistondan keyin Makaziy Osiyoda rivoj topgan. Chunki dunyoga mashhur Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar avvalo madrasalarda mudarrislik qilganlar. « Ikkinchi muallim» sifatida dunyoga mashxur Abu Nasr Farobiy pedagogik muloqot madaniyati xaqida shunday dedi: «Muallim shogirdiga nisbatan o’ta hokimlikka xham, o’ta bo’shlikka ham yo’l qo`ymasligi lozim, chunki o`ta hokimlik shogirdda muallimga nisbatan nafrat uyg`otadi, agarda shogird muallimning bo`shligini sezsa, unda muallimga va uning ilmiga sivish va mensimaslik paydo bo`ladi. U axloqning o`n ikki tamoyili xaqida fikr yuritganda xushfellik, shirinsuxanlik fazilatini alohida ulug`laydi.
Bilamizki, Abu Ali ibn Sino dunyoda tibbiyot fani asoschilaridan biri sifatida mashhurdir. Lekin uning inson ruxiyati va jismoniy uyg`unligi, insonni bir butunlikka o`rganish ta’limoti yetarli o`rganilmagan. U «yaxshi va yomon xulqning xammasi sharoit va tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi». Inson muloqotda samimiylik, nutq tovushi, ovoz ohangi kabi ta’sir vositalarini ruxshunos sifatida ifodalaydi. «Tabiatning insonga in’om etgan tole’laridan biri inson nutqidir. Inson o`zining ana shu nutqidagi tovush oxanglari orqali o`z xissiyotlarini izhor etadi.» deb yozadi.
A.Navoiy o`zining «Mahbub ul-qulub» asarida pedagogik muloqotning psixologik-pedagogik asosini, ijobiy va salbiy pedagogik muloqot taxlilini quyidagicha yoritadi. «Maktabdor domla gunohsiz bechoralarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblash va kaltaklashga o`rgangan: o`zi raxmsiz, miyasi po`latdan, ko`ngli esa tosh kabidir. G‘azabdan qoshi chimirilgan, gunohsizlar bilan achchiqlashishga odatlangan. Ularning ko‘pchiligida ko‘ngil qattiqligi va ta’ma hastaligi oshkor. Buning ustiga, ular aql kamligiga xam giriftor. Ular qiynash yo‘li bilan bolalar ko‘nglini bolalar ko‘nglini o`zlariga rom qilmoqchi va kichkintoylarning beqaror tabiatini duq po`pisa bilan tartibga solmoqchi bo`ladilar. Ulardagi ko`rinib turgan qo`pollik yosh bolalardagi kelishmagan xatti xarakatni silliqlashga yirik egovdir. Ularning ishi odam tugul, hatto devning xam qo`lidan kelmaydi.»
Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asarida o`qituvchi odobining bir necha muxim qonun- qoidalari qiziqarli hikoyatlar shaklida bayon etiladi. Quyidagi fikrlar shular jumlasidandir:
-muallim bolalarni odobli kilib tarbiyalashi, ularga andisha bilan gapirishni, maqbul xarakat kilishini o`rgatishi lozim
-muallim tili achchik, badjaxl, fosiq, haddan tashqari qattiqqo`l bo`lmasligi, shuningdek o`ta sodda, muloyim tabiatli kishi bulmasligi joiz
-mobodo tarbiyalanuvchi muallimning to`g`ri nasixatiga quloq solishni istamasa xam, muallim unga bilganini aytishi joiz.
Uzbek pedagogikasi tarixida A.Avloniy pedagogikaga birinchi marta to`g`ri ta’rif beradi. A.Avloniy bolaning fikriy taraqqiyotini maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: «Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko`p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g`ayratli bo`lishiga sabab bo`ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog`liqdir.» deydi.
Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da xam nutq odobi va madaniyati haqida ibratli gaplar aytilgan bo`lib, ular xozirda xam o`z ahamiyatini yo`qotmagan.
