Guliston davlat universiteti matematika kafedrasi, 5A130101-Matematika (yoʻnalishlar boʻyicha) mutaxasisligi magistranti Egamqulov Abbos Ismatulla oʻg‘lining “KUBATUR FORMULALAR QURISHDA ORTOGONAL KOʻPXADLAR” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
A.I.Egamqulovning “Kubatur formulalarni qurishda ortogonal koʻpxadlar“ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 ta bob, oltita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
I-bob ikkita mavzuni oʻz ichiga olib, bu bobda , Kvadratur formula tushunchasi va uni xatoligini aniqlash oʻrganilgan. II-bob ikkita mavzuni oʻz ichiga olib, bu bobda, kubatur formulaning musbat koefitsiyentlari soni uchun quyi chegara tushunchasi oʻrganilgan. III-bob ikkita mavzuni oʻz ichiga olib, kubatur formulalarni qurishda ortogonal koʻphadlar oid misollar keltirilgan.
Ushbu magistrlik dissertasiyasida ham interpolyatsion kvadratur va kubatur formula qurish uchun birinchi kvadratur va kubatur formulani xatolik funksionalini koʻrinishini aniqlash, xatolik funksionalining normasini hisoblash masalalari koʻrib chiqilgan. Dissertasiyaning I-bobida interpolyatsion kvadratur formulalar koʻrib chiqilgan, ularni xatoliklari tahlil qilinib, effektivligi koʻrib chiqilgan va umumlashgan kvadratur formular uchun algoritm tuzilib misollarda qoʻllanilgan. Dissertasiyaning ikkinchi va uchinchi bobida esa asosiy olingan natijalar keltirilgan. Dissertasiyani bajarish davomida quyidagi natijalar olindi:
-Interpolyatsion kvadratur va kubatur formulalarni nazariy tahlil qilindi;
-Kubatur formulalarining tugun nuqtalari va musbat koeffisiyentlari uchun quyi chegaralarni aniqlash usullarini ochib berildi;
-Noma’lum parametrlar usuli bilan kubatur formula qurildi.
Magistrlik dissertatsiya ishida oʻrganilgan nazariyalar universitetda matematik analiz va hisoblash usullari kurslaridan oʻrgangan nazariyalar boʻlib hisoblanadi. Ish kvadratur va kubatur haqida oʻrganilgan boʻlib, misol va masalalar bilan mustahkamlashtirilgan.
Disertatsiya ishi talab darajasida bajarilgan boʻlib, ayrim kamchiliklardan xoli emas, masalan mavzuda “koʻphad” soʻzi “koʻpxad” boʻlib ketgan. Ammo bu ishning saviyasini pasaytirmaydi.
A.I.Egamqulovning “Kubatur formulalarni qurishda ortogonal koʻpxadlar” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi Magistratura Nizomiga mos darajada yozilgan, dissertatsiya ishiga qoʻyilgan talablarni qanoatlantiradi deb hisoblayman va uni himoyaga tavsiya etaman.
Guliston davlat universiteti
“Matematika” kafedrasi
dotsenti f-m.f.n H. Norjigitov
Do'stlaringiz bilan baham: |