MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA ILMIY RAHBAR XULOSASI
Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi Rustamova Shohsanamxon Hasanboy qizi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mutaxassislik: 5А111801-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha
Kafedra:
Magistrlik dissertatsiya mavzusi “Maktabgacha ta ‘lim yoshidagi bolalarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish”.
Tanlangan mavzuning dolzarbligi va maqsadga muvofiqligi Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson qalbini kichiklikdan boshlab yaxshilik, oliyjanoblik, insonparvarlik, odamgarchilik, aql-idrokli bo‘lish, odob-axloqlilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, so‘zamollik, xushso‘zlilik, ilmli bo‘lish kabi xislatlar bilan boyitish inson kamolotining me’yori bo‘lib kelgan. Chunki komil insonning ma’naviyati yuksak bo‘ladi Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan kishi esa o‘z xalqining tarixi, urf-odati, qadriyati hamda an’analari, madaniyatini chuqur biladi va unga rioya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Ushbu tizim oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.O`zbekiston Respublikasi prezidenti ta’kidlaganlaridek “Maktabgacha ta`lim ertangi kunimizga zamin” dir. Bugungi kunda maktabgacha ta`lim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi
Magistrlik dissertatsiyasining mustaqil bajarilganlik darajasi Magistrlik dissertatsiyasi mustaqil bajarilgan.
Manbalardan to‘liq foydalanilganligi Magistrant O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va prezidentining asarlari, darslik, o‘quv qo‘llanma va metodik qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, internet saytlaridan foydalangan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual-ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlarining belgilanganligi;
Maktabgacha maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual-ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlarini o’rganish bu sohadagi ilmiy ma’lumotlarni ma’lum darajada to’ldiradi.
Ilmiy izlanish uchun tanlangan metodlar Magistrant tomonidan ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik adabiyotlar hamda me’yoriy, o‘quv-dasturiy hujjatlarni tahlil qilish, o‘quv jarayonini kuzatish, suhbat, so‘rovnoma, testlar o‘tkazish, eksperiment uslublari, pedagogik tajriba-sinov natijalari umumlashtirish metodlari tanlangan.
Mustaqil ilmiy va amaliy xulosalar chiqara olish ko‘nikmasi Magistrant mustaqil ilmiy va amaliy xulosa chiqara olgan.
Tadqiqot natijalari bo‘yicha chiqarilgan xulosa va tavsiyalarning aham
iyati Tadqiqot natijalasi sifatida Maktabgacha ta‘lim muassasalari mashg’ulotlarida foydalanish metodikasini ishlab chiqib,
uni pedagogika jarayoniga tatbiq etish zarur deb hisoblangan
hamda dissertatsiyada ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan bo‘lajak maktabgacha ta‘lim tarbiyachilari foydalanishlari mumkin deb xulosa qilingan.
Ilmiy-lug‘aviy qismning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi Ilmiy-lug‘aviy qism to‘g‘ri rasmiylashtirilgan.
Magistrlik dissertatsiyasidagi mantiq, matnning savodli yozilganligi hamda madaniy-estetik jihatdan bajarilganligi Magistrlik dissertatsiyasidagi matn savodli yozilgan hamda madaniy-estetik jixatga to‘la javob beradi.
Magistrlik disssertatsiyasining rasmiylashtirilish sifati Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Mutaxassislik: 5А111801-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha
magistratura talabasi Rustamova Shohsanamxon Hasanboy qizi tomonidan “Maktabgacha ta ‘lim yoshidagi bolalarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi mustaqil bajarilgan ish bo‘lib, O‘zR OO‘MTV talablariga mos keladi, uni himoyaga tavsiya etish mumkin deb hisoblayman.
Ilmiy rahbar: p.f.n., dotsent
Do'stlaringiz bilan baham: |