«Qobusnoma» Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan. Asarada muallifning farzandiga qilgan nasixatlari yozilgan. U farzandini yoqimli, muloyim, o`rinli so`zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi: «Yaxshi so`zlashga o`rgan va muloyim so`zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki qanday so`zni gapirishni istasang til shuni gapiradi. So`zni o`z joyida so`zla, joyida aytilmagan so`z, agar u yaxshi so`z bo`lsa xam yomon ko`rinadi. Kishi suxandon va notiq bo`lishi lozim. Xar bir notiq o`z nutqi ustida ko`p mashq qilishi, xalq oldida nutq so`zlaganda yoqimli gapirishi, Xalqning e’tiborini qozonishi zarur. Xalq oldida gapirganda so`zing go`zal bo`lsin, bu so`zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening so`zing bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so`z orqali biladilar. Xar kishining axvoli o`z so`zi ostida yashiringan bo`ladi.» Kaykovus notiq so`zning ma’nolarini xar tomonlama o`rgangan bo`lishi lozim, deb xisoblaydi. «Shunday kishini notiq deymizki, uning xar so`zi xalqqa tushunarli bo`lsin.» So`zlaganda o`ylab, xar bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko`z oldiga keltirib gapirgan notiq pushaymon bo`lmaydi. U tildagi so`zlarni buzib so`zlamaslikka, xama vaqt mavjud til normalariga amal qilishga chaqiradi.
Kishi kamtar bo`lishi kerak, o`zini xalq orasida oddiy, kamtar tutishi lozim. Maxmadonalik qilish, ko`p gapirish donolik belgisi emas… «Ey farzand, agar sen xar qanday notiq bo`lsang ham , o`zingni bilganlardan pastroq tutgil toki so`z bilimdonligi vaqtida bekor bo`lib qolmagaysan. Ko`p bilu oz so`zla, kam bilsang ko`p so`zlama, chunki aqlsiz kishi ko`p so`zlaydi, deganlarki, jim o`tirish salomatlik sababidir. Ko`p so`zlovchi aqilli odam bo`lsa ham, xalq uni aqlsiz deydi.»
Uchta tushuncha zamon va makon tanlamaydi. Bular so‘zlash, tinglash va anglashdir. Odamzot yaralibdiki, o‘zaro munosabat jarayonida ana shu uch birlikka amal qilib kelinadi. Buning namoyon bo‘lishi har bir xalqning o‘z mentalitetiga mos va hos. O‘zaro munosabat, murojaat qilish jarayonidagi o‘zni tutish va fikr almashuvlar muomala madaniyati tushunchasida uyg‘unlashadi. Munosabat, murojaat, muloqot, munozara, mubohasa, muhokama, mulohaza singari tushunchalarning barchasi muayyan qoidalar bilan amalga oshiriladi.
Muloqot qisman monologik, asosan, dialogik, polilogik shaklda bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro munosabatlarida reallashadi. Dunyo go‘zallik qonuniyatlariga binoan qurilarkan, demak, insonnning xulqi va nutqi ham, ko‘rinishi va kiyinishi ham, munosabati va muloqoti ham go‘zal bo‘lishi maqsadga muvofiq. Xalqimizning “O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar” — degan o‘giti bejiz emas. “Til yarasi bitmas, tig‘ yarasi bitar” — deganida ham inson uchun zarur bo‘lgan muomala jarayoniga e’tibor zaruriyatini sezish qiyin emas.
Shaxs ma’naviyatining uzviy bir bo‘lagi muomala madaniyati bo‘lsa, xulq-atvor, odob-axloq, nutqiy faoliyat tushunchalari uning zamiriga kiradi. Asrlar osha har bir xalqqa xos bo‘lgan, milliy-ma’naviy qadriyatlar yuksak madaniyat ramziga aylangan urf-odatlar, yurish-turish, yashash tarzi barchasi kishi shaxsiyatida aks etishi tabiiy.
Ushbu risolada sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan insonlararo munosabatlar meyori, shaxs ma’naviyatining shaklanishida ularning o‘rni masalalariga e’tibor qaratilgan.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Yuksak bilimli, intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” ekan, demak, ilm-fanga, ona vatanga munosabat o‘z-o‘zidan ma’naviyatli, barkamol inson tarbiyasida muhim va muqim o‘rin tutishi muqarrardir. Munosabat, shubhasizki, shaxsning muomala madaniyatidan kelib chiqadi. Bu esa barkamollik belgisi bo‘lgan ta’lim va tarbiyaga, ma’naviyat va ma’rifatga borib bog‘lanadi. Aqlan, ruhan va jismonan sog‘lom avlodgina yurtning porloq kelajagidir. Qushning parvozini qo‘sh qanotisiz tasavvur qilish mumkin bo‘lmaganidek, insonning iqboli va yurt istiqbolini ham ta’lim-tarbiya va ma’naviyat-ma’rifatsiz tushunish, idrok etish mushkul.
Poetika, ritorika nazariyasini ilk tadqiqotchilaridan hisoblangan Aristotel san’at va madaniyat olamining paydo bo‘lishidagi ilk asos sifatida muomalani nazarda tutgani ham bejiz emas. Qolaversa, fransuz adibi Antuan Sent-Ekzyuperining “Bu dunyodagi birdan-bir haqiqiy ne’mat odamlarning bir-biri bilan muloqotidir”,-degan fikrida teran ma’no bor.
Ta’lim talabi nutq bilan, tarbiya talabi xulq bilan bog‘liq ekan, shaxs ma’naviyati, muomala madaniyati, muomala sirlari va odobi masalasi har qachongidan ham dolzarblik kasb etaveradi. Muomala “tarozisi”ning ikki pallasi bo‘lib, biri xulq, ikkinchisi nutqdir.
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik, sinf jamoasi bilan umumiy muloqotjarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot u slublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l ochadi;
uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini xotirjamligini ta’minlaydi.
Muloqot inson faoliyatining ruhiy hamda ma’naviy asosi natijasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy ehtiyojlar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari, ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida birbiri bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir.
Har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan faoliyati o‘zaro munosabat va ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish, avvalo odamlarning birbirlari bilan til topishish, birbirlariga turli xil ma’lumotlarni uzatish, fikr almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab etadi. Shunday ekan, har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqqiyati, obro‘si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Bir qarashda osonga o‘xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab bo‘lib, unga odam hayoti davomida o‘rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida taniqli psixolog B.F.Parigin shunday yozadi :
a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuv jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabat jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni;
d) birbiriga hamkorlik bildirish imkoniyatlari;
ye) shaxslarning birbirini tushunish jarayoni.
Muloqot o‘z xususiyatlariga ko‘ra turli shakl va ko‘rinishlarga ega. Muloqot inson amaliy faoliyatining moddiyma’naviy shakllarini hamda uning ehtiyojlarini o‘zida aks ettiradi. («Xalq ta’limi» jurnali, 2003 yil, 3son, 48bet).
Muloqot - bu ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro ta’siri bo‘lib, ular o‘rtasida bilish yoki affektiv baholash xarakteridagi axborat almashinishdir.
Har bir inson o‘ziga xos vazifalarni;
-xizmat vazifasi, ya’ni boshliq, ishchi, o‘quvchi, vrach, pedagog;
-oilaviy, ya’ni ota, ona, er, xotin, opa, singil, aka, uka kabi funksiyalarni bajaradi va ular muloqotning har xil turini taqazo qiladi. Bu jihatdan muloqotni rasmiy va norasmiy muloqot turlariga ajratish mumkin.
Shunday ekan, rasmiy va norasmiy muloqot qanday muloqot? Degan savol tug‘iladi. Ijtimoiy vazifalarga bog‘liq bo‘lib, mazmun va forma jihatdan cheklangan muloqot rasmiy muloqot deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |